• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
Ўзбекистоннинг энг яхши телеканалини белгиланг
Всего ответов: 683
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 22
Гостей: 22
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Iyun » 27 » “Tottenhem”dan “Navbahor”gacha. Chempionlikni uzoq kutib qolgan klublar
19:36
“Tottenhem”dan “Navbahor”gacha. Chempionlikni uzoq kutib qolgan klublar

"Liverpul” klubi 30 yil deganda Angliya chempionligini qo‘lga kiritdi. "Qizillar” muxlislari bu onlarni uzoq muddat kutdi, biroq Yevropa futbolida shunday jamoalar borki, ularning oldida "Liverpul”ning tanaffusi hech narsa bo‘lmay qoladi.

"Vecherniy Durnova” kanali esa ularning ayrimlari haqida ma’lumotlarni taqdim etdi.

"Everton”. Liverpul shahrining yana bir jamoasi so‘nggi bor 1987-yilda Angliya chempionligini qo‘lga kiritgan. "Irislar” keyingi chempionlikni azaliy raqibidan kamida to‘rt yil uzoqroq kutishga majbur, biroq yaqin orada "Everton” APL chempioni bo‘la olishiga kamdan kam odam ishonsa kerak.

"Atletik Bilbao”. La Liga tashkil topganidan buyon "Real” va "Barselona”dan tashqari quyi ligaga ravona bo‘lmagan yagona jamoa so‘nggi bor 1984-yilda Ispaniya chempioni bo‘lgan. Basklar 36 yildan buyon titulni kutib yashamoqda.

"Sent-Etyenn”. "Sent-Etyenn” Fransiyaning eng sovrindor jamoasi hisoblanadi. PSJ, "Marsel”, "Lion”, "Monako” — ularning hech biri o‘nta chempionlik sovriniga ega emas. So‘nggi bor jamoa 1981-yilda chempionlikni qo‘lga kiritgan. Kelasi yil bunga 40 yil to‘ladi.

"Torino”. "Buqalar” yetti bor skudettoga ega chiqqan, Turinda klubning obro‘yi juda baland. Misol uchun, "Yuventus” himoyachisi Leonardo Bonuchchining o‘g‘li "Torino”ga muxlislik qiladi. Biroq jamoa so‘nggi bor 1976-yilda Italiyada tengsiz deya topilgan.

"Nyurnberg”. Germaniyada sovrin yutish borasida "Nyurnberg” faqatgina "Bavariya”dan ortda. Biroq o‘tgan mavsum ikkinchi Bundesligaga ravona bo‘lgan jamoa 1968-yildan buyon sovrin yutmayapti.

"Tottenhem”. So‘nggi bor "shporlar” 1961-yilda Angliya chempionat g‘olibi bo‘lgandi. Kelasi yili bunga 60 yil to‘ladi.

"Shalke-04”. Ishonish qiyin, ammo "ko‘klar” Germaniya chempionatida yetti bor chempion bo‘lgan. Biroq gelzenkirxenliklar bu ishni so‘nggi bor 1958-yilda uddalagandi. 62 yil.

"Jenoa”. A Seriyani tark etish arafasida turgan jamoa to‘qqiz karra mamlakat chempioni hisoblanadi. "Latsio”, "Roma” va "Napoli”ning skudettolarini birgalikda hisoblaganda ham genuyaliklarning ko‘rsatkichiga yetmaydi. Ammo yubiley chempionlik cho‘zilib ketdi va yaqinda bunga asr bo‘ladi. Jamoa 1924-yilda Italiya chempioniga aylandi.

"Navbahor”. Bonus tariqasida namanganliklar klubini kiritish mumkin. "Lochinlar” o‘z tarixidagi birinchi va yagona chempionlikni nishonlaganiga 24 yildan bo‘ldi.

"Neftchi”. O‘zbekistonning besh karra chempioni oxirgi marta 2001-yilda ushbu unvonni qo‘lga kiritgandi. Pro-Ligada javlon urayotgan jamoa keyingi yili so‘nggi chempionlikning 20 yilligini nishonlaydi.
Категория: Har-Hil | Просмотров:434 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:09:15
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь