• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
Qaysi mobil operatordan foydalanasiz?
Всего ответов: 373
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 11
Гостей: 11
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Mart » 25 » Xantavirus - Haqida Qanday virus
13:39
Xantavirus - Haqida Qanday virus

Asosiy fikrlar

Xitoy ommaviy axborot vositalariga ko‘ra, hantavirus natijasida bir nafar xitoylik halok bo‘lgan. Hantanavirus - bu yangi virus emas: u o‘nlab yillardan beri odamlarga ta'sir etib kelmoqda. Bugun ertalab hantavirus Tvitterdagi asosiy tendensiyalardan biriga aylandi. Xitoyda hantavirus deb nomlangan virus tufayli halok bo‘lgan inson haqidagi xabarlar insoniyat Xitoydan tarqalgan koronavirus pandemiyasi bilan kurashayotgan bir paytda vahima uyg‘otdi. Koronavirus dunyo bo‘ylab 16000 dan ortiq odamni o‘ldirdi va uning tarqalishiga qarshi choralar hali ko‘rilmagan.
Bugun ertalab Xitoy davlati ommaviy axborot vositalari mamlakatda yangi virusdan vafot etgan bir kishi haqida tvit yozib qoldirdi. Keyinchalik, hantavirus yangi virus emasligi va u o‘nlab yillardan buyon odamlarga yuqayotgani ma'lum bo‘ldi.

Seshanba kuni ingliz tilida chiqadigan davlat gazetasi "Global Times" Tvitterda quyidagi tvit joyladi:

"Yunnan shahridan bo‘lgan bir kishi dushanba kuni Shandong viloyatiga charter avtobusida ishdan qaytib kelayotganida vafot etdi. Avvalroq test uni hantavirus bilan hastalangani aniqlagan edi. Avtobusdagi yana 32 kishi tekshiruvdan o‘tdi."

Tvitterdagi "Global Times"ning hantavirus haqidagi xabari 6000 marta retvit qilingan.
Shundan so‘ng hantavirus Tvitterdagi asosiy trendlardan biriga aylandi.



Hantavirus aslida nima?

Ba'zilar buni yangi virus deb atashadi, ammo aslida unday emas. AQSH Milliy Biotexnologiya Axborot Markazi o‘z jurnalida hantaviruslarning genetikasi hozirgi vaqtda 21 turdan ko‘proq ekanligini aytadi.

1978 yilda koreyalik gemerologik isitma qo‘zg‘atuvchi agenti Janubiy Koreyadagi Hantan daryosi yaqinidagi mayda yuqtirilgan dala kemiruvchisidan ajratib olindi. Shu sababli, virus Xantan daryosi nomiga ataldi. Ushbu dastlabki kashfiyot Koreya urushidan keyin (1951-1953), Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) qo‘shinlari 3000 dan ortiq koreyalik gemorragik isitma haqida xabar bergan paytdan boshlangan.

1981 yilda Bunyaviridaye oilasida buyrak sindromi bilan gemorragik isitmani keltirib chiqaradigan viruslarni o‘z ichiga olgan yangi "hantavirus" nasli paydo bo‘ldi.


AQSH Kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish markazi o‘z veb-saytida hantaviruslar asosan kemiruvchilar tomonidan tarqaladigan viruslar oilasi bo‘lib, butun dunyo bo‘ylab odamlarga turli xil kasallik sindromlarini keltirib chiqarishi mumkinligini yozadi. "Amerikadagi hantaviruslar Yangi Dunyo hantaviruslari deb nomlanadi va hantavirus o‘pka sindromini keltirib chiqarishi mumkin", deydi AQSH Kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish markazi.

"Eski dunyo hantaviruslari” deb nomlanuvchi boshqa hantaviruslar asosan Yevropa va Osiyoda uchraydi va buyrak sindromi bilan gemorragik isitmani keltirib chiqarishi mumkin.



Zararli hantaviruslarni tashiydigan sichqonlar yoki kalamushlarga yaqinlashgan har qanday erkak, ayol yoki bola hantavirus yuqtirib olishi mumkin. Shuningdek, nafas olish vaqtida ham hantavirus yuqtirib olish ehtimoli mavjud. Bundan tashqari, hantavirusni sichqon yoki kalamushni tishlashdan yuqtirib olish ham mumkin.

2012 yil noyabr oyida AQSHning Kaliforniya shtatidagi Yosemite milliy bog‘iga tashrif buyurgan odamlar orasida hantavirus infeksiyasining 10 ta tasdiqlangan holati qayd etildi. 2017 yilda AQSH Kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish markazi tibbiyot xodimlari Koreyadagi yettita provinsiyada 17 kishiga yuqtirgan virus tarqalishini tekshirishga yordam berdi.

Hantavirusning qanday simptomlari bor?

Hantavirus asosan kalamush va sichqondan odamga yuqadi va uning alomatlari bir yoki besh hafta o‘tgach bo‘y ko‘rsatadi.

Hantavirusga chalingan odamlarda quyidagi alomatlar tez-tez uchraydi:

- isitma;
- mushak og‘rig‘i;
- charchoq;
- nafas olishning qiyinlashishi;
- ba'zilar bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, titroq, ko‘ngil aynishi, qusish, diareya va qorin og‘rig‘iga duch kelishadi.

Odatda bu kasallikka chalingan insonda burun oqishi, tomoq og‘rig‘i va toshma kabi alomatlar kuzatilmaydi.

Internet materiallari asosida

xantavirus haqida xantavirus haqida malumothanta virus xitoyda хантавирус это
Категория: Har-Hil | Просмотров:772 | Добавил: Admin | Теги: Xantavirus - Qanday virus, yangilik | Рейтинг: 4.0/1
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:07:36
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Mart 2020  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031