• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
SAYTGA NIMALAR KO'PROQ KERAK?
Всего ответов: 1878
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 11
Гостей: 11
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2016 » May » 3 » Wi-Fi tarmog‘i parolini bilishning 5 usuli
16:23
Wi-Fi tarmog‘i parolini bilishning 5 usuli

Ayrimlar o‘z Wi-Fi tarmog‘ining parolini unutib qo‘yadi. Bu ayniqsa kompyuter yoki gadjetlar tez-tez almashtirib turilganda ko‘p kuzatiladi. Mana shunday vaziyatda parolni topishning besh usuli mavjud, deb yozadi "Layfxaker”.

1. Routerdagi standart parolni tekshiring

Bu usulni o‘zingizga tegishli routerga nisbatan qo‘llasa bo‘ladi. Zamonaviy routerlarning ko‘pchiligida o‘ziga xos tarmoq nomi va parol mavjud bo‘lib, ular seriya raqami keltirilgan yorliqda bo‘ladi.
Routerning tashqi yuzasini sinchiklab ko‘zdan kechiring. Agar u yerda hech qanday axborot bo‘lmasa, yo‘riqnomani o‘qing yoki internetdan router modelini qidirib ko‘ring.

2. Parolni Windows tarmog‘i sozlamalaridan bilib oling

Agar tarmoqqa Windows orqali ulangan bo‘lsangiz, unda parol saqlanib qoladi. Windows’ning versiyasiga qarab menyu punktlarining nomi farqlanishi mumkin, ammo mazmunan ular bir narsani anglatadi.

"Tarmoqlar va umumiy foydalanishni boshqarish markazi”ga kirib, simsiz tarmoqlar ro‘yxatiga o‘ting. So‘ng kerakli tarmoq xususiyatlarini ochib, "Tarmoq xavfsizligi kaliti” satrida parolni ko‘ring. "Kiritilayotgan belgilarni ko‘rsating” bandiga galochka qo‘yishni unutmang.

3. OS X’dagi "kalitlar dastasi”dan parolni toping

Mac dasturida ham jiddiy farq yo‘q. OS X ilgari foydalanilgan barcha tarmoqlarning parolini saqlab qoladi.

"Kalitlar dastasi”da barcha parollar saqlanadi. "Dasturlar”dan Spotlight’ni ishga tushiring, pastroqdagi panelda "i” tugmasini bosing. "Parolni ko‘rsatish” bandiga galochka qo‘yib, ma’mur shifrini kiriting va Wi-Fi parolini oling.

4. Parolni router veb-interfeysidan toping

Agar router veb-interfeysiga kira olsangiz, parolni o‘sha yerdan topishingiz mumkin. Buning uchun brauzerdan 192.168.0.1 yoki 192.168.1.1 manziliga o‘tib, login va parolni kiriting. Har bir ishlab chiqaruvchining menyu strukturasi biroz farqlanadi, ammo barchasida Wireless Network bo‘limi bor — uni topib, Security punktiga kiring. U yerda simsiz tarmoq paroli saqlanadi.
Parol berkitiladi, u aks etishi uchun Display password tugmasini bosing.

5. Parolni bekor qilib, yangisini kiriting

Parolni hech qanaqasiga topa olmasangiz, uni buzish yoki bekor qilish lozim. Bu usulning yagona nuqsoni — agarda provayderingiz ulanishning o‘ziga xos sozlamalarini qo‘llasa, ularning barchasini boshqatdan sozlab chiqishga to‘g‘ri keladi.

Routerni olib, uning portlar va boshqaruv tugmalari joylashgan qismini ko‘zdan kechiring. Yonida Reset deb yozilgan kichik teshikni qidiring. Uni qisqich yoki igna bilan bosib, bir necha soniya davomida ushlab turing. Agar bu kor qilmasa, unda Reset’ni bosib, routerni 30 sekundga o‘chiring, so‘ng yoqib, yana 30 sekunddan keyin tugmani qo‘yib yuboring. Shundan so‘ng router sozlamalari bekor qilinadi va siz yuqorida ko‘rsatilgan usullardan biri yordamida parolni bilib olishingiz mumkin bo‘ladi.


Категория: Har-Hil | Просмотров:6111 | Добавил: Admin | Теги: Wi-Fi tarmog‘i parolini bilishning | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:16:49
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  May 2016  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031