• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
Ўзбекистоннинг энг яхши телеканалини белгиланг
Всего ответов: 683
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 8
Гостей: 8
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2019 » Oktyabr » 3 » Yosh Kelin-kuyovlarga maslahatlar
23:41
Yosh Kelin-kuyovlarga maslahatlar

Turmush qurishga ahdlashgan juftliklarning tibbiy ko‘rikdan o‘tishi hech kimga sir emas. Tibbiy ko‘rik davomida qizlar ginekologik tekshiruvdan ham o‘tishadi. Bu ular bilan ginekolog mutaxassisning suhbati va kichik tos a’zolarini ultratovush tekshiruvidan o‘tkazishdan iborat.

Ana shu tekshiruvdan xulosa qilib, turmushga chiqayotgan qizning reproduktiv salomatligi aniqlanadi, zarur bo‘lsa, ayrim davolash choralari o‘tkaziladi. Uylanayotgan yigit ham urolog-androlog bilan maslahatlashgan holda ma’lum tekshiruvlardan o‘tishi maqsadga muvofiq. Shunda ushbu juftlikning jinsiy hayoti muammolarsiz kechishi kafolatlanadi.

Biroq jinsiy hayotning boshlanishi ayol organizmida «inqilobiy» o‘zgarishlarni boshlab beradi. Aynan shu davrdan boshlab u turli infeksiya, bakteriyalar bilan to‘qnash kelishi mumkin…

Kelin-kuyovlarga maslahatlar

Defloratsiya – tibbiyotda qizlik pardasi butunligining buzilishi defloratsiya deb ataladi. Defloratsiya er-xotinning birinchi qovushgan vaqti yuz beradi. Biroq shuni yodda tutish kerakki, qizlik pardasi bir necha jinsiy yaqinlikdan so‘ng ham butunligini saqlashi mumkin bu uning tuzilishi (mustahkamligi, cho‘ziluvchanligi va h.k.) bilan bog‘liq. Shuning uchun birinchi koitus defloratsiya bilan tugamasa, vahimaga tushmang. Bu holat qizlarda ko‘p uchraydi, faqat ginekolog-shifokor uni izohlab, zarur tavsiyalarni berishi mumkin.

Mutaxassisga qachon murojaat etish kerak?
Uch kecha davomidagi urinishlar besamar bo‘lsa, ginekolog-shifokor ayolni ko‘rikdan o‘tkazib, zarur bo‘lsa qizlik pardasida kichik kesimlarni amalga oshirishi mumkin. Bu defloratsiya yuz berishini osonlashtiradi. Ba’zan bu paytda qizdagi kuchli hissiy holat ham defloratsiyaga to‘sqinlik qilishi mumkin. Shuning uchun nikoh kechasi haqidagi turli uydirmalar tufayli qattiq qo‘rquvda bo‘lgan qizlarga ba’zan psixologik yordam ham kerak bo‘ladi.

Birinchi koitusdan so‘ng 3-5 kun davomida jinsiy yaqinlikdan saqlanish lozim. Shu kunlar davomida gigiyena qoidalariga to‘liq rioya etilsa, qizlik pardasining chekkalari bitib, keyingi koituslar og‘riqsiz va boshqa asoratlarsiz kechadi.

Kelin-kuyovlarga maslahatlar
Yangi boshlayotgan turmushingiz, jinsiy hayotingizda muammolar bo‘lmasligini istasangiz, bir yostiqqa bosh qo‘yishdan avval dildan suhbatlashing.
Turmush o‘rtog‘ingizga o‘z hissiyotlaringiz, tuyg‘ularingizni uyalmay ayting.
Nikohning ilk kechasi qanday o‘tsa, keyingi hayotingiz ham xuddi shu mezonlarga quriladi.
Ilk kecha qiz uchun sinov kechasiga aylanmasligi kerak, eng avvalo buni yigit yaxshi tushunishi lozim.
Munosabatlarni o‘zaro ishonch va sadoqat asoslariga quring, buni yoringizga anglating. Bu vaziyatni yumshatib, ruhiy yengillik yaratadi.

Manba:DNK.uz
Категория: Har-Hil | Просмотров:1463 | Добавил: Admin | Теги: foydali | Рейтинг: 5.0/1
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:19:53
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Oktyabr 2019  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031