• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
QAYSI TAS-IX TIZIMI QULAY?
Всего ответов: 288
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 14
Гостей: 14
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2023 » May » 13 » Twitter’ga yangi bosh direktor tayinlandi
09:24
Twitter’ga yangi bosh direktor tayinlandi

Amerikaning NBCUniversal media korporatsiyasining sotuvlar bo‘yicha sobiq direktori Linda Yakkarino Twitter’ning yangi bosh direktori bo‘ldi. Bu haqda Twitter egasi Ilon Mask ma’lum qildi.

"Men Linda Yakkarinoni Twitter’ning yangi bosh direktori sifatida tanishtirayotganimdan xursandman. Men Linda bilan platformani universal ilovaga aylantirish uchun hamkorlik qilishni sabrsizlik bilan kutaman”, — deb yozdi Mask Twitter’da.

Maskning ta’kidlashicha, Yakkarino biznes jarayonlariga, o‘zi esa yangi texnologiyalar va mahsulot dizayniga e’tibor qaratadi.

Linda Yakkarino haqida nimalar ma’lum?

Linda Yakkarino 1963-yilda Nyu-Yorkda tug‘ilgan. 1985-yilda u Pensilvaniya universitetini tamomlagan va u yerda gumanitar fanlar va telekommunikatsiya sohasidagi faoliyatni o‘rgangan. U media industriyasidagi faoliyatini NBCUniversal’ning media rejalashtirish bo‘limida stajyor sifatida boshlagan.

1992-yildan beri u Turner Entertainment multimedia kompaniyasida ishlagan, u yerda dastlab ijrochi vitse-prezident, keyin esa reklama savdosi bo‘yicha bosh operatsion direktor sifatida faoliyat yuritgan. U 2011-yilda NBCUniversalga qaytgan. Dastlab u savdo, kabel televideniyesi va raqamli reklama, 2012-2020 yillarda esa reklama va mijozlarga xizmat ko‘rsatish bo‘limiga rahbarlik qilgan. 2020-yilda u global reklama bo‘limida hamkorlik bo‘yicha direktor bo‘ldi. Reklamani qo‘llab-quvvatlaydigan Peacock striming xizmatini ishga tushirishda muhim rol o‘ynagan.

U Superkubok va Olimpiada kabi yirik sport tadbirlarining translyatsiyalarini nazorat qilgan va Snapchat, YouTube, Twitter kabi yirik texnologiya kompaniyalari bilan hamkorlik qilgan.

The Wall Street Journal ma‘lumotlariga ko'ra, NBCUniversal’dagi faoliyati davomida Yakkarino xonimning 2000 kishidan iborat jamoasi reklama sotishdan 100 milliard dollardan ko‘proq daromad olgan.
Категория: Har-Hil | Просмотров:263 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:08:08
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  May 2023  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031