• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
YOSHINGIZ?
Всего ответов: 1362
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 21
Гостей: 21
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2016 » Mart » 19 » 20 mart – Xalқaro baxt kuni
15:59
20 mart – Xalқaro baxt kuni

BMT Bosh Assambleyasining 2012 yil 28 iyun kuni қabul қilgan rezolyutsiyasiga binoan sayyoramizdagi ҳar bir insonning baxtga intilishini қўllab-қuvvatlash maқsadida ҳar yili 20 mart kuni Xalқaro baxt kuni (International Day of Happiness) nishonlanadi.

Butan, Birlashgan Arab Amirliklari, Venesuela, Ekvador va Shotlandiyada Baxt vazirligi bor. "Baxtga intilish dunyodagi barcha odamlarning umumiy tuyғusi”, degan fikrni Birlashgan Millatlar Tashkiloti ma'қulladi. Butan қirolligi tomonidan taklif қilingan mazkur ғoya BMT Bosh Assambleyasida xalқaro xamjamiyatga a'zo barcha 193 ta mamlakat tomonidan қўllab-қuvvatlandi. Shu tariқa A/RES/66/281 raқamli rezolyutsiya қabul қilindi. Ҳujjatda barcha mamlakatlarni ҳar bir odamning farovonligini yaxshilashga chaқiriladi. Bayramdan kўzlangan asosiy maқsad ҳar bir inson baxtli bўlishga xaқli ekanini kўrsatishdan iborat. Buning uchun faқat ҳarakat, ҳarakat va yana ҳarakat zarur. Baxtli bўlish esa juda ҳam osondir.

Xalқaro Gallup InternationalWIN tadқiқot agentliklari mustaқil uyushmasi ҳar yili sayyoramiz aҳolisi ўrtasida "Yil yakuni” (End of the Year) mavzuida ijtimoiy sўrov ўtkazadi. Respondentlarga beriladigan savollar orasida an'anaviy tarzda shaxsiy baxtlari xaқida xam sўraladi. 2015 yil oxirida 68 mamlakatda istiқomat қilayotgan 66 ming aҳoli ўrtasida sўrov ўtkazildi. Sўrov natijalarini taҳlil қilgan mutaxassislarning fikricha, sayyoramiz aҳolisining 66 foizi, tўғriroғi ҳar uch insonning ikkitasi ўzini baxtli xisoblaydi. Ўzini baxtsiz xisoblovchilar atigi 10 foizni tashkil қiladi. Respondentlarning 23 foizi baxt nimaligini ҳis қilmasliklarini, shaxsiy ҳayotlarida baxt yўқligini aytishgan.

Sustainable Development Solutions Network SDSN va Kolumbiya universitetining 16 mart kuni e'lon қilgan dunyoning eng baxtli mamlakatlari reytingida 157 ta davlat orasida birinchi ўnlikka Daniya, Shveysariya, Islandiya, Norvegiya, Finlyandiya, Kanada, Niderlandiya, Yangi Zelandiya, Avstraliya va Shvetsiya kirdi. AҚSh 13-ўrinni, Buyuk Britaniya esa 23-ўrinni egalladi. Fransiyaga 32- ўrin, Italiyaga esa 50-ўrin nasib қildi. Mustaқil Davlatlar Xamdўstligi mamlakatlari orasida eng baxtli davlat sifatida Ўzbekiston tan olindi. Umumiy ҳisobda esa mamlakatimiz 49-ўrinni қўlga kiritdi.
Қozoғiston 54-ўrinda, Moldaviya 55-ўrinda, Belorussiya 61-ўrinda, Rossiya 64-ўrinda turibdi. Turkmanistanga 65-ўrin, Қirғizistonga 85-ўrin, Tojikistonga 100-ўrin nasib қildi. Ukraina esa 123-ўrinni қўlga kiritdi. Eng baxtsiz mamlakatlar sifatida Suriya, Afғoniston, Gaiti, Kongo Demokratik Respublikasi, Chad, Madagaskar, Uganda, Benin, Xorvatiya va Gruziya tan olindi.

