1325 yili Italiyaning Bolonya va Modena shaharlari o‘rtasida urush boshlangan. Buning sababi oddiygina chelak. Modenaga oti podsholikka qarashli chelakdagi suvni ichib qo‘ygani uchun bolonyalik chavandoz qochib o‘tadi. Bolonyaliklar qochoqqa hech qanday e’tibor qaratishmaydi, ammo chelakni qaytarish olishni istashadi, axir bu shahar mulki. Modenaliklar esa buni rad qilishadi. Natijada urush boshlanadi. Ushbu kurash 22 yil davom etadi va bir necha ming odam halok bo‘ladi. Aytgancha, Bolonya chelakni qaytarib ololmagan, chunki yengilgan edi.
Jenkins qulog‘i uchun urush
XVIII asarning birinchi yarmida Buyuk Britaniya va Ispaniya Karib dengizidagi orol hududi uchun raqobatlashgan. Britaniyaliklar urush chiqarish uchun bahona qidirishardi va nihoyat uni topishadi. 1738 yili ingliz matrosi Bob Jenkins mamlakat parlamentiga qaysidir gunohi uchun uning qulog‘ini kesib olgan ispan kapitani ustidan shikoyat qiladi. Parlament britan askarini haqorat qilishgani uchun Ispaniyaga qarshi urush ochadi va yetti yil davom etadi.
Yelpig‘ich sabab urush
1827 yili Fransiya elchisi Jazoir hukumatidan barcha qarzlarni qaytarishni hamda uning foizini to‘lashini talab qiladi. Ular o‘rtasida bo‘lib o‘tgan muhokama chog‘ida jazoirliklik monarx elchining yuziga yelpig‘ich bilan sekingina zarba beradi. Elchi bundan qattiq xafa bo‘ladi. Uch yildan keyin aynan mana shu voqea sabab Fransiya Jazoirga qarshi urush boshlaydi.
Cho‘chqa urushi
XIX asrning 50-yillarida AQSh va Kanada San-Xuan oroli uchun kurash olib borardi. 1859 yili 15 iyun kuni amerikalik Katler kanadalik Griffitning cho‘chqasi uning aravasini buzib tashlaganligini ko‘rib qoladi. O‘ylab o‘tirmasdan cho‘chqani otib tashlaydi. Keyin Katler qo‘shnisiga cho‘chqa uchun 10 dollar bermoqchi bo‘ladi, ammo qo‘shni undan 100 talab qiladi. Natijada urush kelib chiqadi. Ushbu kurash 13 yil davom etadi.
It urushi
1925 yili gretsiyalik askar Petrich ko‘chada bir itni ushlashga urinadi va Bolgariya chegarasini kesib o‘tadi. Bolgariyalik chegarachilar unga qarata o‘q uzishadi va Petrich halok bo‘ladi. Bir necha kundan keyin greklar qasos olishga qaror qilishadi. Shu voqea sabab Gretsiya va Bolgariya o‘rtasida urush boshlanadi.
Futbol jangi
1969 yili Gonduras terma jamoasi Salvadordan yengiladi. Shu sabab Gonduras qo‘shni davlat bilan diplomatik aloqalarni buzadi va safarbarlikni boshlaydi. Bunga javoban Salvador armiyasi Gonduras hududiga bostirib kiradi. Jang 6 kun davom etadi va bir necha ming inson hayotiga zomin bo‘ladi.