• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
QAYERDANSIZ
Всего ответов: 1765
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 9
Гостей: 9
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Mart » 24 » Xitoy koronavirus ustidan g‘alaba qozondi. U bunga qanday erishdi?
21:54
Xitoy koronavirus ustidan g‘alaba qozondi. U bunga qanday erishdi?

Dunyoda koronavirus pandemiyasi keng tarqalib bormoqda. Ushbu kasallik "vatani" bo‘lmish Xitoy allaqachon virus ustidan g‘alaba qilish arafasida. Karantin uchun yopilgan Uxan shahrida ham tez kunlarda yana odatiy hayot tarzi boshlanadi. Xitoy bu natijaga qanday erishdi? 

Boshqa davlatlar Xitoydan nimalarni o‘rganishi kerak? Rossiyalik professori Aleksey Maslov Xitoyning ushbu virus bilan qanday kurashgani haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

Maslovning ta’kidlashicha, Xitoy, avvaliga, koronavirusning ilk tarqalish bosqichini o‘tkazib yubordi. Ammo joriy yilning 8 yanvar kuni bu juda jiddiy kasallik ekanligi ma’lum bo‘lgach, mamlakat karantin choralarini ko‘rishni boshladi. Birinchidan yordam bergan narsa voqealarga juda tez reaksiya qilish edi. Bu Xitoyni boshqa davlatlardan ajratib turadigan jihati hisoblanadi.

Muvaffaqiyatning yana bir sababi, Xitoy ma’murlari Uxanni butunlay berkitib qo‘ygani va karantin talablariga qat’iy rioya qilinganligidir. Maslovning so‘zlariga ko‘ra, aholi punktlari yopilishi munosabati bilan, Xitoy hukumati COVID-19 tarqalishiga qarshi kurashishda muhim choralarni ko‘rdi, aniqrog‘i, imkon qadar aholini zarur narsalar bilan ta’minladi. Talabalar va o‘quvchilar onlayn darslarini davom ettirishi uchun internetni imkon qadar tezlashtirdi. Oziq-ovqat karantindagi shaharlarga uzluksiz yetkazib berildi. Do‘kon peshtaxtalari doim to‘la turdi. Rasmiy ravishda yopiq bo‘lgan ko‘plab restoranlar o‘z mahsulotlarini yetkazib berishga o‘tdi. Ularning ko‘pchiligida o‘z ilovalari borligi bunga yordam berdi.

Uning ta’kidlashicha, Xitoy hukumati ish joylarida faoliyat yurita olmaydigan, kichik va xususiy korxonalarga sug‘urta badallarini qaytargan, bunday korxonalarni QQS to‘lashdan ozod qilgan. Deyarli barcha ishchilarga standart maosh to‘lanishini kafolatlagan. Bundan tashqari, Maslovning so‘zlariga ko‘ra, Xitoy rasmiylari koronavirus bilan bog‘liq vahima mish-mishlar va soxta narsalarni tezda yo‘q qilgan.

Joriy yilning 23 yanvaridan boshlab, Uxan shahri koronavirus tarqalishi sababli tashqi dunyodan ajratildi. Metro, avtobuslar, mikroavtobuslar va suv transporti harakatlanishi butunlay taqiqlandi. Aeroport va temir yo‘l stansiyalari berkitildi. Shahar atrofida harakatlanish tartibi ham qat’iy cheklandi.

Yuqorida ta’kidlangan barcha choralar yordamida Xitoy koronavirusni jilovlay oldi. Hozirda mamlakatda koronavirus holatlarining qayd etilishi keskin kamaygan. Statistikaga murojaat qilsak, kasallanish bilan bog‘liq yangi holatlar, asosan, xorijdan Xitoyga kelgan odamlarda aniqlanmoqda. 

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston Respublikasida ham koronavirus kasalligi tarqalishining oldini olish maqsadida qator chora-tadbirlar ko‘rildi. Xususan, Toshkent shahrida jamoat transporti harakati to‘xtatildi, shaharga kirib-chiqish cheklandi. Toshkent shahri va Toshkent viloyati hududidagi bozorlar faoliyati to‘xtatildi. Uzbekistan Airways aviakompaniyasi ichki parvozlarni to‘xtatdi. Hozirda karantin qoidalari kuchaytirib borilmoqda.
Категория: Har-Hil | Просмотров:537 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:10:15
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Mart 2020  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031