• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
Qaysi mobil operatordan foydalanasiz?
Всего ответов: 373
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 11
Гостей: 11
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2019 » May » 8 » 9-may Xotira va qadirlash kuniga sherlar
14:09
9-may Xotira va qadirlash kuniga sherlar
9 MAY XOTIRA VA QADRLASH KUNI SHERLARI 
9 MAY — XOTIRA VA QADRLASH KUNI
Xotira bor ekan,tirikdir millat,
Tirikdir iftixor,tirikdir g‘urur.
Xotira — elni xalq etguvchi qudrat,
Xotira — ertani yoritguvchi nur.

Hatto maysaning ham xotirasi bor,
Maysa xotirasi — nurga intilmoq.
Ko‘karsa — ikkiga bo‘lib tashlaydi
Yo‘lining ustida tursa hatto tog‘.

To quyosh osmonda porlab turarkan,
Osmonday mangusan,ey, ona xalqim!
Har bir fojiaga,har bir sharafga,
Baho bermoqqa ham yolg‘iz sen haqli! 

9 may xotira va qadrlash kuni haqida sherlar 2019

Urr-a-a!

Qichqirar, bo‘g‘ilar yarim tunda u,

Xotini dahshatdan turadi sapchib.

U esa emaklar, (emaklaydi tun),

Yelkada yarador do‘stin opichib.

Tun uyqusiraydi,

Tun baqiradi:

«Batalon, orqamdan!”

Ingraydi asta.

Kimnidir bo‘g‘ilib u chaqiradi.

Eski yaralarning kuyi ostida

Va yana oldinga, yana oldinga,

Musht bo‘lib tugilar titroq qo‘llari.

Xira qorachiqdan kinolentadek

O‘ta boshlar olis urush yo‘llari.

Xotini uyg‘otar…

Biroq urushning

Vahmidan qutulib ketolmas qalbi.

Qo‘lda papirosning rangin qutisi

G‘ijimlanar so‘nggi oboyma kabi.

 9-May xotira kuni haqida she’r

Vatan chegaralarini himoya qilib qurbon bo‘lgan o‘zbek o‘g‘lonlari xotirasiga
Vatan uchun jonin bergan jigarlarim,
Hurlik uchun qonin bergan jigarlarim,
Xoinlarni itday qirgan jigarlarim,
Unutmaydi nomingizni ona Vatan.
Volidangiz:«Farzandimdan roziman» — der,
Rizoligin aytar sizga shu ona yer,
Ey,Boburjon,ey,Ulug‘bek,ey Alisher,
Nomingizni unutmaydi ona Vatan.
Ortingizda o‘zbek degan millat qoldi,
O‘zbekiston degan ulug‘ davlat qoldi,
Sizdan meros jasoratu shiddat qoldi,
Sizni aslo unutmaydi ona Vatan.
Siz tufayli uyim tinchdur,baxtim omon,
Siz tufayli kunlar kelar dorilomon,
Ey G‘afurjon,ey Mahmudjon,ey Elomon,
Unutmaydi,unutmaydi sizni Vatan.
Sadoqatni jo aylab siz dilingizga,
Belbog‘ boylab shijoatdan belingizga,
Ko‘kragingiz qalqon bo‘ldi elingizga,
Sizni abad unutmaydi ona Vatan.
Toki o‘zbek,O‘zbekiston dunyoda bor —
Sizlar ila qilar faxr va iftixor,
Ey Qahramon,ey Ma'rufjon,ey Sayyor,
Unutmaydi, unutmaydi sizni Vatan.
Haqqingizga duo aytar Temur bobo,
Duo aytar To‘marisdek qutlug‘ momo,
Duo aytar qoningizni ichgan giyoh,
Unutmaydi nomingizni ona Vatan.
Endi sizga Alpomishlar yo‘ldoshu yor,
Endi sizga abadiyat aytar alyor,
Ey Yunusbek,Abduxalil,ey Doniyor,
Unutmaydi,unutmaydi sizni Vatan.
Vatan uchun shahid ketgan jigarlarim,
Or-nomusni baland tutgan jigarlarim,
Abadiyat sari ketgan jigarlarim,
Unutmaydi nomingizni ona Vatan.
Категория: Har-Hil | Просмотров:3575 | Добавил: Admin | Теги: sherlar | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:21:04
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  May 2019  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031