• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
YOSHINGIZ?
Всего ответов: 1362
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 16
Гостей: 16
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2016 » Sentyabr » 21 » “Million”ning konserti so‘nggi kuniga chiptalar hamon sotuvda
17:44
“Million”ning konserti so‘nggi kuniga chiptalar hamon sotuvda

Avvalroq, "Million” jamoasining konsert dasturi kunlariga yana uch kun qo‘shilgani haqida xabar bergan edik. Jamoa a'zosi Davron Kabulov ijtimoiy tarmoqlardagi shaxsiy sahifasi orqali 19-20-21 sentyabr kunlari ham konsert dasturi bo‘lib o‘tishini e'lon qilgan edi.

Ayni kunlarda tahririyatimizga "Million”ning ko‘plab muxlislari qo‘ng‘iroq qilib, jamoaning galdagi konsertiga chipta sotib olish muammo bo‘layotganini aytib, uni qayerdan xarid qilish mumkinligi borasida maslahat so‘rashmoqda. Biz ushbu savollarga javob olish maqsadida jamoa sardori Bekzod Komiljonov va Davron Kabulov bilan bog‘landik.

Davron Kabulov, "Million” jamoasi a'zosi:
— Konsertimiz reklamalari televideniye va radiolarda berilmagan bo‘lsada, 14-18 sentyabr kunlariga belgilangan dasturning chiptalari oz vaqt ichida qo‘lma-qo‘l bo‘lib ketdi. So‘ng talablarni inobatga olgan holda konsert kunlarini yana uch kunga ko‘paytirdik. Bugun, 21 sentyabr, konsertning so‘nggi kuni. Muxlislarga shuni ma'lum qilmoqchimanki, ortiqcha shov-shuvlarga aldanib qolishmasin, chiptani saroy kassalaridan xarid qilishlari mumkin.

Bekzod Komiljonov, "Million” jamoasi sardori:
— Konsertga chipta qolmagan degan gaplar bo‘hton. Biz ana shunday holatlarning olish va muxlislarimizning chayqovchilarga aldanib qolishlarini istamaganimiz uchun ham konsert kunlarini yana uch kunga ko‘paytirgan edik. Gazetalar va internet saytlari, umuman, OAVlarga chipta qolmagan, degan gaplar bilan qo‘ng‘iroq qilayotganlar avval saroy kassalariga murojaat qilib ko‘rishsin. Mana hozir ham kassada turibman, odamlar bemalol chipta xarid qilishyapti.

Darhaqiqat, jamoa a'zosi Davron Kabulov ta'kidlaganidek, "Million”ning navbatdagi konsert dasturi reklama roliklari TV va radiolarda taqdim etilmadi. Shahar ko‘chalarida esa afishalarga ham ko‘zimiz tushgani yo‘q. Ijtimoiy tarmoqlar orqali ko‘tarilgan shov-shuvlarning o‘zi "Million”ning minglab muxlislarini "Istiqlol” san'at saroyiga jamladi. Bu ham jamoaning muxlislar orasida katta obro‘ topganidan dalolat. Har holda 4 kun reklama konsert qo‘yish va talablarga ko‘ra, konsert kunlarini uch kunga ko‘paytirish, bu ham yetmagandek, shanba va yakshanba kunlari soat 15:00da ham muxlislar qarshisiga chiqish manaman degan san'atkorlarga ham nasib etmaydigan holat. Ikki yarim yillik tanaffus "Million”ning qadrini ancha oshirganini kundek ravshan qilib qo‘ydi.

Ayni vaziyatda biz konsertning tashkiliy masalalari va chiptalar bilan bog‘liq savollarga e'tibor qaratdik, xolos. Tomoshada aytilgan gaplar, uning ma'naviy qiyofasiga birozdan so‘ng nazar tashlab, g‘alvirni suvdan ko‘taramiz.

Категория: Har-Hil | Просмотров:2485 | Добавил: Admin | Теги: “Million”ning konserti so‘nggi kuni | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 1
1 Giyas95   (2016.09.22 21:33) [Материал]
Qachon joylasizla endi konsertni toliq vidyosini Admin

Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:19:28
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь