• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
SAYTGA QAYSI QURILMADAN KIRDINGIZ?
Всего ответов: 1969
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 10
Гостей: 10
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2021 » Mart » 24 » ''Amirsoy” tog‘-chang‘i kurortiga olib boruvchi yo‘l cho‘kishi yuz
14:39
''Amirsoy” tog‘-chang‘i kurortiga olib boruvchi yo‘l cho‘kishi yuz

"Amirsoy” tog‘-chang‘i kurortiga olib boruvchi yo‘l cho‘kishi oqibatida avtomobillar harakati vaqtincha to‘xtatilgani haqida xabar berilgandi. Ushbu yo‘l hududida sodir bo‘lgan ko‘chki yuzasidan Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi axborot xizmati rasmiy izoh berdi.

"2021-yilning mart oyida ‘Amirsoy’ tog‘-chang‘i kurorti hududida ko‘p miqdorda qor va yog‘ingarchilik kuzatilib, namgarchilik me’yoridan ortishi sababli hududdagi grunt va tog‘ jinslarida geologik siljish sodir bo‘lgan.

Avtomobil yo‘li va yo‘lga yondashgan qiyaliklar lyossimon tog‘ jinslaridan (suglinkalar, supeslar) va sun’iy to‘ldirilgan tog‘ jinslaridan tashkil topgan, ostida neogen yotqiziqlari peschanik va alevrolitlar tarqalgan.

Ushbu geologik siljish oqibatida ko‘chki yoriqlaridan taxminan hajmi 50 000 metr kubgacha bo‘lgan ko‘chki faollashgan. O‘zbekiston xavfli geologik jarayonlarni kuzatish davlat xizmatining ma’lumotlariga ko‘ra ushbu hududda xavfli geologik jarayonlar faollashishining real xavfi tug‘ilib, ko‘chki yoriqlarida 6-mart kunidan boshlab olib borilgan kuzatish natijalari va o‘rnatilgan topogeodezik reperlar ko‘rsatkichiga ko‘ra sutkasiga 10-20 santimetrgacha surilish, 1 metrgacha cho‘kishlar davom etmoqda.

Yuqoridagi holatdan kelib chiqib, "Amirsoy” hududiga olib boruvchi avtomobil yo‘lining 15–16-piket, 19–20-piket va 33–34-piket oraliq qismlarida vaqtinchalik yo‘lovchi va avtotransport vositalari harakati cheklandi.

Mazkur holat hozirda turli internet saytlari va ijtimoiy tarmoqlarda noto‘g‘ri talqin etilayotganligi kuzatilmoqda. Shu o‘rinda bir jihatni alohida ta’kidlab o‘tmoqchimiz tog‘ va tog‘ oldi hududlarida bu kabi jarayonlar muntazam ravishda sodir bo‘lib turadi.

Tog‘ jinslarining siljishi, kuchli sel kelishi, gruntning o‘ta darajada me’yoridan ortiq namlanishi ta’sirida grunt ko‘chkisi va boshqa tabiiy ofat oqibatlari natijasida yo‘llarning vaqtincha bir necha kunlab yopilib qolish holatlari kuzatiladi. Bu kabi tabiiy ofatlar o‘z ko‘lamiga qarab avtomobil yo‘llari holatiga va yo‘l bo‘yi infratuzilmalariga ham turli ko‘rinishda ta’sir o‘tkazadi. O‘z vaqtida ko‘rilgan chora tadbirlar natijasida esa yo‘llardagi harakat muntazamligi ta’minlab kelinmoqda.

Hozirda "Amirsoy” tog‘-chang‘i kurortiga olib boruvchi avtomobil yo‘li hududida sodir bo‘lgan tabiiy hodisa O‘zbekiston xavfli geologik jarayonlarni kuzatish davlat xizmati, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi vakillari hamda tegishli vazirlik va idoralarning mutaxassislari bilan birgalikda joyida o‘rganilmoqda.

O‘rganishlar natijalari bo‘yicha kiritilgan tegishli xulosa va tavsiyalar asosida sodir bo‘lgan tabiiy ofat oqibatlari bartaraf etiladi va qisqa muddatlarda avtomobil yo‘lida tiklash ishlari amalga oshirilib, avtotransport vositalari harakati qayta tiklanadi”, – deyiladi qo‘mita izohida.

Eslatib o‘tamiz, "Amirsoy” tog‘-chang‘i kurorti ishi u yerga olib boradigan kirish yo‘lida ta’mirlash ishlari sababli 9-martdan 12-mart kunigacha to‘xtatilgandi.
Категория: Har-Hil | Просмотров:526 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:17:20
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Mart 2021  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031