
"Umid va Renata ajrashibdimi?” qabilidagi savollarning oxiri ko‘rinmayapti. Renataning Instagram’dagi shaxsiy sahifasiga qo‘yib borayotgan suratlari va tushkun kayfiyatdagi uzohlari ham tarqalgan gap-so‘zlarning yanada quloch yozishiga sabab bo‘ldi.
O‘tgan yildan boshlab aktyor Umid Iskandarov va Renata Iskandarovaning oilasiga darz ketgani haqidagi gap-so‘zlar rosa bolalagandi. Umid va Renata juda ko‘p davralarda birga uchratganimizdan so‘ng bu gaplar shunchaki mish-mish bo‘lsa kerak degan xulosaga kelgan edik. Yil boshidan "Umid va Renata ajrashibdimi?” qabilidagi savollarning oxiri ko‘rinmadi. Renataning so‘nggi vaqtlarda Instagram’dagi shaxsiy sahifasiga qo‘yib borayotgan suratlari va tushkun kayfiyatdagi izohlari ham tarqalgan gap-so‘zlarning yanada quloch yozishiga sabab bo‘ldi. Muxbirimiz bu masalaga oydinlik kiritish maqsadida Umid va Renataga qo‘ng‘iroq qildi.
Renata Iskandarova, pardozchi:
— Bu bizning shaxsiy hayotimiz. Shu bois bu haqida hech qanday intervyu bermaymiz. Qani aytingchi, men va turmush o‘rtog‘imdan boshqa kim bizning oilamiz haqida aniq ma'lumot aytishi mumkin? Javobim shuki, biz birga baxtli yashayapmiz.
Umid Iskandarov, aktyor:
— Bunday gaplarni kim tarqatyapti? Ishontirib aytamanki, bu xabar mutlaqo noto‘g‘ri. Hammasi uydirma va asossiz mish-mish, xolos. Oilamiz tinch va biz birga yashayapmiz.
Bundan biroz avval Umid Iskandarovning turmush o‘rtog‘i Renata Iskandarovani tavallud ayyomi bilan tabriklab Instagram’dagi shaxsiy sahifasiga joylashtirgan suratiga ham muxlislar yuqoridagi gap-so‘zlar bilan bog‘liq izohlar qoldirishgan edi. Kimdir Umid ham, Renata ham ijtimoiy tarmoqlarga anchadan buyon birga tushgan suratlarini qo‘ymayotganini aytsa, yana kimdir Renataning qo‘lida hatto nikoh uzugi ko‘rinmay qolganini ochiq-oydin yozib qoldirgan. Renata esa bu izohlarga javoban "Oilaviy suratimiz uyda turibdi. Nikoh uzugimga kelsak, bu birga yashayotganimiz yoki birga emasligimizdan nishon emas”, – deya javob qaytargan.
Eslatib o‘tamiz, muxlislar Umid Iskandarovni o‘zbek kinosining taniqli aktyori sifatida tanishadi. Renata Iskandarova esa shou-biznes olamidagi eng ko‘zga ko‘ringan pardozchilardan. Ular 2008 yilda turmush qurishgan.