• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
SAYTNI QAYERDAN TOPDINGIZ?
Всего ответов: 705
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 21
Гостей: 21
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2022 » Sentyabr » 8 » Xersonni Rossiyaga qo‘shib olish sanasi e’lon qilindi
09:15
Xersonni Rossiyaga qo‘shib olish sanasi e’lon qilindi

Ukrainaning ruslar tomonidan egallaangan Xerson viloyatida Rossiya Federatsiyasi tarkibiga qo‘shilish bo‘yicha "referendum"ga tayyorgarlik ko‘riladi. Bu haqda mintaqa harbiy-fuqarolik ma’muriyati rahbari o‘rinbosari Kirill Stremousov "Yagona Rossiya” partiyasi Bosh kengashm kotibi Andrey Turchakning referendumni 4 noyabr kuni o‘tkazish to‘g‘riligi haqidagi so‘zlarini sharhlab, aytib o‘tdi.

"Yagona Rossiya” partiyasi Bosh kengashi kotibi Andrey Turchak bugun, 7 sentyabr kuni Donbass va Ukrainaning egallangan hududlari Rossiya tarkibiga kirishi bo‘yicha "referendum"ni 4 noyabr, Milliy birlik kunida o‘tkazishni to‘g‘ri deb bilishini aytgandi.

"Andrey Anatolevich Turchak bilan birdammiz. Keling, sanaga tayyorlanaylik. Hamma "referendum" sentyabrda bo‘ladi deb o‘ylagan, biroq aniq sanani aytmagan. Garchi biz bugun ham referendumga tayyormiz”, deydi Stremousov.

Mintaqa harbiy-fuqarolik ma’muriyati rahbari o‘rinbosari "referendum"da saylovchilarning taxminan 80 foizi ishtirok etishiga ishonch bildirdi.

Xerson viloyati Ukrainaning janubida joylashgan bo‘lib, Qrim Respublikasi bilan chegaradosh. Mart oyi o‘rtalarida Rossiya Mudofaa vazirligi mintaqa to‘liq Rossiya qo‘shinlari nazorati ostida ekanligi haqida xabar bergan edi. Aprel oyining oxirida viloyatda fuqarolik-harbiy boshqaruv tuzildi. 

So‘nggi vaqtlarda Ukraina harbiylari aynan Xerson viloyatida qarshi hujum boshladi.

Rossiya-Ukraina urushi

Joriy yilning 21 fevral kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Kremlda Ukraina sharqidagi o‘zini mustaqil deb e’lon qilgan Lugansk xalq respublikasi (LXR) va Donetsk xalq respublikasini (DXR) tan olish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Keyinroq RF respublikalarni shu nomdagi viloyatlar chegarasida tan olganini ta’kidlab, Ukrainaga qarshi urush xavfini oshirib yubordi.

Putinning favqulodda qarori ortidan AQSH, YeI, Kanada, Avstraliya, Buyuk Britaniya va Yaponiya rasmiylari ham Rossiyaga qarshi sanksiyalar kiritdi.

24 fevral kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Ukraina sharqida Donbassda rus harbiylari "maxsus harbiy operatsiya" boshlaganini e’lon qildi va rus qo‘shinlari Ukrainaga hujum boshladi. Putin bu harakatini Ukraina sharqidagi rossiyaparast separatist kuchlar rahbarlari shunday so‘rov yuborgani bilan oqladi.

Bundan avvalroq Zelenskiy Rossiya fuqarolariga rus tilida murojaat qilib, ukrainlarga "na sovuq, na issiq, na gibrid urush kerak emas”ligini, ukrainlar hujumchilarni kutib olishga tayyorligini bildirgandi. Ko‘p o‘tmay Prezident Rossiya bilan diplomatik aloqani uzdi. Prezident Zelenskiy mamlakatda harbiy holat e’lon qildi.

25 fevral kuni Zelenskiy Ukrainada umumiy harbiy safarbarlik e’lon qildi. Armiyaga chaqiruv mamlakatning qator viloyat va shaharlarida amalga oshirilishi belgilandi.

Rus qo‘shinlari hozirgacha Ukrainaga shimol, sharq va janubdan hujum qilib kelmoqda va qator hududlarni egallashga erishdi. Ammo bu urush Rossiyaning dunyoda yakkalanib qolishiga olib keldi.

Ukrainaga hujum boshlanishi Rossiya iqtisodiga og‘ir zarba berdi. Rus kompaniyalari aksiyalari keskin arzonlashdi, Moskva birjasida savdolar mislsiz darajada pasayish bilan o‘tdi. Gazprom, LUKOYL va boshqa yirik kompaniyalar yo‘qotishlarga uchradi.

Hujum boshlangach, Yevropa davlatlari va AQSH Rossiyaga qarshi bir necha bosqichli sanksiyalar joriy qildi. Rossiyaning VTB, "Rossiya” banki, "Otkritiya”, "Novikombank”, "Promsvyazbank”, "Sovkombank” va VEB.RF banklari SWIFT xalqaro banklararo tizimidan uzildi. AQSH va Yevropa Ittifoqi Rossiyaning oltin-valyuta zaxirasini blokladi.

Yevropa davlatlari, AQSH, Kanada Rossiya uchun o‘z havo hududini yopdi. Bu sanksiyalarga neytral davlat hisoblangan Shveysariya ham qo‘shildi. 
Категория: Har-Hil | Просмотров:416 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 3.0/1
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:12:00
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Sentyabr 2022  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
2627282930