• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
Bizning Saytga Yana Qanday Loyihalar Kiritish Lozim?
Всего ответов: 231
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 9
Гостей: 9
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Mart » 25 » Tramp karantinga qaramay, iqtisodiyotni saqlab qolish uchun amerikaliklarni ishga qaytarmoqchi
14:52
Tramp karantinga qaramay, iqtisodiyotni saqlab qolish uchun amerikaliklarni ishga qaytarmoqchi

Amerikaliklar COVID-19 koronavirusi tarqalganiga qaramay, iqtisodiyotni saqlab qolish uchun ishga qaytishiga to‘g‘ri keladi. "RBK”ning xabar berishicha, bu haqda Donald Tramp Fox News telekanalidagi efirda ma’lum qilgan.

"Biz ishga qaytishimiz lozim. Grippdan minglab odamlar vafot etmoqda. Lekin shu sababli mamlakatni hech qachon "o‘chirib” qo‘ymaganmiz. Avtohalokatlarda undan ham ko‘proq odam yo‘qotyapmiz va bunda avtomobil ishlab chiqaruvchilardan mashina ishlab chiqarishni to‘xtatishni so‘ramayapmiz”, — degan Donald Tramp.

Uning aytishicha, odamlar virusdan vafot etmoqda, lekin mamlakat retsessiya yoki tushkunlikka tushib qolsa, undan ham ko‘proq odam yo‘qotishi mumkin. Tramp AQSh "ishsiz qolish uchun yaratilmagani”ga ishonchi komilligini bildirgan va odamlar uyida qamalib o‘tirishni xohlamasligini ta’kidlagan.

Kuni kecha Oq uyda bo‘lib o‘tgan brifingda Tramp yangi turdagi koronavirus pandemiyasi sharoitida korxonalar faoliyatini qayta yo‘lga qo‘yish to‘g‘risidagi qarorni hukumat keyingi haftaning boshida qabul qilishi mumkinligini aytgandi. "Amerika yana tez orada biznes uchun ochiladi. Juda oz fursatda, uch yoki to‘rt oydan ham ertaroq”, — degan edi AQSh prezidenti. Shuningdek, koronavirus tufayli yopilgan korxonalar 12-aprelga qadar o‘z ishini qayta tiklashiga umid bildirgan.

O‘tgan hafta AQSh hukumati fuqarolarga ijtimoiy aloqalardan tiyilishni, uydan ishlashni, oziq-ovqat mahsulotlarini uyga buyurtma qilishni va zaruratsiz 15 kun davomida ko‘chaga chiqmaslikni tavsiya qilgandi.

Hozirda dunyo bo‘yicha COVID-19 koronavirus pandemiyasiga chalinganlar soni 400 ming kishidan oshib ketdi. Jons Hopkins universiteti ma’lumotlariga ko‘ra, bemorlar soni ko‘pligi bo‘yicha yuqori beshlikdan Xitoy, Italiya, AQSh, Ispaniya va Germaniya joy olgan. AQShda koronavirusga chalinish bo‘yicha 52 mingdan ortiq holat qayd etilgan, 677 kishi vafot etgan.
Категория: Har-Hil | Просмотров:548 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:13:13
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Mart 2020  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031