• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
Ўзбекистоннинг энг яхши телеканалини белгиланг
Всего ответов: 683
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 9
Гостей: 9
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2018 » Avgust » 23 » 118 yoshda yoshargan momo. U uzoq umr ko‘rish sirlarini oshkor etdi
17:52
118 yoshda yoshargan momo. U uzoq umr ko‘rish sirlarini oshkor etdi

Olimlar uzoq umr ko‘rish irsiyatga bog‘liqligi ko‘p ta'kidlashgan. Ammo ba'zida bunga genlarning aloqasi yo‘q, hayotda mo‘'jizalar ham yuz berishini inkor etib bo‘lmaydi. 118 yoshdagi Misqol aya Norova yuqoridagi gaplarimizga misol bo‘la oladi. Farzandlarining fikricha, bu oilaning shajarasida hali 100 yoshdan oshganlar bo‘lmagan. Bu hodisani o‘ziga yarasha rekord, ham deyish ham mumkin...


Ma'lumot o‘rnida: Shahrisabzdagi Miraki tumani Toshqo‘rg‘on qishlog‘ida istiqomat qilayotgan Misqol ayaning 2 o‘g‘il, 2 qiz zurriyodlaridan 30 ga yaqin nabira, chevara, evaralar voyaga yetmoqda.


MOMODA YANGI TISH, SOCH TOLASI O‘SIB CHIQYAPTI...

118 yoshli momoda yangi tish, soch tolasi o‘sib chiqqanligi haqiqat. Hayotida yangi asrni yashay boshlagan aya bu mavzuda o‘zlari ham quydagilarni so‘zladi.

Misqol aya Norova: — Hammasi yaxshi-ku, ammo so‘nggi vaqtlarda o‘zim uydan chiqolmay qolganman. Bir ko‘zimni operatsiya qildirgan bo‘lsam ham yaxshi ko‘rolmayapman. Lekin uyda, o‘g‘il, kelin va nabiralarning qurshovida umr kechirishning, o‘ziga yarasha gashti bor. Kelinlarim birin-ketin, osh-nonimga qarab, holimdan xabar olib turishadi.

Suhbatda bo‘lganlar mendan, uzoq umr ko‘rish siri nimada ekan, degan savolni ko‘p berishadi. Rosti, buni o‘zim ham bilmayman. Ba'zilarning fikricha yoshlikdan yaxshi yeb-ichgan odam ko‘p yasharkan. Ammo men ortimga qaraganda, yoshligim faqat urish yillariga to‘g‘ri kelganini ko‘raman. U davrlar ochlik edi. Shuning uchun, nazarimda, yaxshi tanovvulni uzoq yil yashashga sabab qilib ko‘rsatish, doim ham to‘g‘ri emas.

Shukr bugun tinch zamonlarda yayrab yashayapmiz. Ba'zida tansiqroq taom yegim kelsa, o‘zimni ushlab o‘tirmayman, albatta yeyman. Baridan kam-kam ta'tib ko‘rishim mumkin.




SHAHRISABZDAGI MIRAKI TUMANINING HAVOSIDA KO‘P GAP BOR...

Biroz baland ovozda, ammo so‘zlari tetik gapiradigan aya bilan qizg‘in suhbatimizga, uning uchinchi farzandi Ne'mat Boykeldiyev qo‘shildi.

— Odam mehnat qilib, kam bo‘lmaydi, degan gapning isbotini onamda ko‘rganman. Qo‘llarida kuchi boricha kolxozda ishlagan. Ishdan qochmasdilar. Hammasidan ortib, biz farzandlarga vaqt ajratishga ham ulgurgan. Doim, o‘g‘irlik qilma, yolg‘on gapirma va to‘g‘ri yo‘ldan yur, degan gapni ko‘p qaytarardilar. Onam uchun Shahrimizning Mirakidan chiroyli va bahuzur joy yo‘q. Qishloqdan chetga chiqishni istamaganlar ham. Bu yerlarning toza havosi, mana shunday uzoq umr ko‘rishga ta'sir qiladi, nazarimda (kuladi).

Onamdagi bir fazilat, biz farzandlarni doim ajablantiradi. Esimni tanibmanki, biror marta jahl qilganini ko‘rmaganman. Nimaki sodir bo‘lmasin, "Demak, shunday bo‘lishi kerak ekan” deya yo‘llarida davom etaverardilar. Ortiqcha narsa e'tibor bermaslik, siqilmaslik ham onamizning hayotdagi o‘ziga hos sirlaridan biri.


TAOMNOMA RO‘YXATI ODDIY

Munavvar Abdullayeva, ayaning kelini: — Biz kelinlarga ayajonimiz, qaynona emas, mehribon onadir. Ro‘zg‘ordagi kamchiliklarni muammoga aylantirmay, bosiqlik bilan hal qilishni o‘rganganman. Ko‘cha kuyda, hamqishloqlarimiz momoning ko‘proq nimalar tanovvul qilishi bilan ko‘p qiziqishadi. Taomnoma ro‘yxati oddiy. Faqat kun davomida ko‘proq, tabiiy mahsulotlar — sut, qatiq, novvot iste'mol qiladilar. Bizlarga ham aziz-ikrom va mana shunday fayzli qarish nasib etsin.


XULOSA:

Misqol ayaning holidan xabar olishga kelganlar birinchi galda duo olishni istashadi. Aya, biz uchun ham kaftlarini duoga ochib samimiy niyat qiladilar. "Hammaning davlati ziyoda, tinch osuda Vatanda barcha quvonch shodlikda yashasin. Hammaga mening yoshimga kirib, rohat ko‘rishini tilayman. Ozod va obod yurtimizning osmoni doim mana shunday musafo bo‘lsin!”.

Suhbatimiz ayaning mana shunday hosiyatli duolari bilan ham juda fayzli bo‘ldi.
Категория: Har-Hil | Просмотров:1684 | Добавил: Admin | Теги: 118 yoshda yoshargan momo. U uzoq u | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:17:26
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Avgust 2018  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031