• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
Qaysi mobil operatordan foydalanasiz?
Всего ответов: 373
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 11
Гостей: 11
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Iyun » 28 » 10 000 000! Dunyo bo‘ylab koronavirus yuqtirib olganlar rekord darajaga chiqdi
15:38
10 000 000! Dunyo bo‘ylab koronavirus yuqtirib olganlar rekord darajaga chiqdi

Dunyo bo‘ylab koronavirusga chalinganlar 10 milliondan oshib, 10 001 527 nafarni tashkil etmoqda. Kasallanganlarning teng yarmi, ya’ni 5 065 869 nafari sog‘aygan. 499 124 nafari vafot etgan. 

Kasallanish bo‘yicha birinchilikni AQSH qo‘ldan bermay kelyapti. Mamlakatda kasallanish holatlarni 2 510 323 tani tashkil etmoqda. Bemorlarning 
679 308 nafari sog‘aygan, 125 539 nafari vafot etgan. 

Ikkinchi o‘rinda esa okean ortidan Braziliyani ko‘rish mumkin. Mamlakatda 1 313 667 kishi koronavirusga chalingan, 727 715 kishi kasallikdan butkul forig‘ bo‘lgan. 57 070 kishi esa vafot etgan. 

Keyinga o‘ringa esa allaqachon dunyoning ikkinchi ustuni Rossiya chiqib olgan. Rus xalqining 633 542 nafari koronavirusga chalingan. Ulardan 398 311 nafari sog‘aygan, 9060 kishi vafot etgan. 

To‘rtinchi o‘rinda Hindiston turibdi. Hind diyorida 528 859 kishi koronavirusga chalingan. Ularning 309 713 nafari sog‘aygan, 16 095 nafari qurbon bo‘lgan. 

Sog‘ayish bo‘yicha eng oxirgi o‘rinlarda borayotgan Buyuk Britaniyada esa kasallangan 311 727 nafarga yetdi. Ularning bor-yo‘g‘i 1 364 nafari sog‘aydi, 43 598 nafari halok bo‘ldi. 

Peruda ham vaziyat jiddiy. Shu sabab u kasallik tarqalishi bo‘yicha dunyoda 6-o‘rinni egallab oldi. Mamlakatda 275 989 kishi koronavirusga chalingan bo‘lsa, ulardan 164 024 nafari sog‘aygan. Vafot etganlar esa  9 135 nafarga yetgan. 

Chilida 267 766 kishi koronavirusdan og‘rigan bo‘lsa, 228 055 kishi kasallikni ortda qoldirgan. Bemorlarning 5 347 nafari vafot etgan. 

Mart-aprel oylarida ikkinchi o‘rinni egallab turgan Ispaniya 8-o‘ringa tushib qoldi. Mamlakatda kasallanish bo‘yicha raqamlar 248 469 ni ko‘rsatmoqda. Bemorlarning 150 376 nafari sog‘aygan, 28 341 nafari vafot etgan.

Keyingi o‘rinda esa Italiya turibdi. Mamlakatda 240 136 kishi koronavirusga chalingan. Bemorlarning 188 584 nafari sog‘aygan bo‘lsa, 34716 nafari vafot etgan. 

10-o‘rinda esa Eron bormoqda. Eron Islom Respublikasida koronavirusga chalinganlar 220 180 kishini tashkil etmoqda. Ulardan 180 661 nafari sog‘aygan, 10 364 kishi vafot etgan. 

Keyingi o‘nlikni Meksika boshlab beradi. Mamlakatda 212 802 kishi kasallangan. Bemorlarning 160 721 nafari sog‘aygan, 26381 kishi vafot etgan.

Pokistonda esa 202 955 kishi koronavirusdan og‘rigan. Ularning 92 624 nafari sog‘aydi, 4118 nafari qurbon bo‘ldi. 

Fransiyada esa koronavirusga chalingan 199 473 nafar bemor aniqlangan. Ularning 75 773 nafari sog‘aydi, 29 781 nafari vafot etdi. 
Keyingi o‘rinda esa Turkiya turibdi. Mamlakatda 195 883 kishi koronavirusga chalingan. Bemorlarning 169 182 nafari sog‘aygan, 5 082 nafari vafot etgan.

15-o‘rinni esa Germaniya egallamoqda. Mamlakatda 194 693 kishi koronavirusga chalingan bo‘lib, ularning 177 628 nafari sog‘aygan. Bemorlarning 8 968 nafari vafot etgan.
Категория: Har-Hil | Просмотров:476 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:13:48
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь