• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
QAYSI TAS-IX TIZIMI QULAY?
Всего ответов: 288
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 11
Гостей: 11
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Iyun » 29 » Washington Post: Afg‘onistondagi AQSh harbiylari Rossiya va “Tolibon”ning “kelishuvi” oqibatida halok bo‘lgan
16:40
Washington Post: Afg‘onistondagi AQSh harbiylari Rossiya va “Tolibon”ning “kelishuvi” oqibatida halok bo‘lgan

Afg‘onistondagi bir nechta amerikalik harbiy xizmatchilar "Tolibon” harakati jangarilarining Rossiya bilan "kelishuvi” oqibatida vafot etgan. Bu haqda Washington Post o‘zining manbalariga tayanib ma’lum qildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Moskva "Tolibon” jangarilariga AQSh harbiylarining o‘ldirilishi uchun mukofot taklif qilgan. Jangarilar va Rossiyaning "hamkorligi” oqibatida aynan qancha inson o‘ldirilganiga aniqlik kiritilmagan.

Nashrning ta’kidlashicha, amerikalik harbiylarning o‘limi to‘g‘risidagi ma’lumotlar so‘nggi oylar davomida afg‘on asirlarini so‘roq qilish davomida aniqlangan. Olingan ushbu razvedka ma’lumotlari asosida Oq uyda yopiq yig‘ilish ham bo‘lib o‘tgan. Unda Moskvaga nisbatan diplomatik yoki sanksiya javoblarini qo‘llar muhokama qilingan.

Uchrashuv vaqtida Tramp administratsiyasining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Zalmay Halilzod ushbu masala yuzasidan Kremlga to‘g‘ridan to‘g‘ri murojaat etishni talab qilgan. Milliy xavfsizlik kengashining boshqa a’zolari bu kabi harakatga qarshilik ko‘rsatgan. Yig‘ilish yakunida aynan qanday qaror qabul qilingani noma’lum.

Washington Post ma’lumotlariga ko‘ra, Afg‘onistonda 2018-yilda 10 nafar amerikalik harbiy xizmatchi halok bo‘lgan. 2019-yilda esa ushbu ko‘rsatkich 16 nafarga yetgan bo‘lsa, 2020-yil davomida ikki nafar amerikalik harbiy halok bo‘lgan.

Avvalroq The New York Times gazetasi Rossiya harbiy razvedkasi bo‘linmasi "Tolibon” harakatiga bog‘liq jangarilarga Afg‘onistondagi xalqaro koalitsiya harbiylarini o‘ldirganlik uchun maxfiy ravishda mukofot taklif qilgani to‘g‘risida yozgandi. "Tolibon” harakati esa Rossiya buyurtmasiga ko‘ra, amerikalik harbiylarni o‘ldirgani to‘g‘risidagi maqolaga raddiya berib, o‘zlari biror-bir razvedka organi yoki xorij davlatining foydasiga bog‘lanmaganini bildirgan.

O‘z navbatida Oq uy AQSh razvedka xizmati prezident Donald Trampga Rossiyaning amerikalik harbiylarning o‘ldirilishi uchun "Tolibon”ga mukofot taklif qilgani to‘g‘risida hisobot bermaganini ma’lum qilgan.
Категория: Har-Hil | Просмотров:408 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:19:58
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь