• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
SAYTGA QAYSI QURILMADAN KIRDINGIZ?
Всего ответов: 1969
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 10
Гостей: 10
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Fevral » 28 » “Yashnobod yashnab turishi kerak”. Shavkat Mirziyoyev yashnobodlik faollar bilan uchrashdi
20:17
“Yashnobod yashnab turishi kerak”. Shavkat Mirziyoyev yashnobodlik faollar bilan uchrashdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 28-fevral, juma kuni, Yashnobod tumani rahbarlari, mahalla raislari, tadbirkorlar, maktab va sog‘liqni saqlash muassasalari vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi, deya xabar bermoqda davlat rahbarining matbuot xizmati.

"Sizlar bilan, xalq orasida yurib, islohotlarimizni amalga oshirayotgan odamlar bilan suhbat qilib, mavjud muammo va masalalarni ochiq-oydin muhokama qilgani keldim. Shuning uchun yodlangan gaplarni gapirmasdan, ko‘proq savol berib, takliflaringizni aytsangizlar, xursand bo‘laman”, — dedi uchrashuvda Shavkat Mirziyoyev.

Yashnobod tumanida 18 mingdan ziyod iqtisodiy faol aholiga ish o‘rinlari zarurligi, bandlikni oshirish uchun tadbirkorlikni jadal rivojlantirish kerakligi qayd etildi.

O‘tgan yili tumanda investitsiyalar 1,3 barobar, sanoat 12 foiz, qurilish 26 foiz, xizmat ko‘rsatish 28 foiz o‘sgan. 445 milliard so‘m sarmoya hisobidan 16 ta ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish obyekti ishga tushirilgan.

2020—2022-yillar uchun qiymati 8,5 trillion so‘m bo‘lgan 61 ta investitsiya loyihasi shakllantirilgan. Kichik korxonalar tashkil etish uchun tumanda rezerv va imkoniyatlar yetarli ekani, mahalla instituti bu borada faollik ko‘rsatishi lozimligi ta’kidlandi.

Maktabgacha ta’lim muassasasi qurish, maktablarni kapital ta’mirlash, zamonaviy klinikalar tashkil etish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilandi.

"Sog‘lom hayot tarzini shakllantirish, odamlarni ko‘proq doriga emas, balki to‘g‘ri ovqatlanishga, sportga o‘rgatish butun jamoatchilikning vazifasi bo‘lishi kerakligi qayd etildi”, — deya xabar bermoqda Prezident matbuot xizmati.

Jinoyatchilikning oldini olish, obodonlashtirish va infratuzilmani rivojlantirish bo‘yicha ham ko‘rsatmalar berildi. "Yashnobod o‘z nomiga munosib yashnab turishi, quyi tizimda ishni tashkil qilish bo‘yicha namuna bo‘lishi kerak”, — deya ta’kidlagan Shavkat Mirziyoyev.

Qayd etishlaricha, ochiq muloqotda aholi va tadbirkorlar o‘z fikr-mulohazalarini aytgan. Prezident takliflarni qo‘llab-quvvatlash va ularni amalga oshirish bo‘yicha mutasaddilarga topshiriqlar bergan.
Категория: Har-Hil | Просмотров:719 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:01:37
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Fevral 2020  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
242526272829