• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
QAYSI TAS-IX TIZIMI QULAY?
Всего ответов: 288
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 12
Гостей: 12
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2018 » Mart » 22 » Yer yuzida, har daqiqada, har soniyada yaxshiliklar yuz beradi
13:09
Yer yuzida, har daqiqada, har soniyada yaxshiliklar yuz beradi

Yer yuzida, har daqiqada, har soniyada yaxshiliklar yuz beradi. Ishoning! Katta-kichik yaxshiliklar zamirida esa insonning insonga bo‘lgan mehr-muhabbati yotadi. Bugun ana shunday hayotiy voqyealardan bir nechtasini e'tiboringizga havola etamiz.


Ko‘ngilli sartarosh

Nazir Subxon hali yigirma yetti yoshda. U qo‘li gul sartarosh. Nufuzli go‘zallik salonlaridan birida ishlaydi. Olti kun davomida uning qabuliga kirish uchun navbat kutadigan mijozlari talaygina. «Qo‘li yengil yigit-da», deyishadi u haqda. «Xushmuomalaligini aytmaysizmi?» deya bosh barmoqlari bilan zo‘r so‘ziga ishora berishadi. Nazir dam olish kunlarini bekor o‘tkazmaydi. Ishida davom etadi. Mijozlari ko‘pligi, daromadini oshirish uchun emas. U shahar bo‘ylab aylanadi. Va uysiz odamlarning sochlarini yo‘l-yo‘lakay kesib, tartibga keltiradi. Sariq chaqa ham olmasdan. Eng e'tiroflisi esa, ishi davomida ular bilan suhbatlashadi. Tushkun, umidsiz, o‘zlarini chorasiz sezadigan kishilarga «Yangidan hayot boshlash uchun hech qachon kech emas!» esa uqtirishni kanda qilmaydi.

«Barsa»ning muxlisi

«Ahdu-paymon qilgan insonim «Barselona»ning ashaddiy muxlisi edi. Gohida uni kelajagimizdan ko‘ra ko‘proq navbatdagi o‘yinda sevimli jamoasining yutishi qiziqtiradi, deya xafa bo‘lardim. Tag‘in o‘yin bor kunlari dunyoni unutardi. O‘tgan yili «Barselona» ishtirokidagi o‘yinga borishni juda istadi. Ammo imkoniyati bo‘lmadi. Shunda xayolimga ajoyib fikr keldi. Ijtimoiy tarmoqlar orqali o‘yin o‘tkaziladigan shaharda yashovchi kishilarni izlashga tushdim. Naq yigirma kishiga do‘stlik taklifini jo‘natdim. Ularning aksariyati ommaviy axborot vositalarida ishlar, ba'zilari esa futbol klubida edi. Do‘stligimni qabul qilishsa-qilishmasa, xabar yozib qoldirdim — «Menga «Barselona» futbol jamoasidagi biror o‘yinchining falon nomli kishiga atalgan dasxati zarur», deya. O‘zingizga ma'lum, millionlar o‘yinining ishtirokchilarini, ayniqsa, ular dunyo tan olgan futbolchilar bo‘lsa, qattiq qo‘riqlashadi. Bu ma'lumot meni cho‘chitolmas, umidim katta edi. O‘yin o‘tdi va... kutganim ro‘y berdi! «Barselona» futbol klubi o‘yinchilari joylashgan mehmonxona xizmatchisi yigitimnnig nomiga yozilgan, Tiago Alkantarning dasxatini menga jo‘natdi...

Endi nafaqat men, sevgan insonim ham kimgadir ana shunday quvonchli mo‘'jizalar taqdim etish ishtiyoqida yonayapmiz...»

O‘qituvchining yana bir himmati

Bri bolaligidan o‘qituvchi bo‘lishni istardi. Bolalar — uning joni dili edi. Muhimi, u bolalardek mo‘'jizalarga ishonuvchan va beg‘ubor. Avstraliyalik bu o‘qituvchi «Millioner bo‘lishni istaysanmi?»ga o‘xshash tele-shouda ishtirok etdi va naq 20 ming dollar yutib oldi. Sizningcha, u pullarni nimaga sarfladi? Asab va sabr talab etadigan ishidan dam olish uchun chiroyli maskanlarga borishgami — yo‘q! Balkim so‘nggi rusumdagi avtomobil sotib oldi, deya o‘ylayotgandirsiz — adashasiz. Bolajon o‘qituvchi maktabidagi barcha o‘quvchilarga yangi oyoq kiyim sovg‘a qildi!

Beminnat xizmat

Debbi Sardonning xayoliga yaxshilikka yo‘g‘rilgan bu fikr bir qo‘ng‘iroq sabab keldi. Uy tozalash xizmatlarini ko‘rsatuvchi firmaga qo‘ng‘iroq qilgan ayol endi ularning xizmatiga murojaat etolmasligini aytdi. Sababi — u saratonga chalingan edi. Ortiqcha xarajat qilish imkoni cheklangandi. Qarangki, bu firma faqat pul topish uchun ochilmagandi. Insonlarning og‘irini yengillashtirish edi ularning asl maqsadi. Shu niyatda saratonga chalingan ayollarni topib, ularga bepul xizmat qilishni yo‘lga qo‘yishdi. Natijada qanchadan-qancha ayollarning ko‘nglini shod etishdi.


Yangi dugona

«Nihoyat qo‘rqqanim oldimga chiqdi — ishdan bo‘shatishdi. Shuncha urinishlarim havoga sovrildi. Bugun oxirgi ish kunim ekanligini aytishganida kelajak umidlarim bog‘langan ofisga sig‘may qoldim. Lekin nachora, soat oltigacha chidashim kerak. Ish vaqti tugashiga oz qolganida dardu hol qilish uchun yaqin dugonamga qo‘ng‘iroq qildim. Go‘shak ko‘tarilishi hamon u bilan salomlashdim-u yig‘lab so‘z boshladim. Endi ishim yo‘qligi, qarzlarim ko‘pligi, qaysi devorga boshimni urishni bilmayotganimni ayta ketdim. U esa meni yupatar, hali hammasi yaxshi bo‘ladi, deya takrorlardi. Uchrashishga kelishib, go‘shakni joyiga qo‘ydim-u birdan esimga keldi — axir hozir qo‘ng‘iroq qilgan raqamlarim dugonamning eski ishxonasiniki-u. Nahot meni tanimaydigan ayol xuddi dugonamdek menga g‘amxo‘rlik qildi va hatto ertaga, kel, boshlig‘imiz qabuliga birga kiramiz, dedi...»
Категория: Har-Hil | Просмотров:1362 | Добавил: Admin | Теги: Yer yuzida, har daqiqada, har soniyada yaxshiliklar yuz berad | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:08:57
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Mart 2018  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031