• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
YOSHINGIZ?
Всего ответов: 1362
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 21
Гостей: 21
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2018 » May » 11 » 2019 yilgi Osiyo chempionati O‘zbekistonda o‘tkaziladi
14:31
2019 yilgi Osiyo chempionati O‘zbekistonda o‘tkaziladi

Bugun, 11 may kuni O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi Prezidenti Umid Ahmadjonov hamda O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vaziri Shoakrom Isroilov Osiyo velosport konfederatsiyasi Prezidenti Osama Ahmad Abdulla al Shafar bilan uchrashuv o‘tkazishdi. Bu haqda MOQ Matbuot xizmati xabar bermoqda.
 
Milliy olimpiya qo‘mitasida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda tomonlar 2019 yilda velosportning shosse yo‘nalishi bo‘yicha O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadigan Osiyo chempionatiga tayyorgarlik masalalarini muhokama qilishdi.
 
"2019 yilgi Osiyo chempionati O‘zbekistonda o‘tishidan xursandmiz. Mazkur nufuzli musobaqani yuqori saviyada o‘tkazishimizga ishonchingiz komil bo‘lsin. Bugungi kunda O‘zbekistonda Milliy olimpiya qo‘mitasi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda federatsiyalar yaqindan hamkorlikda ish olib bormoqda. Avvallari ushbu tashkilotlar tarqoq holda ishlashardi. Biz nafaqat Osiyo chempionatini, balki kelajakda jahon chempionatini ham O‘zbekistonda o‘tkazishni istaymiz”, dedi Umid Ahmadjonov.
 
O‘z navbatida al Shafar Osiyo velosport konfederatsiyasi 2019 yilgi musobaqani tashkil etishda O‘zbekistonga yordam berishga tayyor ekanligini ma'lum qildi.
 
"O‘zbekistondaligimdan xursandman. Mamlakat sportida ro‘y berayotgan o‘zgarishlarni ko‘rib turibman. MOQ va vazirlik hamkorlikda ishlayotganidan mamnunman. Osiyo chempionatini tashkil qilishda O‘zbekiston velosiped sporti federatsiyasiga qanday yordam kerak bo‘lsa berishga tayyormiz. Osiyo velosport konfederatsiyasi mutaxassislari Toshkentda bir necha kun bo‘lib, 2019 yildagi Osiyo chempionatini yuqori saviyada o‘tkazish masalasida yordam beradilar”, dedi mehmon.
 
MOQ rahbari Umid Ahmadjonov shuningdek, Toshkentda mashhur sportchi va murabbiylar ishtirokida master-klass va seminarlar o‘tkazish borasida ham Osiyo velosport konfederatsiyasi Prezidentiga murojaat qildi.
 
"Biz O‘zbekistonda ko‘proq xalqaro musobaqalar o‘tkazishni istaymiz. Velosportni rivojlantirish yo‘lida maxsus dastur ishlab chiqqanmiz. Sportning ushbu turini eng quyi bo‘g‘in – bog‘chalardan boshlab rivojlantiramiz. Mashhur sportchi va murabbiylarni Toshkentga yuborib, turli seminar va master-klasslar o‘tkazish masalasida amaliy yordam bersangiz xursand bo‘lardik. Federatsiya bilan kelishgan holda shu yilning o‘zida 300 ta musobaqa o‘tkazamiz”, dedi Umid Ahmadjonov.
 
Shuningdek tomonlar o‘zbek velosportida yangi innovatsion texnologiyalarni qo‘llash, jumladan fotofinishlarni joriy etishda hamkorlik qilishga kelishib oldilar. Uchrashuv yakunida Umid Ahmadjonov an'anaga muvofiq Milliy olimpiya qo‘mitasi nomidan mehmonlarga esdalik sovg‘alarini taqdim etdi.
 
Bugun Toshkentdagi "International hotel” mehmonxonasida Osiyo velosport konfederatsiyasining ijroqo‘m yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi. Osama Ahmad Abdulla al Shafar poytaxtimizga tashrifi davomida O‘zbekiston velosiped sporti federatsiyasi raisi Tanzila Narbayeva bilan ham uchrashishi ko‘zda tutilgan.
Категория: Har-Hil | Просмотров:1277 | Добавил: Moderator | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:10:21
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь