• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
YOSHINGIZ?
Всего ответов: 1362
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 12
Гостей: 12
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Mart » 9 » 9-mart — eng mashhur qo‘g‘irchoqning tug‘ilgan kuni. Hech ham qarimaydigan Barbi 61 ga kirdi
20:20
9-mart — eng mashhur qo‘g‘irchoqning tug‘ilgan kuni. Hech ham qarimaydigan Barbi 61 ga kirdi

Hamisha zamon bilan hamnafas qiyofada bo‘ladigan, kasb tanlashi, kiyinishi va didi shakllanishida ahamiyatli bo‘lgan Barbi ommaga ilk bor bundan 61 yil avval, 1959-yilning 9-mart sanasida taqdim qilingandi.
Dunyoda haftasiga millionga yaqin, har soniyada ikkita qo‘g‘irchoq Barbi sotiladi. 3 yoshdan 10 yoshgacha bo‘lgan amerikalik qizaloqlarda o‘rtacha sakkizta, italyanlarda yettita, fransuz, nemis, ingliz qizaloqlarida bo‘lsa, beshtadan Barbi qo‘g‘irchoq bo‘lishi aniqlangan. Mattel kompaniyasi yarim asr davomida milliarddan ortiq Barbilarni sotishga muvaffaq bo‘lgan va 2009-yilda Barbining 50 yillik yubileyi nishonlangan.
Zamon, trendlar o‘zgargani sayin hamnafas ravishda o‘zgacha qiyofada taqdim qilinadigan Barbilar ilk bora Nyu-Yorkda bo‘lib o‘tgan o‘yinchoqlar yarmarkasida, oq-qora libosda, baland poshnali tufli va ko‘zoynak taqqan holda paydo bo‘lgan.

Odamlarning yangiliklarni qabul qilishi qiyin bo‘lishi — isbotlanmagan fakt. Buni Barbi tarixi misolida ham ko‘rish mumkin. U vaqtlarda bolalar o‘yinchoqlari bolacha qiyofada bo‘lgan va katta odamlardek qiyofada, kamiga yasanib, kiyinib olgan qo‘g‘irchoqni farzandlari uchun xarid qilishga har kim ham botina olmagan. Lekin vaqt va reklama agentligining professional faoliyati Barbi bozorining tezlashib ketishiga sababchi bo‘lgan. Natijada esa 3 ming qo‘g‘irchoqdan iborat partiya hash-pash deguncha sotilib ketgan. Birinchi qo‘g‘irchoq Barbi 3 dollarga sotilgan bo‘lsa, 2004-yilda bo‘lib o‘tgan eBay auksionida 1959-yilda dunyo yuzini ko‘rgan mallasoch 3552 dollarga, oradan ikki yil o‘tib, Londonda bo‘lib o‘tgan Christie’s auksionida esa 17 ming dollarga sotilgan.
Amerikalik Rut Hendler 50-yillarning ikkinchi yarmida turmush o‘rtog‘i bilan birgalikda Mattel kompaniyasiga asos soladi. Avvaliga suratlar uchun ramka ishlab chiqarish bilan shug‘ullangan oilaviy biznes vakillari keyinchalik ota-onalar farzandlaridan hech narsa ayamasligi nuqtayi nazaridan bolalar uchun o‘yinchoq ishlab chiqarish ko‘proq daromad keltirishini tushunib yetadi va Disney bilan shartnoma tuzadi hamda korporatsiyaning eng mashhur personajlari o‘yinchoqlarini ishlab chiqara boshlaydi. Ammo haqiqiy omad, cho‘ntakka bo‘lsa, daromad — Barbilar bozorga chiqarilganidan keyin bo‘ladi.

