• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
Qaysi mobil operatordan foydalanasiz?
Всего ответов: 373
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 14
Гостей: 14
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2023 » Mart » 16 » Turkiyada zilziladan jabr ko‘rgan yoshlar yoz mavsumida O‘zbekistonga taklif qilindi
22:09
Turkiyada zilziladan jabr ko‘rgan yoshlar yoz mavsumida O‘zbekistonga taklif qilindi

Shavkat Mirziyoyev 16-mart kuni Anqara shahrida Turkiy davlatlar tashkilotining favqulodda sammitida ishtirok etdi.

O‘zbekiston yetakchisi raisligida o‘tgan tadbirda Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on, Turkman xalqining milliy yetakchisi, Turkmaniston Xalq Maslahati raisi Gurbanguli Berdimuhamedov, Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev, Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev, Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov, Vengriya bosh vaziri Viktor Orban, Shimoliy Kipr Turk Respublikasi prezidenti Ersin Tatar, TDT bosh kotibi Kubanichbek Omuraliyev hamda tashkilot institutlari va tuzilmalarining boshqa vakillari qatnashdi.

Kun tartibiga muvofiq, favqulodda vaziyatlarni boshqarish va gumanitar yordam ko‘rsatish sohasida ko‘p tomonlama hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari hamda tabiiy ofatlarning oldini olish va oqibatlarini bartaraf etish borasidagi sa’y-harakatlarni muvofiqlashtirish masalalari muhokama qilindi. Sammit avvalida ishtirokchilar 6-fevral kuni Turkiyaning janubi-g‘arbiy hududlarida ro‘y bergan vayronkor zilzilalar qurbonlari xotirasiga hurmat bajo keltirdi.

"Do‘stlarimiz diyorida yuz bergan va misli ko‘rilmagan halokatli zilzila barchamizning qalbimizga cheksiz qayg‘u va iztirob soldi. Bu yo‘qotishning o‘rnini hech narsa bilan to‘ldirib bo‘lmaydi. Zero, bu mudhish ofat natijasida bizning jondan aziz ota-onalarimiz, aka-ukalarimiz, opa-singillarimiz va farzandlarimiz qurbon bo‘ldi va jabrlandi. Biz mudhish fojiada qurbon bo‘lgan o‘n minglab begunoh kishilar xotirasini hech qachon unutmaymiz”, — dedi Shavkat Mirziyoyev.

Prezident Rajab Toyyib Erdo‘g‘on boshchiligida tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha olib borilayotgan chora-tadbirlar va qabul qilingan dasturlarni alohida e’tirof etib, davlatimiz rahbari zudlik bilan amalga oshirilgan aniq va samarali harakatlar tufayli ko‘plab odamlarning hayoti va sog‘lig‘i saqlab qolingani, katta miqdordagi mablag‘lar jamlanib, keng ko‘lamli qayta tiklash ishlari boshlanganini alohida qayd etdi.

"Hozirgi sinovli davrda qardosh turk xalqi Turkiya yetakchisi atrofida jipslashib, o‘zining beqiyos jasorati va mardligi, metin irodasi va yuksak safarbarlik ruhini namoyon etdi”, — dedi O‘zbekiston prezidenti. Shu munosabat bilan O‘zbekiston vayron bo‘lgan shahar va qishloqlarni, ijtimoiy va sanoat obektlarini tiklash va yangilarini barpo etish ishlariga yordam berish va birgalikdagi sa’y-harakatlarni yo‘naltirishga tayyorligi ta’kidlandi.

"Bundan tashqari, talofat ko‘rgan hududlardan yoshi ulug‘ insonlar va nuroniylarni yurtimizda sog‘lig‘ini tiklash va dam olishlari, shuningdek, Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Imom Moturudiy, Bahouddin Naqshband kabi buyuk ajdodlarimiz qadamjoylarini ziyorat qilishlari uchun barcha qulay shart-sharoitlarni yaratib beramiz”, — dedi Shavkat Mirziyoyev.

Shuningdek, Turkiyaning jabr ko‘rgan Hatay muzofoti yoshlari ushbu yoz mavsumida O‘zbekistonga taklif qilindi. Ular uchun mazmunli hordiq va qadimiy Samarqand, Buxoro va Xiva shaharlariga safarlar, tengdoshlari bilan qo‘shma tadbirlar tashkil etiladi. Davlat rahbari Turkiy davlatlar tashkiloti davlatlari joylashgan hududlar o‘z geografik va geologik xususiyatlariga ko‘ra tabiiy ofat va xavf-xatarlar faol sodir bo‘ladigan makon hisoblanishiga e’tibor qaratdi.

"Ming afsuski, so‘nggi yillarda global iqlim o‘zgarishlari bu kabi vayronkor hodisalar ko‘lami va zararini keskin oshirmoqda”, — dedi Shavkat Mirziyoyev. Favqulodda holatlarning oldini olish va ularning oqibatlarini bartaraf etish maqsadida Tashkilotning Tizimli hamkorlik platformasini tashkil etish va uning asosida qator aniq mexanizmlarni yaratish tashabbusi ilgari surildi.

Jumladan, Tashkilot doirasida tabiiy ofatlar va favqulodda vaziyatlarning oldini olishga qaratilgan ko‘p tomonlama bitimni tezroq ishlab chiqish dolzarb ahamiyatga ega. Bu borada O‘zbekiston Turkiya tomoni taqdim etgan fuqarolar muhofazasi bo‘yicha tizim yaratish haqidagi hujjat loyihasini to‘liq qo‘llab-quvvatlaydi. Favqulodda vaziyatlar bo‘yicha vazirliklar o‘rtasidagi sheriklik aloqalarini keskin faollashtirish lozimligi qayd etildi. Ularning navbatdagi yig‘ilishida eng ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha qo‘shma harakatlar dasturini ishlab chiqish taklif qilindi.
Категория: Har-Hil | Просмотров:232 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:15:27
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Mart 2023  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031