• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
QAYERDANSIZ
Всего ответов: 1770
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 156
Гостей: 156
Пользователи 0

2904
Risolat0921
faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Главная » 2014 » Dekabr » 4 » Uddaburon Firibgarlar
08:39
Uddaburon Firibgarlar

1. Bir yil tekin VIP-xizmat

Xitoylik Kvong If Yi Po bir yil davomida aeroportning VIP-hududi mijozi bo‘lgan, aslida biror marta ham hech qayerga uchmagan bo‘lsa-da. Aeroport biznes-klass mijozlari uchun qator xizmatlarni taklif etgan, bu xizmatlar bilet narxi ichiga kiritilgandi. Bu xizmatlar ichida bepul ovqatlanish, bar, dam olish hududi bo‘lib, bularning bari tekin edi. Kvong If "China Eastern Airlines” samolyotiga har kuni bilet sotib olar, ammo har safar parvozni bekor qilib biletni qaytarib berardi. Yushu Ksian aeroportida bilet sotib olgani uchun u VIP-klub a’zosi sifatida har kuni qayddan o‘tib bepul tushlik qilar, keyin esa parvozni bekor qilib uyiga qaytardi. Uning bu tovlamachiligi bir yildan so‘ng, biletni 300-marta qaytarib berganida fosh bo‘lgan.

2. Yollanma xodimlar mehnati

Amerikadagi kompaniyalardan birida xavfsizlik bo‘limining bir xodimi internetda videolarni qidirishga, kompaniyaga aloqasi bo‘lmagan "Reddit” va "eBay” saytlariga juda ko‘p kirishini sezib qoldi. Ma’lum bo‘lishicha, dasturiy ta’minot bo‘yicha mutaxassis bo‘lgan bu xodim o‘ziga yuklangan ishni internet orqali xitoylik mutaxassislarga qildirar, evaziga oyligining beshdan bir qismini ularga to‘lar ekan. Bundan tashqari, pul to‘lanadigan saytlarga kirgani uchun ham unga pul to‘lanib turarkan.

3. Tamaki chekishning yo‘li

2007 yilda AQShning Minnesota shtatida barlarda tamaki chekishni taqiqlovchi qonun kuchga kirdi. Qish kunlarida mijozlarning hech biri tashqariga chiqib chekishni istamas, oqibatda chekuvchilar barlarga bormay qo‘yishgani uchun ularning egalari daromaddan quruq qolishardi. Ammo ishbilarmonlar qonunni chetlab o‘tishning yo‘lini topishdi. Qonunga ko‘ra, agarda aktyor rol bajarayotganida qahramoni chekadigan bo‘lsa jamoat joylarida ham chekaverishi mumkin edi. Qonunda aktyor professional bo‘lishi kerakmi yoki havaskorlarga ham bu taalluqlimi ekanligi ko‘rsatilmaganligi bois "Barnacle” deb nomlanuvchi bar egalari kechki teatr tomoshalari uyushtirishdi. Bu yerda barcha xizmatchilar ham, tashrif buyuruvchi mijozlar ham aktyor sifatida rol o‘ynashar va bemalol chekishardi.

4. Bepul parvoz

1999 yili kaliforniyalik muhandis Devid Fillips desert mahsulotlar ishlab chiqaruvchi kompaniya va yangi avikompaniyaning qo‘shma reklama aksiyasini ko‘rib qoldi. Aksiyaga ko‘ra, pudinglar qutilariga tushirilgan promo-kodlarning o‘ntasini yiqqan xaridorga aviakompaniya 1000 milya bepul parvoz imkonini berardi. Hisob-kitob qilib ko‘rgan Devid Fillips tekinga parvoz qilishi mumkinligini bilib qoldi. U 3140 dollarga 12 150 quti puding sotib oldi va promo-kodlar evaziga 25 000 dollarlik biletga mos masofada parvoz qilish imkoniga ega bo‘ldi. Oqibatda Fillipsa uch yil bepul parvoz qilgan.

5. Suzuvchi uylar

XX asr boshlarida Sietl shahridagi fuqarolardan biri qonun bo‘yicha qayiq, sol va shu kabi suvda harakatlanuvchi vositalar soliqqa tortilmasligini bilib qoldi. U suv ustiga uy qursa soliq to‘lamasligini o‘ylab, solga uy qurdi va yashay boshladi. Tez orada yer sotib olishga qurbi yetmaydiganlar qayiq va sollarda yashay boshlashdi. Shahar yonida joylashgan Vashington ko‘li suzuvchi uylarga to‘lib ketdi va ko‘l ifloslana boshlagach, hukumat vaziyatni o‘z nazoratiga oldi. Suzuvchi uylar ham yerdagi uylarga tenglashtirildi va suv ustiga uy qurish cheklab qo‘yildi.
Категория: Turfa olam | Просмотров:2485 | Добавил: Admin | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:13:57
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Dekabr 2014  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031