• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
Ўзбекистоннинг энг яхши телеканалини белгиланг
Всего ответов: 683
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 8
Гостей: 8
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2016 » Dekabr » 16 » 25 yoshli kuyov to‘ydan bir kun o‘tib sirli ravishda vafot etdi
14:49
25 yoshli kuyov to‘ydan bir kun o‘tib sirli ravishda vafot etdi
Kecha, 15 dekabr kuni Qozog‘istonning Jambil viloyatida yashovchi yigitning o‘limi sabablari aniqlandi. Gap shundaki, 25 yoshli yigit to‘yi bo‘lgan kunning ertasi kuni sirli ravishda vafot etgan. Bu haqda "Nur.kz” nashri yozmoqda.  
 
Ma'lum bo‘lishicha, 1 kun avval to‘yi bo‘lgan kuyov do‘stlari bilan taqiqlangan hududga cho‘milish uchun borgan. Yigitlar ushbu hududni qo‘riqchilari bilan janjallashib qolishgan.
 
Politsiya xodimlari yigitlar ichidan yangi kuyov, Yerik Turekulovni majburlab mashinaga o‘tqazishgan va noma'lum yo‘nalishda olib ketishgan. Bezorilikda ayblanib qo‘lga olingan Yerik politsiya uchastkasiga yetib bormagan. Voqyeadan 1 soat o‘tib, uning jasadini yaqinlari morgdan topishgan.
 
Ayni vaqtda Yerik Turekulovning o‘limida ayblanayotgan 33 yoshli politsiya kapitani qo‘lga olingan. U xizmat lavozimini suiiste'mol qilish va shaxsga jismoniy zarar yetkazishda ayblanmoqda. Shuningdek, u kapitanlik unvonidan mahrum qilingan, 6 yilgacha politsiyada ishlash taqiqlangan. Aybdor shaxsga sud 9 yillik qamoq jazosini bergan.
 
"Sudgacha hamda sud vaqtida olib borilgan tergov ishlari natijasida ayblanuvchi Kuanishbekov o‘z aybini tan olmadi. Sud zalida sobiq kapitan marhumga hech kim tegmaganini, uning shifoxonaga olib kelingan vaqtda tirik bo‘lganini, biroz vaqt o‘tib tibbiy muassasa ichida vafot etganini aytdi. Ekspertiza natijalariga ko‘ra esa, Yerik bo‘g‘ib o‘ldirilgan. Shifokorlar uning so‘zlarini tasdiqlashmadi”, deydi Riskulov tumani sudi raisi Gaziz Amanbayev.
Yerikning yaqinlari sudning kapitan ustidan chiqargan qaroridan rozilar. Biroq unga qotillikda yordam bergan ikki politsiyachining nima uchun sudda oddiy guvoh sifatida ishtirok etgani, ularning ham jinoiy javobgarlik tortilmaganidan hayratda ekanliklarini yashirishmayapti.
 
"Aruanbekov va Iskendirovlar hali ham ozodlikda yurishibdi, o‘z lavozimlarida, politsiyada ishlashayapti. Ularga hech qanday jazo qo‘llanmadi. Biz bu masalada prokuraturaga murojaat qildik. U yerda tergov hamon davom etayotganini aytishayapti. Men ularning ham qilmishlariga yarasha jazo olishlarini istayman. Chunki, yagona farzandim, o‘g‘lim jon berayotgan chog‘da ular ham voqyea joyida bo‘lishgan, qotillik ishida qatnashishgan. Adolat qaror topishi kerak”, deydi kuyovning otasi Kuanishbek Turekulov.
 
Ma'lumot uchun, turmush o‘rtog‘i to‘yning ertasi kuni vafot etgan yosh va beva kelinchakning homiladorligi yagona farzandini yo‘qotgan oila uchun katta quvonch edi. Ammo ruhiy zo‘riqishlar natijasida u homilasidan ayrilgan.
Категория: Har-Hil | Просмотров:2253 | Добавил: Admin | Теги: 25 ёшли куёв тўйдан бир кун ўтиб си | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:08:23
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Dekabr 2016  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031