• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
QAYERDANSIZ
Всего ответов: 1765
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 10
Гостей: 10
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2016 » Oktyabr » 13 » 8 irim: ular rostdan ham amalga oshadimi?
20:25
8 irim: ular rostdan ham amalga oshadimi?

Ertalab ishga otlanar ekanman, onam «Eshikdan o‘ng oyog‘ing bilan chiq, ishing o‘ngidan keladi, eshikdan orqaga qaytma, ishing unmaydi», deb uqtiradi. Har bir oilaning bu kabi odatlari, irimlari bo‘lsa kerak. «Ostonada o‘tirma, yomon bo‘ladi, shanba kuni tirnoq olib bo‘lmaydi», kabi gaplarni ham eshitgandirsiz. Oramizda hatto olashaqshaq boshi ustida shaqillasa ko‘ngli xijil bo‘lib yuradiganlar ham ko‘ch uchraydi. Ammo aksariyat hollarda bu irimlarning asl sababini bilmagan holda ular ta'siri ostiga tushib qolamiz va amal qilishda davom etamiz. Ba'zi hollarda esa bu irimlar bejiz o‘ylab topilmaganiga amin bo‘lamiz…

1

«Bugun 13-sana, juma. Bir balo bo‘ladiyov...»

Rostdan ham oyning 13-sanasini ichki xavotir bilan kutadiganlar talaygina. Bu har bir insonning o‘ziga bog‘liq bo‘lsa kerak. Chunki ba'zan kishi qarshisidagi insonning xavotirini o‘ziga yuqtirib olsa, ba'zida atrofdagilarga o‘zi shu taxlit ta'sir ko‘rsatadi. Shu tariqa turli bid'atu xurofotlar ildiz otadi.

XIV asrda 13 oktyabr, juma kuni Fransiya podshohi Xushruy Filippning buyrug‘iga binoan, tampliyerlar ordenining barcha a'zolari hibsga olingan. Ular qiynoqlar ta'sirida xilof ish qilganliklarini tan olishgan. Mahbuslarga olovda yoqish jazosi berilgan. Aynan o‘shandan buyon oyning 13-sanasi jumaga to‘g‘ri kelgan kunga shubha bilan qaray boshlangan.

Aslida esa: iloji bo‘lsa bu kunga hech nima rejalashtirmang. Aytishlaricha, bu  unchalik ham muvaffaqiyatli kelmas emish.

2

«Yo‘lga chiqishdan avval biroz o‘tirib olish zarur»

Mazkur irimga ishonuvchilarning fikricha, bunga uy jini sababchi emish. U xonadondagi barcha narsalarni o‘ziga tegishli deb biladi va shuning uchun uydan u-bu buyumni olib ketishlarini istamaydi. Agar uy egasi safarga chiqmoqchi bo‘lsa, yo‘lga chiqishdan avval bir necha soniya o‘tirishi lozim. Bu payt uy jini muloyim xulqli bo‘lsa, uy egasiga oq fotiha berarmish. Yomon xulqli uy jini esa «hech qayerga ketmaydi», deb tinchlanib qolarmish. Safarga chiquvchilar bu udumga rioya qilmasa, ularning yo‘liga turli to‘g‘anoqlar qilishdan ham tap tortmas ekan. Masalan, kerakli narsalarni yashirarkan, safarga chiquvchilarni urishtirib qo‘yarkan.

Aslida esa: safarga chiqish — hayajonli hodisa. Shu sababli yo‘lga chiquvchilarning yodidan u-bu narsa chiqib qolishi mumkin. Yo‘lga chiqishdan avval biroz o‘tirish ham hayajonni bosadi, ham esdan chiqqan narsani yodga olishga yordam beradi.

3

«Tuz to‘kilgan uyda mojaro chiqadi»

Muzlatgich paydo bo‘lgunga qadar ko‘pgina mahsulotlar qishga tuzlangan holda saqlab qo‘yilgan. Tuzni oq oltin deb hisoblashgan. Tuz to‘kilishiga esa ochlik xabarchisi deb qarashgan. Shuning uchun «oq oltin»ni to‘kib yuborganlarni jazolashgan. Tuzni to‘kib qo‘yish borasida «asosiy qahramon»lar bolajonlar bo‘lgani sabab ota-onadan biri tuz to‘kkan bolani urishsa, ikkinchisi uning yonini olgan. Natijada mojaro kelib chiqqan.

Aslida esa: tuzni yoki umuman boshqa narsani to‘kib yuborish charchoq va diqqat kamaygani natijasi bo‘lishi mumkin. Mojarolarga kelsak, aynan jismonan yoki ruhan charchoq his qilganda ko‘proq urishish kuzatiladi.

