Har-Hil [2293] |
Turfa olam [13] |
Odnoklassniki Sirlari [39] |
Dunyo Habarlari [26] |
Telefon Kodlari [18] |
Telefonlar Haqida [8] |
Sherlar [105] |
Futbol Yangiliklari [30] |
Maslahatlar [35] |
Latifalar [81] |
Yangi Yil Tabriklari [2] |
Senga Oshiqman [3] |
Bilimlar [6] |
Tush Ta'birlari [61] |
Yulduzlar Biografiyasi | Юлдузлар Хаёти [8] |
22:12 Zilzilalar Marsda hayot borligini isbotladi | |
![]() Shotlandiyalik olimlar kuchsizroq zilzilalar sodir bo‘lgan vaqtlarda Marsda vodorod ajralib chiqishini aniqladi, bu esa sodda hayot shakllari uchun energiya manbasi hisoblanadi. Bu haqda Astrobiology ilmiy jurnalida chop etilgan maqolada so‘z boradi.Tadqiqotchilar Atlantika okeanining Shotlandiya sohillaridagi Tashqi Gebrid orollaridagi yer yoriqlarini o‘rganish orqali shunday xulosaga keldi. Jumladan, ular yoriqlar yaqinida hayotni ta’minlash uchun yetarli miqdorda vodorod ajralib chiqayotganligini isbotlashga erishdi. Bundan tashqari, olimlar Yerdagi seysmik faollik kuzatiladigan tektonik yoriqlar atrofida paydo bo‘ladigan suyuqliklarning kimyoviy tarkibini ham batafsil tahlil qildi. Olimlarning ma’lum qilishicha, ular aniqlagan modellar Qizil sayyora uchun ham mos keladi. Chunki Marsda ham yer silkinishlari kuzatiladi. Shunga qaramasdan, ularning xulosalarini Marsda tajriba orqali sinab ko‘rilishi lozim. | |
|
Всего комментариев: 0 | |