• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
Ўзбекистоннинг энг яхши телеканалини белгиланг
Всего ответов: 683
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 18
Гостей: 18
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2016 » Iyul » 31 » Yigitali Mamajonov: Yo‘q, haqingiz yo‘q — bu shaxsiy hayot
13:50
Yigitali Mamajonov: Yo‘q, haqingiz yo‘q — bu shaxsiy hayot

Yigitali Mamajonov haqiqatan ham juda ko‘p gonorar so‘raydimi? Qaysi o‘zbek rejissyorlarining filmlarida suratga tushishni xohlaydi? Qaysi aktrisa bilan hamkorlik qilish Yigitali uchun qulay? Jurnalist Feruz Muhammad aktyor Yigitali Mamajonovning hali sizga ma’lum bo‘lmagan fikrlari, hayotiy qarashlari haqida suhbat uyushtirdi.— Jurnalistlar tomonidan sizga berilaverib joningizga tegib ketgan savol qaysi?
— San’atga qanday qilib kirib kelgansiz, degan qolip savol bor. So‘nggi vaqtlarda eng jonga tekkan savol: "Nimaga ajrashib ketdingiz?”. Birinchidan, bu shaxsiy hayot. Ba’zilar: "Biz muxlismiz, mashhurlarning shaxsiy hayotini bilishga haqqimiz bor”, deyishadi. Yo‘q, haqingiz yo‘q — bu shaxsiy hayot. Siz san’atga qanday kirib kelganimizni, ijodimizni bilishingiz, buni tanqid qilishingiz mumkin. Muxlislarning hayotimizga aralashishlarining iloji ham, haq-huquqlari ham yo‘q, shunday ekan, shaxsiy hayotimiz haqida ham bilishlariga haqlari yo‘q.

— Bolalarim bilan haftada bir ko‘rishamiz, deb intervyu bergan ekansiz. Bolalaringiz bilan ko‘rishgan vaqtda, xohlaysizmi-yo‘qmi, turmush o‘rtog‘ingiz — xonanda Rayhon bilan ham ko‘rishasiz. Shu vaqtda munosabatingiz, suhbatingiz qanday bo‘ladi. O‘rtangizda hech bo‘lmasa do‘stlik rishtalari saqlanib qolgandir?
— Bilasizmi, men biror insonga nisbatan gina saqlab yurmayman, yaxshi muomala qilaman, yomon muomalada bo‘la olmayman. Balki, Rayhon oilamiz saqlanib qolishini, tiklanishini juda xohlayotgandir, ammo men xohlamayapman. Chunki buning o‘ziga yarasha sabablari bor. Misol uchun, Siz daraxt ekib kelayapsiz-da, kimdir boshqa tomondan kelib, uni yulib ketaversa, qanday qilib bog‘ barpo bo‘lishi mumkin? Yoki Siz daraxt ekayapsiz, kimdir unga suv quyib turmasa, hatto harakat ham qilmasa, u bog‘ ko‘karmaydi, yashnamaydi. Bunday bog‘ yaratgandan, yaratmagan yaxshiroq, deb o‘ylab qoldim.

— Sizning gaplaringizdan oilangiz qachondir baribir tiklansa kerak, deb o‘ylayapman. Bu hodisa ayni kunlarda bo‘lmasligi mumkin, ehtimol ikki-uch yil o‘tib sodir bo‘lar?
— To‘g‘risini aytadigan bo‘lsam, hech qachon oldindan fikrlab, 5—6 yilni mo‘ljallab reja tuzadigan odam emasman. Vaqti kelsa, ertangi kunimni ham o‘ylamayman. Sog‘-salomat, yaxshilikda ertangi kunga yetkazsin, deb niyat qilaman, xolos. Ertangi kunimni o‘ylamayman deganim — Xudoga xush kelmaydigan rejalar tuzmayman, balki ertagacha yetib bora olmasman ham. Bu hammasi Xudoning ishi, nima bo‘lsa ham yaxshilik bo‘lsin. Yaratgandan shuni so‘rab qolaman.

