Tushda daraxt ko'rish hayrli hisoblanadi. Qanday daraxt ekanini bila olmagan kishi ibodat ahlidan bo'ladi va yaxshilik ko'radi. Mevasiz manzarali, o'rmon daraxtlarini ko'rish yaxshilikka yo'yilmaydi.Zaytun daraxtini ko'rish foydalidir. Anor ko'rgan kishining qo'liga halol mol tushadi. Shirin ta'mli anorni ko'rish foydadan darakdir. Siturus (apelsin mandarin kabi) daraxtlarni ko'rish yaxshi kishi bilan do'stlashish va oila qurishdir. Har tomonlama yaxshi deb baholandi. Tushda qovoq palagini ko'rgan kishi shifokor bo'ladi. O'zi ham sog'-salomat bo'ladi. Tut daraxtini tush ko'rgan odam badavlat va hunarli bo'ladi. Tut pishig'i faslida tush ko'rgan bo'lsa unda ham manfaat ko'radi. Qish o'rtasida tut daraxtini ko'rish ob-havoning yomonlashishi va bo'rondan daragidir. Tushida archa chinor daraxtini ko'rgan kishining qo'liga oltin va kumush pul tushdi. Mushq daraxtini ko'rgan kishi badavlat va sahiy bo'ladi. Ayol kishi shunday tush ko'rsa boyiydi. Olma pishig'ida olma daraxtini ko'rgan kishi kasal bo'lsa tuzaladi. Boshqa fasilda olma daraxtini ko'rgan kishi esa kasalikka yo'liqadi. Qizil olma tush ko'rgan kishining iymoni zayifligidan dalolatdir. Jiyda daraxtini tush ko'rgan kishi halol rizqqa erishadi. Xurmo daraxtini tush ko'rgan kishi manfaat ko'radi. Nok pishadigan paytda nok daraxtini ko'rib mevasidan yegan kishi niyatiga yetadi. Boshqa faslda ko'rilgan shunday tush esa harom moldan dalolatdir. Tushda shaftoli yeyish yaxshi emas. Anjir daraxtini ko'rgan kishi boyiydi, ammo boyligi tezda qo'lidan ketadi. Tushda anjir yegan kishi oila quradi, farzandlar ko'rib baxtli yashaydi. Tushida yong'oq daraxtini egan kishi xushmuomala, biyron bo'ladi. Yong'oq pishgan faslda tushida yong'oq yegan kishi qiyinchilikka duch keladi. Tushida o'rmon yong'og'ini ko'rib uning mevasidan yegan odamning qo'liga harom mol tushadi. Tushida majnuntolni ko'rish yaxshilika yo'yilmaydi. Uzum pishig'ida oq uzum ko'rgan yoki yegan kishi badavlat bo'ladi. Uzum pishmaydigan fasilda shunday tush ko'rgan kishi qiyinchilikka uchraydi. Gilos daraxtni tush ko'rgan kishi o'g'ili bo'ladi. Gilos pishadigan fasilda gilos daraxtini, uning mevasidan yeganini tush ko'rgan kishining qo'liga halol pul tushadi.
|