4

«O‘ng yelkang bilan tur, chap tomoningga tufla»

Aytishlaricha, chap yelkamizga shayton qo‘nib olgan emish. Shuning uchun chap tarafga, ya'ni uning yuziga qarab tufla, shaytonning yuzi teskari bo‘lsin, deyisharkan. O‘ng yelkada esa kishini yomonliklardan muhofaza qiluvchi farishta bo‘ladi, degan fikr mavjud. Unga hurmat yuzasidan o‘ng yelka bilan turish lozim, degan irim bor.

Aslida esa: kishining chap tomoni hissiyotlarni boshqaruvchi miyaning o‘ng yarim shariga bo‘ysunadi. Shu sababli chap tomonni boshqarish biroz mushkul. Miyaning chap yarim shari esa o‘ng oyoq va o‘ng qo‘l uchun javobgar. Bu irimning asl sababi kishining xavfsizligini ta'minlash bo‘lsa kerak. Inson o‘rnidan chap oyog‘i bilan sakrab tursa, o‘ng miya chap tarafni boshqarishga qiynalib qolib, kishi yiqilib tushishi mumkin. Chap tomonga qarab tuflash borasida esa biron nima deyish qiyin.

5

«Singan ko‘zgu baxtsizlik keltiradi»

O‘rta asrlarda ko‘zguning teskari tomonini simob bilan qoplashgan. Ko‘zgu singanda bu zaharli modda sochilib ketgan va uy egalari birin-ketin vafot eta boshlashgan. Bu irimning sababi shunga bog‘liq bo‘lishi mumkin.

Aslida esa: ko‘zguning singan bo‘laklariga qaraganimizda o‘z aksimizni boshqacha ko‘ramiz. Bu esa o‘zimiz haqimizda boshqacha fikrga kelishimizga sabab bo‘lishi mumkin.

6

«Eshikdan chiqdingmi, ortga qaytma, ishing unmaydi. Qaytsang ham uyga oyoq bosma, ostonadan qayt yoki oynaga qara»

Azaldan ostonani ichki va tashqi olamni ajratib turadigan chegara deb bilishgan. Bu irimga ana shu chegarani ketma-ket bosib o‘tish ko‘p kuch va quvvat oladi, degan fikr sabab bo‘lgan emish.

Aslida esa: qaytib kelish uchun ortiqcha vaqtingiz ketadi, qolaversa, avvalgi ishtiyoqingizni ham yo‘qotishingiz mumkin. Shu bilan birga, uyda nimanidir unutganingiz bois asabiylashdingiz ham. Oynaga qarash esa fikrlarni jamlashga va biroz tinchlanib olishga yordam beradi.

7

«Qorong‘ida uy supurma, baxtsizlik bo‘ladi»

Momolarimiz kech tushishi bilan uy yoki hovlini supurishni ma'n qilishadi. Aytishlaricha, bu baxtsizlik keltirarmish.

Aslida esa: avvallari yoritgich va elektr toki bo‘lmagani sababli kech tushganda biror qiymatli narsa yerga tushgan bo‘lsa, ko‘rmay supurib yuborish kabi holatlarning oldini olish uchun «kech tushganda supurish yaxshi emas», deyilgan.

8

«Yo‘lingni qora mushuk kesib o‘tsa, ishing unmaydi»

Aytishlaricha, ilgari mushuklar juda qadrli bo‘lgan ekan. Chunki ular omborga qirg‘in keltiruvchi sichqon va kalamushlarni tutib yeyishgan. Shu sababli hech bir uy bekasi o‘z mushugini quvib solmagan. Mushuk uydan qochgan bo‘lsa, demak, bu xonadonda biror noxushlik sodir bo‘lgan, deya tushunishgan. Keyinchalik esa bu irim faqat qora mushuklarga nisbatan qo‘llanila boshlagan.

Aslida esa: har narsadan noxushlik kutaversangiz, o‘sha ko‘ngilsizlikni o‘zingiz «chaqirib olishingiz» mumkin ekan. Oqibatda ashaddiy irimchiga aylanib boraverasiz. Shunday ekan faqat yomon xayollarga boravermang. Noxushlikni kutib yashasangiz, o‘zingiz aybdorsiz, qora mushuk emas.

Xulosa

Qanchalik hayratlanarli bo‘lmasin, «O‘ng qovog‘im uchayapti, demak, bugun erim bilan urishaman», deydiganlar ham bor. To‘g‘ri, irimlarning qay biriga ishonish, qaysiga amal qilish har kimning o‘z ishi. Lekin siz shunday qilingki, o‘zingiz ishongan hech bir irim oilangiz tinchligiga, yaqinlaringiz bilan munosabatlaringizga raxna solmasin!


Категория: Har-Hil | Просмотров:1986 | Добавил: Admin | Теги: 8 ирим: улар ростдан ҳам амалга оша | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:14:48
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Oktyabr 2016  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
24252627282930
31