• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
SAYTNI QAYERDAN TOPDINGIZ?
Всего ответов: 705
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 4
Гостей: 4
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2018 » Noyabr » 7 » Yo'lbars muchal yilida tug'ilganlar
13:28
Yo'lbars muchal yilida tug'ilganlar

1902, 1914, 1926, 1938, 1950, 1962, 1974, 1986, 1998, 2010 yillarda tavallud topganlar
Qadimgi Xitoyda o'zining hayotiy quvvati, kuchi bilan Yo'lbarslar erkaklik ibtidosi, ya'ni «Yan», oq Yulbars esa ayollik ibtidosi «In» hisoblanib, kuz va g'arbning timsoli bo'lgan. Qadimgi sharq xalqdarida Yo'lbarslarga yovuz kuchlarni, insu-jinslarni quva oladigan kuch timsoli sifatida qaralgan. Shuning uchun ularning haykalchalari yasalib, kirish eshiklariga o'rnatilgan.Yo'lbarslar o'ta sezuvchan, tez ta'sirlanadigan, ehtiyokor, harakatchan bo'ladilar. Hayotiy voqealarni tafakkur ila mulohaza qiladilar. Ish joyida, jamoada xurmatga sazovor bo'ladilar. Ammo ularda o'zlaridan kattalar hamda boshliqlari bilan ziddiyatlarga borish xususiyatlari ham bor. Ularga gumondorlik va xudbinlik ham xosdir. Tabiatan kuchli xamda matonatlidirlar. Aksariyat hollarda boshqalarga yetakchilik qiladilar va inqilobiy o'zgarishlar qilishga moyildirlar. Yo'lbars muchal yilida tug'ilganlar o'zlarining qo'rqmas, mard va jasurligi bilan nom qozonadilar va atrofidagilarning xurmatiga sazovor bo'ladilar. Ushbu muchalda tug'ilganlar maqsad sari intilayotganga o'xshasalarda, aslida ularning xatti-harakatlari beqaror bo'ladi. Shuning uchun ota-onalar mazkur muchal yilida tug'ilgan farzandlarining faoliyatini doimo e'tiborda tutmoqlari talab etiladi va muayyan maqsad sari yo'naltirib bormoqlari lozim bo'ladi. Ular dilbar va yoqimlidirlar. O'zlari intilmasalarda, hammaning e'tiborida bo'ladilar. Agar birorta ko'zlagan kishisiga erishmoqchi bo'lsalar, ishoningki, bunga juda tez, oson va bir umrga erishadilar. Boshqa tomondan esa Yo'lbarslar o'zlarining yoqimtoyliklaridan, eng avvalo, o'zlari aziyat chekadilar. Chunki atrofida ularning kuchliligidan hamda o'ta ishonuvchanligidan o'z maqsadlarini ko'zlagan va qulay fursatni poylab yuruvchi ayyor kimsalar doimo topiladi. Ular tabiatan kurashuvchan, qo'rs va o'zbilarmon bo'lib, ko'zlagan rejalari uchun o'zlarini qurbon qilishga ham tayyordirlar. Yo'lbars muchalida tug'ilganlar yashaydigan uyga o'g'ri tushmasligi, suv va o't balosidan holi bo'lishi, aldanmaslik holatlari kuzatilgan. Yo'lbars muchalidagilarning o'zlariga xos kuchli jihati, favqulotda vaziyatlarda qat'iy qaror chiqara olishlari, faollik ko'rsatish kerak bo'lganida, o'ylab o'tirmasdan, dadil harakat qilishidadir. Hech kimga ishonmaydilar, doimo oldinda yurishni xush ko'radilar. Yo'lbars muchalida tug'ilganlardan yaxshi harbiy boshliqlar, korxona rahbarlari, din ulamolari chiqadi. Ular juda jo'shqin va kuchli sevgi sohibidirlar. Dastlabki hayotlari osuda va halovatli o'tadi, voyaga etgan sari esa kuchli va shiddatli kechinmalarni boshdan kechiradilar. Shunga qaramay, keksayguncha yashay olsalar, qolgan umrlarini tinch va xotirjam o'tkazadilar. 
Yo'lbars muchalidagi erkaklar: Yo'lbars yilida tavallud topgan erkaklar- yarq etib ko'zga tashlanadigan, ehtirosli, jo'shqin va kuchli shaxslar sanaladilar. O'zlari yashab turgan jamiyat bilan doimiy kurashda bo'ladilar. Jamoatchilik ishlariga usta bo'lib, o'z oilasini barpo etishda ham o'rnak ko'rsata oladilar. O'z tabiatlariga ko'ra, ular cho'rt kesar, o'jar, o'z fikrida qat'iy tura oladigan, qaysar va kurashchandirlar. Ba'zan esa maydakash hamdirlar. Ular boshqa birovlarga ishonmaydilar, tavakkalchiliklari ham bor. Pul bilan bog'liq masalalarga u qadar qiziqmasalar-da, o'z boyliklarini tejab-tergab sarf qilishni yaxshi biladilar. Mazkur muchal sohiblari juda ham sezgir, hissiyotli bo'lib, chuqur hissiy kechinmalarni boshlaridan o'tkazadilar. Sevgi bobida kamdan-kam hollarda baxtli bo'la oladilar: yangi ma'shuqasi bilan boshlangan kechinmalari eskisi, haqiqiysini nuratib, barbod etadi, hayot esa o'tib boraveradi.
Yo'lbars muchalidagi ayol(qiz)lar: odatdagi hayot, turmush ularning joniga tegadi va ko'plab hayotiy sarguzashtlarni boshlaridan kechirishlariga to'g'ri keladi. Bunday hayot kechirish doimo ham ko'ngildagidek oqibatlarga olib kelavermaydi. Oilada ham o'zlarining erkinliklarini saqlab qolishga intiladilar. Mazkur muchal sohibalari erkaklardagi qat'iylik va o'zlariga bo'lgan ishonchni qadrlaydilar. Eskicha qarashlarini, ayniqsa, ayollarni ikkinchi darajada ko'rsatadigan tartib-qoidalarni yoqtirmaydilar. Yo'lbars muchalidagi ayol(diz)lar sevgi bobida juda ham jo'shqin va qizg'in bo'lib, umr yo'ldoshidan o'ziga nisbatan munosib ravishda munosabatda bo'lishni talab etadilar. Mabodo, tanlangan juftlari hiyonat qilsa, ularni burdalab tashlashga tayyordirlar. Ushbu muchalda tavallud topgan ayol(diz)lar chukur hisiy kechinmalarga ega va o'z yoriga sadoqatli bo'lib, ulardagi bunday xislatni uyg'ota olmoq zarur bo'ladi. Ana o'shanda ular o'z turmush o'rtog'iga nisbatan bir umrlik sadoqatli yor bo'lib, butun hayotini sizga bag'ishlaydi. Oilada Yo'lbars ayol bag'ri keng, saxiy, oilaparvar bo'lib, ro'zg'or ishlarini ham uddalaydi, mehmon kutishni ham qoyillatadi. Mazkur muchal sohibalarining ta'lim-tarbiya sohasidagi qobiliyatlari, iste'dodi bo'lib, ularning qo'lostilarida tarbiyalanayotgan o'quvchilar o'zlarini baxtli, har tomonlama erkin his etishlari bilan birga, havas qilarlik darajada tarbiya oladilar.
Категория: Muchal va Burjlar | Просмотров:1415 | Добавил: Admin | Теги: Yo'lbars muchal yilida tug'ilganlar | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:04:33
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Noyabr 2018  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
2627282930