• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
SAYTNI QAYERDAN TOPDINGIZ?
Всего ответов: 705
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 7
Гостей: 7
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2023 » Iyul » 5 » Yaponiya bilan 2,2 mln dollar qiymatdagi kelishuvga erishildi
22:36
Yaponiya bilan 2,2 mln dollar qiymatdagi kelishuvga erishildi

O‘zbekiston Yaponiya bilan 2,2 million dollar qiymatidagi kadrlar tayyorlash uchun stipendiyalar loyihalari yuzasidan kelishuvga erishdi. Bu haqda Oliy ta‘lim, fan va innovatsiyalar vazirligi axborot xizmati xabar berdi.

Unga ko‘ra, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Ibrohim Abdurahmonov Yaponiyaning mamlakatimizdagi favqulodda va muxtor elchisi Takashi Hatori, Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA)ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Bito Yoshibumi boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

Yaponiya hukumati tomonidan 20 yildan ortiq vaqt mobaynida moliyalashtirilayotgan mazkur loyiha doirasida, Yaponiyaning taniqli universitetlarida 390 nafar O‘zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining ayni paytdagi bosqichida mamlakat taraqqiyotiga eng katta hissa qo‘shayotgan vazirlik va idoralar vakillari tahsil olish imkoniga ega bo‘ldi. Ularning barchasi O‘zbekistonga magistrlik va doktorlik darajasi bilan qaytib, hozirda xalq xo‘jaligining turli tarmoqlarida samarali mehnat qilib kelmoqda. 

"Loyiha doirasida iqtisodiy iqtisodiy infratuzilmani rivojlantirish, davlat moliyasini boshqarish, biznesni boshqarish, huquq, tibbiyot, ta‘lim, qishloq va suv xo‘jaligi resurslarini rivojlantirish yo‘nalishlarida kadrlar tayyorlanadi. Mamlakatning har tomonlama rivojlanishini ta‘minlash uchun iqtisodiyotning aynan shu sohalari yuqori malakali kadrlar talab etiladi”, — dedi vazir.
Muhokamalarda, shuningdek kadrlar tayyorlash sohasida hamkorlik to‘g‘risida, xususan qo‘shma loyiha doirasida O‘zbekiston fuqarolarining Yaponiya universitetlarida magistratura va doktoranturada tahsil olishi haqida so‘z bordi. Ibrohim Abdurahmonov uchrashuvda Yaponiyaning mamlakatdagi favqulodda va muxtor elchisi janob Takashi Hatori va JICAning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Bito Yoshibumiga O‘zbekistonda taʼlim rivojiga qo‘shayotgan hissasini qadrlagan holda samimiy minnatdorlik bildirdi.

Shundan so‘ng, tomonlar o‘rtasida hamkorlik kelishuvlari imzolandi. Dastlab, O‘zbekiston hukumati nomidan Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri hamda Yaponiyaning mamlakatdagi favqulodda va muxtor elchisi o‘rtasida 2,2 million dollar qiymatidagi kadrlar tayyorlash uchun stipendiyalar loyihalari doirasida almashinuv notasi hamda ushbu loyihani bajarish bo‘yicha Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi bilan Grant bitimi imzolandi. 

Ushbu loyiha doirasida kelasi yilda yana 18 nafar magistraturada va 1 nafar doktoranturada vazirlik va idoralar vakillariga o‘qish imkoni yaratilmoqda. Loyihaning amalga oshirilishi O‘zbekiston kelajagiga mas‘ul kadrlarga mamlakat taraqqiyoti uchun zarur bo‘lgan kasbiy bilimlarni egallash hamda uni rivojlantirishga hissa qo‘shish imkonini beradi. 

Yig‘ilish yakunida tomonlar ushbu kelishuv Yaponiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikni chuqurlashtirish va do‘stona munosabatlarni yanada mustahkamlashga hissa qo‘shishini ta‘kidladi.
Категория: Har-Hil | Просмотров:107 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:13:31
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Iyul 2023  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
24252627282930
31