• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
QAYERDANSIZ
Всего ответов: 1769
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 70
Гостей: 70
Пользователи 0

Risolat0921
faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Главная » 2022 » Fevral » 9 » Ukraina atrofidagi vaziyat keskinlashsa, Yaponiya Yevropaga gaz yetkazib berishga tayyor — OAV
20:25
Ukraina atrofidagi vaziyat keskinlashsa, Yaponiya Yevropaga gaz yetkazib berishga tayyor — OAV

Yaponiya Yevropaga suyultirilgan gaz (LNG) zaxiralarining bir qismini yetkazib berishni rejalashtirmoqda, chunki Ukraina atrofida inqirozli vaziyatning kuchayishi sabab Yevropaning energiya xavfsizligi tahdid ostida. Bu haqda Kyodo agentligi hukumatdagi manbalarga tayanib xabar berdi. Xuddi shunday ma’lumot NHK telekanalida ham e’lon qilindi.

Telekanal ma’lumotlariga ko‘ra, Tokio AQSh prezidenti Jo Bayden ma’muriyatining so‘roviga javoban gaz yetkazib berishga tayyorligini bildirgan.

Yaponiya Yevropa bozorini ta’minlashdan oldin ichki bozorda mamlakatning barcha ehtiyojlarini qondirish uchun yetarli miqdorda yonilg‘i mavjudligiga ishonch hosil qiladi, deydi Kyodo va NHK manbalari.

Agar G‘arb sanksiyalariga javoban Rossiya gaz ta’minotini cheklasa, Yaponiya Yevropaga gaz yetkazib berish imkoniyatini ko‘rib chiqayotgani haqida o‘tgan hafta Kyodo manbalariga tayanib xabar bergandi. Agentlikning yozishicha, Tokio boshqa davlatlarni Yevropa Ittifoqini qo‘llab-quvvatlashni muvofiqlashtirishga taklif qilishi mumkin.

"Biz xalqaro hamjamiyat doirasida qanday hissa qo‘shishimiz mumkinligini aniqlashtirmoqchimiz”, — deya Yaponiya iqtisodiyot, savdo va sanoat vaziri Koichi Xagiudaning so‘zlarini keltirgan Kyodo.

Fevral oyi boshida Bloomberg manbalariga tayanib, AQSh va uning yevropalik hamkorlari Ukrainada Rossiya ishtirokidagi harbiy mojaro yuzaga kelgan taqdirda tabiiy gazning yangi ta’minotchilarini qidirayotgani haqida xabar bergandi. Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, Vashington va Bryussel Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindiston rasmiylariga murojaat qilgan. Xitoy ham potensial gaz yetkazib beruvchi sifatida ko‘rib chiqilmoqda, biroq hozircha muzokaralar hech qanday natijaga olib kelmagan, deydi agentlik manbalari.

Bundan tashqari AQSh va Yevropa Ittifoqi Rossiyaning gazi cheklansa, Qatar, Nigeriya, Misr, Liviya va Jazoir kompaniyalaridan ishlab chiqarishni ko‘paytirishni so‘ragan.

Keyinroq Oq uy AQSh Rossiya bosqini yuz bergan taqdirda Yevropaga tabiiy gaz yetkazib berishni diversifikatsiya qilish masalasi ustida ishlay boshlagani haqida xabar berdi.

Yevropa Ittifoqi tomonidan iste’mol qilinadigan gazning qariyb 40 foizi Rossiyadan keladi.
Категория: Har-Hil | Просмотров:522 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:04:53
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Fevral 2022  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28