| Har-Hil [10401] |
| Turfa olam [22] |
| Odnoklassniki Sirlari [39] |
| Dunyo Habarlari [26] |
| Telefon Kodlari [18] |
| Telefonlar Haqida [8] |
| Sherlar [108] |
| Futbol Yangiliklari [30] |
| Maslahatlar [37] |
| Latifalar [81] |
| Yangi Yil Tabriklari [2] |
| Senga Oshiqman [3] |
| Bilimlar [6] |
| Yulduzlar Biografiyasi | Юлдузлар Хаёти [126] |
| Tush Ta'birlari [486] |
| Muchal va Burjlar [8] |
| Xamid Toshpo'latov Biografiyasi |
| Anvar Kartayev Biografiyasi |
| Ma'suda Otajonova Biografiyasi |
| Lola Eltoyeva Biografiyasi |
| Husan Sharipov Biografiyasi |
| Gulnora Qosimova Biografiyasi |
| Yodgora Ziyomuhammedova Biografiyasi |
| Shaytanat Xongrey Biografiyasi |
| Barno Qodirova Biografiyasi |
| Farziddin Fayozov Biografiyasi |
| Hoshim Arslonov Biografiyasi |
| Gulchehra Ibrohimbekova Biografiyasi |
| Erkin Komilov Biografiyasi |
| Dildora Rustamova Biografiyasi |
| Alisher Hamroyev Biografiyasi |
| Afzal Rafiqov Biografiyasi |
| Ra'no Shodiyeva Biografiyasi |
| To'lqin Tojiyev Biografiyasi |
| Zuhra Ashurova Biografiyasi |
| Behzod Muhammadkarimov Biografiyasi |
| Tush tabiri - Tushda Yel chiqarish ko'rish |
| Tush tabiri - Tushda Kaklik ko'rish |
| Tush tabiri - Tushda Ho'kiz ko'rish |
| Tush tabiri - Tushda Hulkar yulduz ko'rish |
| Tush tabiri - Tushda Homiladorlik ko'rish |
| Tush tabiri - Tushda Hojatga chiqish ko'rish |
| Tush tabiri - Tushda Hojatga borish ko'rish |
| Tush tabiri - Tushda Hovuz ko'rish |
| Tush tabiri - Tushda Hassa ko'rish |
| Tush tabiri - Tushda Hammom ko'rish |

21:52 Yevroparlament Putin va Lukashenko uchun maxsus tribunal yaratishga ovoz berdi | |
Yevroparlament Rossiya oliy rahbariyatini Ukrainaga qarshi bosqinchilik jinoyatlari uchun javobgarlikka tortish uchun maxsus tribunal tashkil etish to‘g‘risidagi rezolyutsiyani qabul qildi. Bu haqda Deutsche Welle xabar berdi. Yevroparlament deputatlarining 427 nafari hujjatni yoqlab ovoz bergan, 19 nafari qarshi chiqqan, 33 nafari esa betaraf qolgan. "Yevropa Ittifoqi va uning a’zolari Ukrainaga nisbatan Rossiyaning siyosiy hamda harbiy rahbariyati tomonidan sodir etgan jinoyatini ta’qib qilish uchun maxsus xalqaro tribunal yaratishga intilishi kerak. Maxsus tribunal Ukraina va xalqaro hamjamiyat bilan yaqin hamkorlikda, yaxshisi BMT orqali tuzilishi kerak”, — deyiladi Yevroparlament rezolyutsiyasida. Bunday tribunallar BMT Xavfsizlik Kengashi qarori bilan sobiq Yugoslaviya va Ruandadagi urush jinoyatlari uchun javobgarlikka tortish maqsadida tashkil etilgan. Tashabbus mualliflarining asosiy vazifasi maxsus tribunal yaratilishining qonuniy asosli yo‘lini topish bo‘lib, asosiy shart esa sud Putinni, Rossiyaning siyosiy va harbiy rahbariyatini, shuningdek, Aleksandr Lukashenkoni jinoiy javobgarlikka tortish vakolatiga ega bo‘lishi kerak. Belarus hududidan foydalanib Rossiya Ukrainaga qarshi urush olib borayotgani ta’kidlanadi. Avvalroq, Germaniya tashqi ishlar vaziri Putinni qanday sudlash bo‘yicha sxema taklif qilgandi. Rossiya rahbariyatini Xalqaro jinoyat sudi doirasida javobgarlikka tortishning iloji yo‘q, chunki Rossiya bu sudning yurisdiksiyasini tan olmaydi. BMT Xavfsizlik Kengashi Xalqaro jinoiy sudga bunday vakolatlarni bera olmaydi, chunki Rossiyaning o‘zi bu rezolyutsiyani veto huquqi bilan bloklaydi. | |
|
| |
| Всего комментариев: 0 | |