— Endi ijodinggizga qaytsak. "Oyqiz ertagi” filmi rejissori Akbar Bekturdiyevning so‘zlariga ko‘ra, siz o‘z rolingizni u o‘ylagan darajadan ham bir pog‘ona balandroq, maromidan ham oshirib ijro etib beribsiz. Ko‘plab rejissorlar bilan ishlagan professional aktyor sifatida Akbar Bekturdiyevning faoliyatiga qanday munosabat bildirasiz?
— Akbar Bekturdiyev bilan hamkorligimiz juda samarali bo‘ldi. Bundan keyin ham ko‘plab filmlarda birga ishlash niyatimiz bor. Insonning tajribasi qanchalik boy bo‘lsa, ishlari ham shuncha yaxshi bo‘lib boraveradi. Akbar aka kelajagi porloq rejissor.— Adashmasam, "Oyqiz ertagi” filmida aynan sizning rolingizni o‘ynash uchun boshqa talabgorlar ham bo‘lgan. Filmning kasting jarayonlari haqida so‘zlab bersangiz.
— Boshqa talabgorlar borasida bexabarman. Birinchidan, bu filmda o‘ynash xohishi bor edi-yu, lekin "o‘ynayman” deb qat’iy intilmaganman, rol uchun talashmaganman. Umuman olganda, shu vaqtgacha boshqa filmlarda ham biror rol uchun talashgan emasman. Buning hammasi taqdir. Kastingdan so‘ng Moskvaga ketgandim. Tasvirga olish ishlari boshlanganini eshitganimdan so‘ng, o‘rnimga boshqa aktyor topgan bo‘lishsa kerak, bu rol menga nasib qilmagan ekan, degan fikr xayolimdan ham o‘tgan. Moskvadan qaytganimdan so‘ng, s’yomkalar hali ham boshlanmaganligini bildim. Akbar aka: "Menimcha, bu filmda o‘ynash sizga nasib qilgan ekan”, deb rolni menga ishonib topshirdi. Kimdir menga ishonch bildirdimi, uning ishonchiga munosib bo‘lib, jonimni ayamasdan mehnat qilaman. Nima bo‘lgan taqdirda ham menga bildirilgan ishonchni oqlayman. Filmda qo‘ldan kelgancha, imkon boricha harakat qildim, ammo xayolimda: "Rolni bundan ham yaxshiroq o‘ynasam bo‘lar edi”, degan o‘y o‘tmoqda.

— Menimcha, gonorar ko‘p so‘raydigan aktyorlar toifasiga kirasiz…
— Ha, rostdan ham ko‘p so‘rayman. Mehnatimga yarasha so‘rayman, chunki olgan pulimni har doim oqlaganman.

— Ssenariy tanlashingiz, katta gonorar so‘rashingiz taklifning kam bo‘lishiga olib kelmaydimi?
— Shunaqa tomoni ham bor, ha.

—Aktyorga, mashhur insonga moddiy tomonni qoplash uchun yaxshigina mablag‘ kerak. Ko‘plarning e’tiborida bo‘lgani uchun yaxshi kiyinib yurishi lozim, ko‘pchilikning oldida ovqatlanmaydi, demak, qimmat restoranlarda ovqatlanadi, degan gaplar yuradi.
—Menda unaqa odatlar yo‘q, xohlagan joyga kirib ovqatlanishim mumkin. Hurmatimni bashanglik, dabdaba, mol-dunyo bilan belgilanishini istamayman. Mol-dunyoning bari o‘tkinchi.

— Sizga filmda o‘ynash uchun taklif bo‘lsa, birinchi navbatda nimaga qaraysiz?
— Shu kungacha ham birinchi navbatda ssenariyga qaraganman, bundan keyin shunday bo‘ladi. Agar ssenariy yaxshi bo‘lmasa, men u filmda suratga tushmayman.

