• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
QAYSI TAS-IX TIZIMI QULAY?
Всего ответов: 288
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 33
Гостей: 33
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2016 » Oktyabr » 30 » Yigitali Mamajonov: “Farzandlarimni o‘z qaramog‘imga olaman”
10:11
Yigitali Mamajonov: “Farzandlarimni o‘z qaramog‘imga olaman”

Bundan 4 yil avval, 2012 yilning 16 noyabrida O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Rayhon G‘aniyeva va aktyor Yigitali Mamajonovning nikoh to‘ylari bo‘lib o‘tgan edi. Ularning ertaknamo muhabbatiga yoshlaridagi 13 yillik farq ham halal bermagan edi. Yigitalining chaqnab turgan ko‘zlari, Rayhonning baxtli ayol sifatidagi jilmayishi hamon muxlislar ko‘z o‘ngida. 2014 yilning 5 may kuni ana shu muhabbatning mevalari sifatida ularning oilasida egizak farzandlar – Islom va Imron dunyoga keldi.
 
Afsuski, o‘sha ertaknoma muhabbatga ko‘z tegdi.  OAVda Rayhonning Yigitali bilan ajrashayotgani haqidagi gaplar paydo bo‘lgach, muxlislar orasida katta shov-shuv boshlandi. Avvalgi maqolalarimizda ham aytib o‘tganimizdek, na Rayhon va na Yigitali oilaning darz ketishiga sabab bo‘lgan omil haqida biror marta ham so‘z ochishmadi.
 
Yigitalining ba'zi intervyularidagi so‘zlari esa muxlislar orasida yana g‘alayon ko‘tarilishiga sabab bo‘ldi. Hyech kim ular o‘rtasidagi munosabatlarning tamom bo‘lganiga, ish ajrimgacha yetib borishiga ishonmasdi. Biroq, 2015 yilning yanvar oyida O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Rayhon G‘aniyeva turmush o‘rtog‘i, aktyor Yigitali Mamajonov bilan ajrashayotgani haqida rasman xabar qildi.
 
Garchi ajrim amalga oshirilgan bo‘lsa-da, muxlislar Yigitali Mamajonovning Rayhonni bu yo‘ldan qaytarmoqchi bo‘lganini yaxshi biladi.  Ammo ajrimdan so‘ng, ularning munosabatlarini qayta tiklashning imkoni bo‘lmadi...
 
Rayhon G‘aniyevaning boshlovchi Farhod Alimov bilan turmush qurayotganliklari haqidagi xabarlar tarqalgach, Rayhon yana muhokamalarning asosiy mavzusiga aylandi. Rayhon G‘aniyeva ham, Farhod Alimov ham oilasidan ajrashgan. Ayni vaqtda ularni bitta dard birlashtirgan bo‘lsa ajab emas.
 
Muxlislarning "Sobiq rafiqasining to‘yi bo‘layotgani haqidagi xabarga Yigitali qanday qaraydi?” qabilidagi savollariga javob olish istagida biz Yigitali Mamajonov bilan bog‘landik. U Rayhon, farzandlari va bo‘lajak to‘y haqida quyidagi fikrlarni bildirdi.
 
Yigitali Mamajonov, Rayhon G‘aniyevaning sobiq turmush o‘rtog‘i:
 
— Men bo‘layotgan ishlardan xursand emasman. Hamma narsani vaqt ko‘rsatadi.
 
Farzandlarimni hech qachon tashlab qo‘ymayman va ularni o‘zim tarbiyalashga harakat qilaman. Men ularning otasiman, ular o‘z qaramog‘imda bo‘lishini istayman.
 
Men barcha narsa Yaratgandan deb bilaman. Demak, peshonamizga shu bitilgan ekan. Hamma narsa yaxshilikka.
 
Shaxsiy hayotim va oilam haqida gapirishni yomon ko‘raman. Bu mening tabiatimga to‘g‘ri kelmaydi. OAVga bergan barcha intervyularimda ham bu haqda aytganman. Men muxlislardan birovning hayotiga aralashmasliklarini so‘ragan bo‘lardim.
 
To‘g‘ri, Yigitali Mamajonov, Rayhon G‘aniyeva, Farhod Alimov – mashhur insonlar va aynan shu sababli ham ko‘p sonli muxlislar ularning shaxsiy hayoti bilan qiziqishadi. Biroq har qanday holatda ham biz muxlislardan ularning aytayotgan gaplariga, shaxsiy hayotlaridagi o‘zgarishlarga hurmat bilan qarashlarini so‘ragan bo‘lardik. Chunki, o‘ziga odamlarni jalb qilish istagida yangilikka "yangilik” qo‘shib, muxlislarga yolg‘on ma'lumot tarqatayotgan insonlar afsuski bor.
 
Voqyealar rivojini biz bilan kuzating.


Категория: Har-Hil | Просмотров:5282 | Добавил: Admin | Теги: Йигитали Мамажонов: “Фарзандларимни | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 1
1 79636336389   (2016.11.17 10:21) [Материал]
Shu muxlislar bulmasa silar xechkmslar artistlar i aktyorlar

Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:02:23
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Oktyabr 2016  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
24252627282930
31