
Garchi
yoshga doir o‘zgarishlarni to‘xtata olmasak-da, muammoni
chuqurlashtirmaslikning imkoni bor. Ajinlar yuzning qaysi qismida
joylashganiga qarab, tahminiy xastaliklarni birgalikda aniqlaymiz.
PESHONA :
Agar peshonaning yuqori qismi bo‘ylab uzun, ingichka ajinlar tarqalgan bo‘lsa, hoynaxoy sizni bosh og‘rig‘i bezovta qiladi.
Peshonadagi
ajinlarning chuqur joylashganligi buyrak faoliyati bilan bog‘liq
bo‘lishi mumkin. Ehtimol, sizda buyrak shamollashi, tuz yoki qum
yig‘ilishi kabi muammolar bor.
Ikkita qosh o‘rtasidagi yirik ajinlar
gaymorit asoratini bildiradi. Agar gaymorit bilan og‘rigan bo‘lsangiz,
og‘riq xurujlarida peshonangizni qattiq tirishtirgansiz. Bu esa ikkita
qosh o‘rtasidagi teriga zo‘riqish bergan.
OG‘IZ ATROFI:
YUqori
lab va burun o‘rtasida paydo bo‘lgan mayda ajinlar, oshqozon, ichaklar
faoliyatidagi buzilishlar hamda gormonal o‘zgarishlardan darak beradi.
Burun
va yuqori lab o‘rtasidagi yirik ajinlar yurak faoliyatidagi
bezovtaliklarga ishora qiladi. O‘ylab ko‘ring, tez toliqish, zinadan
yuqoriga ko‘tarilganda hansirash kabilar kuzatilmayaptimi?
Daxan soxasida tarqalgan uzuq-yuluq ajinlar jigar bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.
YONOQLAR:
Odatda,
ushbu yuz sohasida ajinlar nisbatan kam bo‘ladi. Ammo buning aksi
bo‘lsa, oshqozon osti bezi bilan bog‘liq o‘zgarishlarga taxmin qilinadi.
KO‘ZLAR:
Ko‘zning
tashqi burchagidan chakkaga qarab tarqalgan mayda ajinlar o‘t qopi,
hazm faoliyati va oshqozon bilan bog‘liq holatlarga e'tibor berishga
chorlaydi.
Ko‘z qopchasi bo‘ylab yozilgan ajinlar esa uyqusizlik yohud ayrim vitaminlarning yetishmovchiligidan dalolat berad.;
Ertalablari
ko‘z qovoqlarining shishib, yuzasida bilinar-bilinmas mayda ajinlarning
paydo bo‘lishi buyrak faoliyatidagi o‘zgarishlarga taxmin qilinadi.
Bilib qo‘ygan yaxshi!
Yoshingiz
30 dan oshgan bo‘lsa, har hafta mayda ajinlarni teri yuzasi bo‘ylab
tarqatuvchi kosmetik muolajalarni bajarib turing. Uy sharoitida yuzni
shapatilash, moychechak damlamasida kompress qilish va terini
oziqlantirish kabi usullarni bajarish mumkin.
Agar ajinlar ichki
xastaliklar belgisi bo‘lsa, kasallikni aniqlab, davolanmaguningizcha
tashqi ko‘rinishingizni parvarishlashingiz befoyda.