Rut Hendlerda qo‘g‘irchoqni yaratish g‘oyasi, qizining dugonalari bilan o‘nayotganini kuzatganidan keyin paydo bo‘ladi. Kuzatish davomida Rut bolalarcha qiyofali o‘yinchoqlar 10 yashar kichik shaxs uchun qiziqmasligini, e’tiborini torta olmasligini tushunib yetadi. O‘yin davomida qizi va uning dugonalari o‘yinchoq qolib, qog‘ozlardan kattalar ko‘rinishida qo‘g‘irchoqlar yasayotgani, shuningdek, ularga mato qiytimlaridan turli liboslar kiydirib, ularni turli ism bilan atayotganiga guvoh bo‘ladi.

Qo‘g‘irchoqlar kompaniya asoschilarining farzandi Barbara nomiga Barbi deb nomlangan.

Bugungi kunda Barbilar imperiyasi mavjud bo‘lib, unda irqi va kasbi turli qo‘g‘irchoqlar, shuningdek, ularga kerakli bo‘lgan barcha jihozlar aksessuarlar va garderobi uchun kerakli kiyim-kechaklar mavjud. Qo‘g‘irchoqlar o‘zining sifatliligi, modellarining xilma-xilligi bilan ajralib turadi. Agarda kompaniya 60 yil ichida faqat bir turdagi, o‘zgarishsiz Barbilarni taqdim qilganida bu kabi natijaga erishmagan bo‘lardi, Mattel’ning yutug‘i turli davrda o‘sayotgan avlod vakillari qarashlari, qiziqishlari bir-biridan farq qilishini anglagan holda faoliyat yuritishi va ijtimoiy so‘rovlar o‘tkazib, auditoriya fikrini inobatga olganidadir.

Barbida turli obrazlarni, kasblarni sinab ko‘rish mumkinligi dunyoni anglashga urinayotgan bolalar uchun ayni muddao. 60 yil avval odamlarning tashqi ko‘rinishi, kiyinishi va didi hozirgi zamon vakillarinikidan farq qilishi tabiiyligini hamisha yodda tutadigan kompaniya a’zolari Barbilarni ham shunga mutanosib ravishda ishlab chiqaradi. Masalan, qalin va tabiiy qoshlar va sochlar trendda bo‘lgan bugungi kunda, ipdek terilgan qoshli va qop-qora bo‘yalgan ko‘zli, turmagi ham 60 yillarnikidek bo‘lgan Barbilarni sotuvga chiqarish mantiqqa to‘g‘ri kelmaydi.
Muvaffaqiyatning yana bir sababi Barbi olamida reallikning aks ettirilishida. Hayotda oila a’zolari, do‘st va yaqinlarsiz yashab bo‘lmasligi nuqtayi nazaridan, 1961-yilda Barbining yigiti Ken, keyinroq singlisi Skipper va eng yaqin dugonasi Mij taqdim qilinadi.
Yanada hayotiyligi ularning ko‘rinishi singari kasblari turlichaligida edi. 1960-yilda model, qo‘shiqchi, balerina, hamshira, enaga, olima, dasturchi Barbilar chiqarila boshladi. Kompaniya shu darajada vaqt bilan birga harakatlanganidan, nafaqat zamonaviy trendlar, balki ijtimoiy va siyosiy yangiliklar ham qo‘g‘irchoqlarda aks eta boshladi.
1965-yilda kosmonavt, 1991-yilda bo‘lsa, prezidentlikka nomzod Barbi taqdim qilindi. Umuman olganda, Barbi 200 ga yaqin kasb egasi sifatida ishlab chiqarilgan va bu bilan qizlar hayotda o‘zini turli sohada sinab ko‘rishi: istasa, faqat farzand tarbiyalash bilan cheklanishi, agar xohlasa, kosmosga uchishi mumkinligiga ishora qilingan.

O‘yinchoqlar tarixida hech biri Barbichalik uzoq yillar mashhur va dolzarb bo‘lmagan va bu qo‘g‘irchoqning tashqi ko‘rinishida emas. Uning asosiy yutug‘i bolalarda fikrlar xilma-xilligi va tanlov erkinligining shakllanishiga turtki berishida.

Категория: Har-Hil | Просмотров:659 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:11:49
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Mart 2020  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031