• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
Qaysi mobil operatordan foydalanasiz?
Всего ответов: 373
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 18
Гостей: 18
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » May » 14 » 15 maydan boshlab bir qator faoliyat turlariga ruxsat berilyapti
00:58
15 maydan boshlab bir qator faoliyat turlariga ruxsat berilyapti

Biroz avval, O‘zbekistonga koronavirus infeksiyasini kirib kelishi va tarqalishini oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha Respublika maxsus komissiyasining 14 maydagi qarori bilan mamlakatda karantin cheklovlari 2020 yilning 1 iyuniga qadar uzaytirilgani haqida xabar bergan edik. 

Respublikasi maxsus komissiyasi qarori bilan 15 maydan boshlab quyidagi faoliyat turlariga ham ruxsat berilmoqda: 

"Qizil” toifadagi hududlarda:

•    yakka tartibdagi hunarmandchilik;

•    avtomobillarga va qishloq xo‘jalik mashinalariga texnik xizmat ko‘rsatish; 

•    elektron qurilmalarni (kompyuter va maishiy texnika vositalari) va aloqa vositalarini ta’mirlash; 

•    ijara va lizing xizmatlari; 

•    buxgalteriya sohasiga oid xizmatlar (auditorlik, soliq maslahati va boshqalar) ko‘rsatish;

"Sariq” toifadagi hududlarda "qizil” toifadagi hududlarga qo‘shimcha ravishda:

•    rieltorlik faoliyati;

•    reklama va marketing faoliyati;

•    xususiy bandlik agentliklari faoliyati;

•    mehmonxonalarga o‘z oshxonalarida ovqat pishirish hamda xonalarga yetkazib berish;

•    park va istirohat bog‘lari (attraksionalar, ko‘ngilochar ob’ektlar hamda tezkor ovqat tayyorlash nuqtalari faoliyati bundan mustasno) faoliyati. Bunda park va istirohat bog‘lariga kirish karantin talablariga qat’iy rioya qilgan holda soat 09-00 dan 20-00 ga qadar 2 nafar 
shaxsdan ko‘p bo‘lmagan guruhlarda (oilaviy guruhlar bundan mustasno) amalga oshiriladi;

"Yashil” toifadagi hududlarda "sariq” va "qizil” toifadagi hududlarga qo‘shimcha ravishda:

•    ochiq sun’iy qoplamali sport o‘yingoxlari (tashrif buyuruvchilar sonini cheklash sharti bilan, yechinish va yuvinish xonalaridan foydalanmagan hamda oraliq masofani saqlagan holda);

•    kompyuter (skaner, nusxa ko‘chirish, matn terish, chop etish) va poligrafiya xizmatlari;

•    muzeylar faoliyati (tashrif buyuruvchilar sonini cheklagan hamda oraliq masofani saqlagan holda);

•    veterinariya xizmatlari;

•    binolarga xizmat ko‘rsatish va landshaftni obodonlashtirish faoliyati.
Категория: Har-Hil | Просмотров:603 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:05:17
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь