• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
Qaysi mobil operatordan foydalanasiz?
Всего ответов: 373
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 22
Гостей: 22
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2022 » Iyul » 30 » Xitoy armiyasi rahbariyati “urushga tayyorlanishga” chaqirdi
12:55
Xitoy armiyasi rahbariyati “urushga tayyorlanishga” chaqirdi

Xitoy Milliy ozodlik armiyasi rahbariyati askarlarni "urushga tayyorlanishga” chaqirdi, deb yozadi Tengrinews. Qisqa xabar XXRning 80-sonli umumqo‘shin armiyasi Weibo-akkauntiga joylashtirildi.

AQSH Vakillar palatasi spikeri Nensi Pelosining Tayvanga rejalashtirilgan tashrifi fonida ikkita iyeroglifdan iborat "Urushga tayyorlaning!” degan post 12 soat ichida 300 mingdan ortiq layk va 19 mingta izoh to‘pladi.

Postga yozilgan izohda Xitoy armiyasi vakillari aniqlik kiritishicha, u Xitoy Milliy ozodlik armiyasining 95 yilligiga bag‘ishlangan postdir.

Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarining ko‘pchiligi da’vatni qo‘llab-quvvatlab izohlar qoldirgan. "Xitoy Milliy ozodlik armiyasi askarlari, kurashing! Biz sizni qo‘llab-quvvatlaymiz, yigitlar”, — deyiladi ulardan birida.

Xitoy armiyasi faxriylarining ba’zilari mamlakat ularga ehtiyoj sezsa, armiya tarkibiga qaytishga doim tayyorligini ma’lum qildi. Ayrim foydalanuvchilar esa Tayvan bo‘g‘ozining ikki tomoni tezroq birlashishini tiladi.

Nashr eslatishicha, avvalroq XXR raisi Si Szinpin AQSH prezidenti Jo Bayden bilan telefon suhbatida Xitoy ayirmachilikka va "Tayvan mustaqilligi”ga, shuningdek, tashqi kuchlarning har qanday aralashuviga qat’iyan qarshi chiqishini ma’lum qilgandi.

Xitoy va AQSH o‘rtasidagi keskin munosabatlar bir necha yildan buyon saqlanib qolmoqda. Chunonchi, Donald Tramp prezidentligi davrida Vashington, shu jumladan, Tayvan masalasi tufayli Pekinga sanksiyaviy bosimni kuchaytirgandi. Tayvan atrofidagi vaziyat so‘nggi vaqtlarda AQSH vakillar palatasi spikeri Nensi Pelosining yaqin orada orolga tashrif buyurish rejasi sababli keskinlashdi.

Xitoy AQSH rahbariyatini bir necha marta tashrifdan voz kechishga chaqirib, "yagona Xitoy” siyosatiga sodiqlik AQSH zimmasiga yuklaydigan majburiyatlar haqida eslatdi.

Agar Pelosining tashrifi amalga oshsa, u 25 yil ichida Tayvanga tashrif buyurgan birinchi AQSH kongressi palatasi spikeriga aylanadi.

Shu bilan birga, AQSH prezidenti harbiylar ushbu tashabbusni maqbul deb hisoblamasligini aytdi. CNN ma’lumotlariga ko‘ra, Oq uy Xitoy Pelosining tashrifini chippakka chiqarish uchun Tayvan havo hududini parvozdan tashqari zona deb e’lon qilishidan xavotirda. Shuningdek, Pekin orolga qiruvchi samolyotlarni yo‘naltirishi, bu esa Taybey va Vashingtonning javob choralariga sabab bo‘lishi mumkin.

XXR Tashqi ishlar vazirligi Pelosining ehtimoliy tashrifiga "jiddiy tayyorgarlik” ko‘rayotganini ma’lum qildi.

Tayvan Xitoydan ajralib chiqqani haqida 1949-yilda, fuqarolar urushi davrida e’lon qilgan. Pekin orolning mustaqilligini tan olmaydi va uni o‘z provinsiyasi deb hisoblaydi. AQSH orolda e’lon qilingan Xitoy respublikasi bilan diplomatik aloqalar o‘rnatmagan bo‘lsa-da, 1979-yildan buyon amal qilib keluvchi qonunga ko‘ra, mintaqaga o‘zini himoyalash uchun qurol yetkazib bera oladi.
Категория: Har-Hil | Просмотров:479 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:16:59
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Iyul 2022  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031