— Tasavvur qiling, ssenariy yaxshi emas, ammo sizga 160 million so‘m gonorar taklif qilishdi. Unda nima qilasiz?
— Menimcha, buncha pul taklif qiladigan odamning filmi ham yaxshi bo‘ladi, bunga rozi bo‘lar edim. Nima bo‘lgan taqdirda ham bizga xosiyatli, yaxshi rollar, saviyali, yuki bor ssenariylar uchrasin, deb niyat qilaman. Birinchi navbatda ssenariyga, undan so‘ng menga to‘lanadigan gonorariga qarayman. Shu aytganlarimdan ikkisi ham noma’qul bo‘lsa, men u film haqida o‘ylab ham ko‘rmayman.

— O‘ylab o‘tirmasdan filmida suratga tushishni rad etadigan rejissorlaringiz bormi?
— Tanimagan rejissorlarimni rad etishim mumkin. Shunda ham birdan rad etmayman — ular bilan suhbatlashaman. Agar suhbat jarayonida u meni nimagadir ishontira olsa, film ssenariysini o‘qib chiqib, rozilik bildirishim ham mumkin.— Qaysi o‘zbek rejissorlarining filmlarida suratga tushishni orzu qilasiz?
— Yolqin To‘ychiyev, Ayub Shahobiddinov, Sanjar Matkarimov, Mansur Vasati.

— Kun kelib o‘zingiz ham rejissorlik qilishingiz mumkinmi?
— Albatta, yaxshi rejissor aktyorlardan chiqadi, degan gap ham bor-ku. Kelajakda yaxshi rejissor bo‘lishga harakat qilamiz. Hali bunga ancha bor. Hozir esa o‘z ustimizda tinimsiz mehnat qilishimiz va o‘qishimiz kerak.

— Qaysi o‘zbek aktyorlarini tan olasiz, ijodini hurmat qilasiz?
— Murod Rajabov, Yodgor Sa’diyev, Muhammadiso Abdulxayirov, Karim Mirhodiyev.

— Yosh, tengqur aktyorlardan-chi?
— Institutda o‘qib yurgan vaqtlarim Ulug‘bek Qodirov, Adiz Rajabov, Bobur Yo‘ldoshevni yaxshi aktyor, ijodkor sifatida bilardik.

— Ulug‘bek Qodirov, Adiz Rajabov, Bobur Yo‘ldoshev ijodi haqida hozir fikringiz boshqachami?
— Unday emas, talabalik vaqtingizda ularga muxlis darajasida, kamchiliklarini ham ko‘rmay baho berar ekansiz. Keyinchalik, tajriba oshib borgani sari, ijodkor nuqtai nazardan qaraganda, ularda ham kamchiliklar bo‘lishi ko‘rinar ekan. Bu ko‘rolmaslik yoki hasad emas, bor-yo‘g‘i professional nazar, ularning xatodek ko‘ringan harakatlaridan saboq chiqarishdir. Ular bizga ustoz darajasida, ming qilsak ham ularning o‘rnini ololmaymiz, chunki Ulug‘bek Qodirov, Adiz Rajabov, Bobur Yo‘ldoshev san’atda, kino olamida o‘ziga xos o‘rin egallab bo‘lgan.

— Qaysi aktrisalar, partnyorlar bilan ishlash oson?
— Yulduz Rajabova, Asal Shodiyeva bilan yaxshi til topishib ishlaganmiz. Odatda partnyor tanlamayman. Muhimi, fikrimiz to‘g‘ri kelsa, men bog‘dan kelganimda, sherigim tog‘dan kelmasa bo‘ldi.

Категория: Har-Hil | Просмотров:2219 | Добавил: Admin | Теги: Yigitali Mamajonov: Yo‘q, haqingiz yo‘q — bu shaxsiy hayot | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:21:00
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Iyul 2016  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031