70 yoshli odamlarni biz qariya hisoblaymiz, bu paytga kelib, ular pensiyaga chiqishadi, nevara-chevarali bo‘lishadi, sog‘ligidan shikoyat qilib, kasalxonadan beri kelishmaydi, deb xabar beradi "Rrostoudivitelno.ru” nashri. Ammo bu ta'birlarning birortasi Ninel Bloxinaga tegishli emas. U 70 yoshga kirgan bo‘lsa-da, buvi deb atashga til bormaydi. Ninel Bloxina tinimsiz ravishda sport, yoga bilan shug‘ullanadi, dunyo bo‘ylab sayohatlarga chiqadi. Boshqa pensionerlarga o‘xshab, uning uyi gilam, shkaflar bilan emas, zamonaviy buyumlar bilan bezatilgan.Sport bilan shug‘ullanishdan tashqari ayol raqqosalarning haykalchalarini yig‘ishni yoqtiradi va sayohatga borgan mamlakatdan bunday haykalchalarni qidirib, topib olib keladi va kolleksiya qiladi. Uning qadami tegmagan shaharlar soni juda kam."Nimagadir bizning odamlarda qariganingda nevaralaring bilan televizor qarshisida o‘tirishing, sayrga ham itni aylantirish uchun chiqish kerak, degan fikr bor. Men esa o‘zimni tiriklayin zindonga tiqish fikridan yiroqman. Sayohatlar, sport meni yoshligimga qaytardi. Hozir hech kim mening 70 yoshga kirganimga ishonmaydi, ba'zida ularga pasportimni ko‘rsatishga ham majbur bo‘laman”, dedi Ninel Bloxina.Ninel Bloxina yoshligida balet maktabida o‘qigan, Kaliningrad televideniyesida boshlovchi bo‘lib ishlagan, keyinchalik Germaniyaga ko‘chib ketgan va mahalliy gimnaziyada xoreografiyadan dars bergan.U inson kasal bo‘lganda, albatta dori ichishi shart emas, deb hisoblaydi. "Agar qon bosimingiz ko‘tarilsa, dori ichishga shoshilmang, yaxshisi toza havoda aylanib keling. Bunday paytlarda men asosan yoga bilan shug‘ullanaman. ”, deydi u.