• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
SAYTNI QAYERDAN TOPDINGIZ?
Всего ответов: 706
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 152
Гостей: 152
Пользователи 0

2904
Risolat0921
faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Главная » 2016 » Yanvar » 21 » 1966 yilgi Toshkent zilzilasi bahorda takrorlanadimi?
19:20
1966 yilgi Toshkent zilzilasi bahorda takrorlanadimi?

Telegram va Whatsapp kabi messenjerlarda tarqalgan xabarlarga A. G. Mavlonov nomidagi Seysmologiya institutining "Regional seysmiklik va seysmikrayonlashtirish laboratoriyasi” mudiri, professor Turdiali Ortiqov javob berdi.

O‘zbekiston Respublikasi hududining ma'lum bir qismi yuqori seysmik harakatchan, boshqa ma'lum qismlari esa kam seysmik hududlardan iborat bo‘lganligi uchun Toshkent va bir qator hududlarda tez-tez kuzatilayotgan zilzilalar haqidagi mish-mishlar hamda halq orasida tarqalgan yugurdi gaplar, Telegram va Whatsapp kabi messenjerlarda tarqalgan xabarlarga barham berish maqsadida A. G. Mavlonov nomidagi Seysmologiya institutining "Regional seysmiklik va seysmikrayonlashtirish laboratoriyasi” mudiri, professor Turdiali Ortiqov bilan suhbat uyushtirdik   

Turdiali Ortiqov,  G. Mavlonov nomidagi Seysmologiya instituti Regional seysmiklik seysmikrayonlashtirish laboratoriyasi mudiri, professor:
— O‘zbekiston hududi seysmologik jihatdan murakkab hisoblanadi. Yurtimiz bir qancha global yirik plitalar – Turon plitasi, janubdan Hindiston plitasi, g‘arbdan esa Arab plitasi o‘zaro to‘qnashadigan hududida joylashgan.
— Oxirgi kuzatilgan zilzilalarning ko‘pchiligi Afg‘onistonning Hindiqush tog‘lari hududida, Tojikiston va Afg‘onistonning chegaraviy hududlarida sodir bo‘layotganiga sabab nimada?
—  Markaziy Osiyo hududida eng ko‘p zilzila Hindiqush va Pomir tog‘lari atrofida bo‘ladi. Chunki vaqti-vaqti bilan yangi tog‘larning o‘sib chiqish jarayoni kuzatiladi. Hindiston plitasi yurtimizdagi plita ostiga kirib boradi. Shuning natijasida bizning plitaning uchi biroz ko‘tariladi. Hindiston plitasining pastga kirib borish jarayoni bir necha million yillardan buyon davom etib kelmoqda. Plitalarning harakati natijasida, hattoki 700 km chuqurlikkacha zilzila bo‘lishi mumkin. O‘zbekiston Respublikasi hududida esa faqatgina yer qobig‘ida sodir bo‘ladi, xolos. Hindiqushda 750-800 km chuqurlikda ham zilzila o‘choqlanishi mumkin. Bunday hududlar yer sharining faqatgina 3 ta joyida mavjud. Boshqa joylarda esa seysmik jarayonlar 80-200 km chuqurlikda kuzatiladi.
— Zilzilaning harakatlanishi, seysmik harakat yo‘nalishi, halq tilida ko‘p aytiladigan zilzilaning borib-qaytishi haqida ham batafsilroq ma'lumot bersangiz.
—  Zilzila qaytishi degan gap fanda keltirilmagan. Zilzila o‘chog‘idan bo‘ylama va seysmik to‘lqinlar paydo bo‘ladi va yer qobig‘ida tarqaladi. O‘sha to‘lqinlar yer sirtini tebratadi. Bo‘ylama to‘lqinlar frontga perpendikulyar yo‘nalishda harakatda bo‘lsa, ko‘ndalang to‘lqinlar esa harakat front bo‘yicha bo‘ladi. Bo‘ylama to‘lqinlarning kuchi taxminan 1,7 marta ko‘ndalang to‘lqindan kuchliroq bo‘ladi. Shuning uchun oldin bo‘ylama to‘lqin yerni silkitadi, undan keyin ko‘ngdalang to‘lqin kelib urilganida odamlarda qaytishi degan tushuncha paydo bo‘ladi. Taqdiqotlar natijasi shuni ko‘rsatadiki, ko‘ndalang to‘lqinlarning kelib urilishi oqibatida talofatlar ko‘proq bo‘ladi. YAqin hududlarda yer silkinsa bo‘ylama ko‘proq seziladi, uzoq hududlardagi zilzilaning faqat ko‘ndalang to‘lqini yetib keladi, shu sababdan unchalik kuchli silkinishlar sodir bo‘lavermaydi.
— 1966 yildagi zilzila yaqin orada, umuman yaqin 10 yil ichida takrorlanishi mumkinmi?
—  Toshkent hududini olsak, 1860 va 1880 yilda 6.4 va 6.7 magnitudali zilzilalar sodir bo‘lgan. O‘shanda Toshkent zilzilasidan bir necha barobar kuchliroq silkinishlar kuzatilgan. Undan keyin esa 1936 yilda kuchli zilzila, 1966 yilda Toshkent zilzilasi, 1980 yilda Nazarbek zilzilasi bo‘ldi. 2008 yilning avgust oyida eski shahar maydoni yaqinida 6-7 ballik zilzila bo‘lib o‘tdi. Bu kabi zilzilalar bizning hududimizni tektonik hayoti, ya'ni yer qobig‘ining harakatidan hosil bo‘ladi. Takrorlanishi haqidagi gap-so‘zlar esa ma'lum qisqa statistika asosida aytilgan ma'lumotlar, xolos. Ming afsuski, ularni aniq bilish imkoniyati cheklangan. Yana bir jihati shundaki, bizning hududdagi zilzilalarning eng kuchlisi necha ballga teng bo‘ladi degan savolga allaqachon javob topilgan. O‘zbekiston Respublikasi hududida eng kuchli zilzila 9 ballga teng bo‘lishi mumkin. Shuning uchun qurilish jarayonlarida seysmik xaritaga alohida e'tibor qaratiladi.
 
Ma'lumot uchun, oxirgi 60 yil ichida O‘zbekiston va uning qo‘shni davlatlari hududlarida 95 ta zilzila kuzatilgan bo‘lib, shundan 42 tasi O‘zbekiston hududida sodir bo‘lgan. O‘tgan 20 yilga etibor qaratsak, O‘zbekiston hududida va qo‘shni hududlarda kuchli zilzilalar kam kuzatilgan. 2008 yilning avgust oyida 6 ballik yer silkinishi ro‘y bergan edi. 2015 yilda 2 ballik kuchsiz zilzila 6 marotaba, 3 ballik 3 marotaba, 5 ballik 1 marotaba qayd etilgan.

Категория: Har-Hil | Просмотров:3083 | Добавил: Admin | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:14:09
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Yanvar 2016  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031