Eslatib ўtamiz, ўtgan yili World Happiness Index ("Dunyoning eng baxtli mamlakatlari”) reytingida Ўzbekiston 44-poғonada, Ҳamdўstlik Davlatlari ўrtasida esa birinchi ўrinda қayd etilgan bўlib, Janubiy Koreya, Yaponiya, Italiya, Malayziya va boshқa davlatlarni ortda қoldirgan. Bundan tashқari bizning mamlakatimiz "baxt indeksi” ҳar yilgi ўsish kўrsatkichida birinchi ўntalik davlatlari қatoridan ўrin olgan. Mazkur tadқiқotda aҳoli farovonligi, Umumjaҳon soғliқni saқlash tashkilotiga kўra ўrtacha umr kўrish yoshi, yalpi ichki maҳsulotining aҳoli jon boshiga taқsimoti, ҳavfsizlik darajasi, oiladagi ajrimlarning soni, ishsizlar kўrsatkichi, korrupsiyaga қarshi kurash borasidagi amaliy ishlar, aҳolining fuқarolik tashabbusi va erkinligini amalga oshirish ҳuқuқi kabi kўrsatkichlar ҳisobga olingan. Shuningdek, insonlarning bir-biriga nisbatan ishonchi, yaxshi munosabatda bўlishi ҳamda kundalik xursandchilik va tashvish sabablari ҳam ҳisobga olingan.

Ўzbekistonning mazkur reytingda yuқori poғonani egallashi mamlakatimizdagi ijtimoiy-iқtisodiy rivojlanish ҳamda yuksalib borayotgan ҳayot darajasi soҳasida olib borilayotgan oқilona siyosat natijasidir. Xalқaro ҳamjamiyat istiқlol yillarida Ўzbekiston — baxtiyor odamlar mamlakatiga aylanganini e'tirof etadi. Shunday ekan, bugun biz faxr bilan aytamiz — Ўzbekiston baxtli kelajak yurti ҳamdir.

Қayerda tarraқiyot va umid bўlsa, ўsha yerda baxt mavjud bўlishi ўz isbotini topmoқda. Ўzini baxtli ҳisoblovchi insonlar, asosan, Osiyo va Janubiy Amerikada istiқomat қilishi aniқlandi. Ғarbiy Yevropa aҳolisi esa tushkun kayfiyatda ekani oydinlashdi. Kuzatuvchilarning fikricha, aҳolining қўlidagi boylik baxtni anglatmaydi. Baxtga tinchlik va xotirjamlik ҳukm surgan yurtdagina erishiladi. Daromadi yuқori bўlgan mamlakatlarga nisbatan daromadi pastroқ bўlgan davlatlarda yashayotgan insonlar ўzlarini baxtli sanashlari baxt pulda emas, degan maқolning nechoғliқ tўғriligini isbotlamoқda. AҚShning Prinston universiteti olimlarining fikriga kўra, inson baxti mutlaқo pulga boғliқ emas ekan. Chunki, baxtni pulga sotib olib bўlmaydi. Bu tadқiқotni eng taniқli ikki olim – psixolog, Nobel mukofoti sovrindori, professor Daniel Koznman ҳamda iқtisodchi Alan Kryuger olib borishdi. Ularning xulosasiga kўra, boylar boshқalarga nisbatan baxtliroқ emas va bўlolmaydilar ҳam!..

Gallup InternationalWIN Vitse-prezidenti va Romir tadқiқot xoldingi prezidenti Andrey Milexinning aytishicha, baxtga erishish tushunchasi u yoki bu millatning madaniyatidan dalolatdir. Ya'ni қayerda ertangi kunga ishonch va umid bўlsa, ўsha yerda eng baxtli insonlar istiқomat қiladi.

Sўnggi yarim asr maboynida dunyo mamlakatlarida sezilarli darajada iқtisodiy yuksalish sodir bўlgan esa-da, "Baxt kўrsatkichi” ҳamon ўzgarmay қolyapti. Daromadi juda oshib ketgan kishilar ўzlarini boshқalarga nisbatan baxtliroқ ҳis etishmayapti. Aksincha, boylarning ishlari boshlaridan oshib-toshib yotibdi va ular ўzlari uchun yashash vaқtiga egalik қilolmayaptilar.

Baxt faқat mol-dunyo, amal, martaba yoki ўtkinchi ҳis-tuyғulardangina iborat emas. Insonga berilgan ҳar bir ne'mat baxtdir. Kishining uyi, oilasi, bola-chaқasi tinch-xotirjam bўlsa, tanasi soғ-salomat bўlib, ovқatlangani taomi bўlsa, bundan inson ўzini baxtlilardan ҳisoblasa bўladi.

Tўғri baxtga osonlik bilan erishilmaydi. Buning uchun meҳnat қilish va unga intilish kerak. Donishmandlardan biri aytganidek, insonlar baxtli bўlishga ҳaқli va shu bilan birga baxtli bўlishga majbur.

Категория: Har-Hil | Просмотров:1859 | Добавил: Admin | Теги: 20 mart – Xalқaro baxt kuni | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:08:38
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Mart 2016  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031