• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
YOSHINGIZ?
Всего ответов: 1370
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 148
Гостей: 148
Пользователи 0

2904
Risolat0921
faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Главная » 2016 » Noyabr » 6 » Tuxum ham, po‘stlog‘i ham koni foyda!
23:16
Tuxum ham, po‘stlog‘i ham koni foyda!

TuxuNonushtaga quymoq pishirasizmi, tort uchun krem tayyorlaysizmi, xullas, nimaga ishlatsangiz ham tuxumning po‘stlog‘ini tashlab yuborasizmi? Chakki qilasiz! Chunki u talay foydali xususiyatlarga ega. Qolaversa, tuxumning o‘ziga ham faqat ozuqa mahsuloti sifatida qarash noto‘g‘ri.

Soch uchun oziqlantiruvchi niqob
Buning uchun bitta tuxum (agar sochlar uzun va qalin bo‘lsa, ikkita), 2-4 osh qoshiq suv kerak. Tuxumni suv bilan yaxshilab aralashtirib, bosh terisiga va sochlarga surting. 3-5 daqiqa o‘tgach, ozgina limon sharbati qo‘shilgan iliq suv bilan yuvib tashlang. Suv juda issiq bo‘lmasin, aks holda boshingizdagi tuxumning oqi «pishib qoladi». Bu niqobni haftada bir marta qilib tursangiz, bosh terisi yaxshi oziqlanadi va sochlar yaltiraydi.

Yuz terisini taranglashtirish uchun…
Agar yuzingiz terisi quruq bo‘lsa, tuxumning faqat sarig‘ini ishlating. Agar yog‘li bo‘lsa, oqiga bir necha tomchi limon sharbati va 1 choy qoshiq asal qo‘shib ishlatasiz. Agar teringizning yog‘lilik darajasi o‘rtacha bo‘lsa, tuxumni butunicha ishlatsangiz ham bo‘ladi.

Tuxumni yaxshilab ko‘pirtirasiz. Yuzingizga surtib qo‘yib, yarim soat yo osmonga qarab o‘tirasiz yoki yotasiz — mushaklaringiz bo‘shashi kerak. Yarim soatdan keyin niqobni iliq suv bilan yuvib tashlab, oziqlantiruvchi krem surting.

Tuxum po‘stlog‘idan skrab
Tuxumning po‘stlog‘ini yupqa pardasidan tozalab oling-da, qahvamaydalagichda kukun holiga keltiring. Oz miqdorda dush uchun mo‘ljallangan gel yoki boshqa suyultirilgan yuvinish vositasidan qo‘shing. Tuxum po‘stlog‘i terini o‘lik hujayralardan avaylab tozalaydi. Bu skrabni nafaqat yuz, balki butun tana uchun qo‘llasa bo‘ladi.

Soch va tirnoqlarni mustahkamlashda…
Tuxum po‘stlog‘i organizm uchun juda zarur kaltsiy manbaidir. Sochlaringiz va tirnoqlaringiz go‘zal jilolanib, mustahkam bo‘rishini istasangiz, haftada hech bo‘lmasa bir marta 1/3 choy qoshiq tuxum po‘stlog‘i kukunini 2 dona baliq moyi kapsulasi bilan iste'mol qilib turishni unutmang.

Po‘stloq bilan davolash
Tuxum po‘stlog‘i suvni zararli aralashmalardan tozalab, unga ishqorli xususiyat baxsh etadi. Bunday suvni iste'mol qilgan kishi oshqozon og‘rig‘idan xalos bo‘ladi, yaralar va kuygan joylar esa bunday suv vositasida tezroq tuzaladi.

Uni tayyorlash juda oson: 1 choy qoshiq maydalangan tuxum po‘stlog‘i ustiga 1 litr qaynatib-sovutilgan suv quying va 5 soat tindirib qo‘ying. So‘ng shu suv bilan moychechak, qizilpoycha (zveroboy) va zubturum (podorojnik) damlamalarini tayyorlab (har bir o‘tning quritilganidan 1 choy qoshiqdan olinadi), bir hafta davomida kuniga 3 martadan ichib turish kerak.

Sifatli yelim
Tuxum oqi juda zo‘r yelimdir. U qog‘oz va yupqa kartonni yaxshilab yopishtirish xususiyatiga ega.

Teridan ishlangan buyumlarni yaltiratish uchun…
Agar teridan ishlangan buyumlaringizni yaltiratishni istasangiz, yumshiq lattani ko‘pirtirilgan tuxum oqiga botirib olib, ularni arting. Loklangan poyabzal yoki qo‘lqoplarni yaltiratish uchun bitta tuxum sarig‘ini 1 osh qoshiq o‘simlik moyi va 3 osh qoshiq skipidar (o‘tkir hidli suyuq modda, dorixonalardan so‘rang) bilan aralashtiring va hosil bo‘lgan aralashama bilan ohorini yo‘qotgan buyumingizni yaxshilab arting.

Poyabzalni yangilash
Agar poyabzalingizning yuzasi biroz yorilgan, ammo o‘z hali bus-butun bo‘lsa, uni avval vazelin, so‘ng esa xom tuxum oqi bilan arting. Oxirida paxmoq mato bilan yaltiraguncha ishqalang.

Ko‘mir va qurumdan tozalash
Kiyimga tekkan qorakuya va ko‘mir dog‘larini tuxum sarig‘i va skipidar aralashmasi (bitta tuxum sarig‘iga 3 osh qoshiq skipidar) yaxshi tozalaydi. Aralashma bilan qora dog‘ni yaxshilab arting, so‘ng kiyimni kir sovun bilan yuvib, obdan chayib oling.

Choyshablarni oqartirish uchun
Oq tuxumning po‘stlog‘i oqartiruvchi xususiyatga ega. Tuxum po‘stlog‘ini hovonchada tuyib oling, oq chit matoga yaxshilab o‘rang va avtomat kir yuvish mashinasiga boshqa yuviladigan buyumlarga qo‘shib soling. Ham kir yuvish kukunini kamroq ishlatasiz, ham kutilgan natijaga erishasiz.

O‘simliklar uchun o‘g‘it
Tuxum po‘stlog‘ini tuyib, ustidan suv quying. Bir sutka o‘tgach, shu suv bilan xona gullarini va tomorqadagi ekinlarni sug‘oring. Tuxum po‘stlog‘i tarkibidagi foydali moddalar — ajoyib o‘g‘itdir.





Категория: Har-Hil | Просмотров:1782 | Добавил: Admin | Теги: пўстлоғи ҳам кони фойда!, Тухум ҳам | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:14:18
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь