• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
Qaysi mobil operatordan foydalanasiz?
Всего ответов: 378
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 5
Гостей: 5
Пользователи 0

JohaC2
03012005
Olaqanatlar
Akmalaka
Holdarov
Nuratdin
ismonali1994
2904
Risolat0921
faxriddin
Главная » 2020 » Iyun » 26 » Vadim Abramov: “Lokomotiv”ni yanada yirikroq hisobda mag‘lub etishimiz mumkin edi
14:16
Vadim Abramov: “Lokomotiv”ni yanada yirikroq hisobda mag‘lub etishimiz mumkin edi

Coca Cola Superliga 6-turidan o‘rin olgan "Bunyodkor” — "Lokomotiv” (2:0) uchrashuvidan keyin har ikki jamoa bosh murabbiylari ishtirokida matbuot anjumani o‘tkazildi.

Dastlab, "temiryo‘lchilar” ustozi Andrey Fyodorov o‘yin haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

"Uchrashuvning dastlabki 15 daqiqasida maydon egalari katta ustunlikka ega bo‘ldi. Shundan so‘ng bizda ustunlik bo‘ldi, ammo bu ko‘proq "Bunyodkor”ning o‘yin tempini biroz pasaytirgani bilan bog‘liq. Futbolchilarim bugun yakka kurashlarda mag‘lub bo‘ldi. Fikrimcha, bugun shu sababdan mag‘lubiyatga uchradik. Qolaversa, maydon markazida juda ko‘p qo‘pol xatolarga yo‘l qo‘ydik. Og‘ir mag‘lubiyat bo‘ldi. Hozir taktika, paslar yoki boshqalar haqida gapirishning mavridi emas. O‘yinimizni kuchaytirishga qiynalyapmiz. Ketma-ket oltinga teng ochkolarni yo‘qotyapmiz. Bu esa mavsum yakunida katta ta’sir o‘tkazishi mumkin.

Jamoada moliyaviy muammolar yo‘q. Mana uchinchi o‘yinki tezkor gol o‘tkazib yuboryapmiz. Shundan so‘ng o‘yinimiz buzilyapti. Vaholanki, "Lokomotiv” bunday o‘yin ko‘rsatadigan darajadagi jamoa emas.

Iste’fo? Bu boradagi gaplarga o‘rganib qolganman. Hozircha menga bu haqida rahbariyatdan hech qanday gaplar bo‘lgani yo‘q”, — deydi Fyodorov.

Shundan so‘ng "Bunyodkor” bosh murabbiyi Vadim Abramov matbuot anjumanida qatnashdi.

"Lokomotiv”ni to‘la o‘rganib chiqqandik. Shunga mos ravishda qarshilik ko‘rsatishga urindik. "Paxtakor”ga yirik hisobda yutqazganimizdan keyin muxlislar uchun ham bugun g‘alaba qozonishimiz kerak edi. Futbolchilar bugun munosib o‘yin ko‘rsatdi, ularga rahmat. Raqibimiz tarkibida tajribali futbolchilar yig‘ilganiga qaramasdan, o‘yin bo‘yicha ustunlik qildik. Afsuski, deyarli hamma futbolchilarimizda katta tajriba yo‘q. Aniqrog‘i, ular mana endigina ikkinchi yil yuqori ligada o‘ynashmoqda. Bugun yirik hisobda g‘alaba qozonishimiz ham mumkin edi, biroq vaziyatlardan foydalana olmadik” — deydi Abramov.

"Bunyodkor” ushbu g‘alabadan keyin ochkolarini 12 taga yetkazib olgan bo‘lsa, "Lokomotiv” 6 ochko bilan 10-o‘rinda bormoqda.
Категория: Har-Hil | Просмотров:534 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:17:20
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Iyun 2020  »
Пн Вт Ср Чт Пт Сб Вс
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930