• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
Ўзбекистоннинг энг яхши телеканалини белгиланг
Всего ответов: 683
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 11
Гостей: 11
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2016 » Sentyabr » 2 » O‘zbekiston xalqi og‘ir judolikka uchradi
00:36
O‘zbekiston xalqi og‘ir judolikka uchradi

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining axboroti

Aziz vatandoshlar,

Yuragimizda chuqur qayg‘u bilan barchamiz uchun qadrli bo‘lgan Prezidentimiz Islom Abdug‘aniyevich Karimov vafot etganini ma'lum qilamiz. Islom Abdug‘aniyevich 2016 yil 2 sentyabrda Toshkent shahrida bosh miyada qayta tiklanmaydigan o‘zgarishlarga va poliorgan yetishmovchiligiga olib kelgan miya qon aylanishining o‘tkir buzilishi (insult) oqibatida vafot etdi.

Mamlakatimizning Birinchi Prezidenti Islom Karimov haqiqatan buyuk tarixiy shaxs edi. Islom Karimovning qat'iyati va jasorati bilan respublikamiz mustaqillikka erishdi va o‘z taraqqiyot yo‘lida ulkan muvaffaqiyatlarni qo‘lga kiritdi. Yosh davlatimiz uchun g‘oyat murakkab va mas'uliyatli davrda vaziyat beqarorlashuvining oldi olingani va xalqimizning urush dahshatlarini ko‘rmasdan eson-omon o‘tishi bevosita Islom Karimov nomi bilan bog‘liq.
Xalqimizning cheksiz muhabbatini qozongan, mustaqil mamlakatimizning Birinchi Yo‘lboshchisi Islom Abdug‘aniyevich Karimov qalblarimizda abadiy qoladi va kelajak avlodlar xotirasida tinchlik, barqarorlik, farovonlik va taraqqiyot rahnamosi, buyuk davlat arbobi sifatida mangu yashaydi.

Barchamiz uchun qadrli bo‘lgan Prezidentimizning vasiyatiga ko‘ra, Islom Karimov shu yil 3 sentyabrda ota-onasi mangu qo‘nim topgan ona shahri Samarqandda musulmon urf-odatlariga binoan dafn etiladi.

O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti bilan vidolashuv marosimi 2016 yil 3 sentyabrda Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadi.

Biz barchamiz uchun o‘ta og‘ir judolik munosabati bilan marhumning oila a'zolari va butun O‘zbekiston xalqiga chuqur hamdardlik bildiramiz.


O‘zbekiston Respublikasi                                                             
Oliy Majlisi

O‘zbekiston Respublikasi
  • Vazirlar Mahkamasi
Категория: Har-Hil | Просмотров:2789 | Добавил: Admin | Теги: O‘zbekiston xalqi og‘ir judolikka u | Рейтинг: 5.0/1
Всего комментариев: 1
1 Alam   (2016.09.07 05:33) [Материал]
Xotira mangu,qadr abadiy!

Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:09:07
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь