• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
QAYSI TAS-IX TIZIMI QULAY?
Всего ответов: 288
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 41
Гостей: 41
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » May » 23 » Toshkentda koronavirusdan sog‘ayganlar keskin ko‘paydi
15:44
Toshkentda koronavirusdan sog‘ayganlar keskin ko‘paydi

Bugun, 23 may kuni Toshkentdagi Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 17 nafar, Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 16 nafar, jami 33 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor butunlay sog‘aydi va reabilitatsiyaga 
kuzatildi. Bu haqda SSV Matbuot xizmati xabar berdi.

Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasidan sog‘ayganlarning 9 nafari koronavirus infeksiyasiga chalinganlar bilan muloqot orqali kasallikni 
yuqtirib olgan. Qolgan 8 nafari esa chet eldan kelgan va karantinga olingan. Ularda koronavirus infeksiyasi aniqlangach, klinikaga yotqizilgan. 

Hududlar kesimida oladigan bo‘lsak, tuzalganlarning 10 nafari Toshkent viloyatidan, 3 nafari Surxondaryo viloyatidan, 2 nafardan Toshkent shahri va Samarqand viloyatidan. Bemorlardan 10 nafari erkak, 7 nafari ayollardir. Ular orasida eng yoshi kattasi 61 yoshda bo‘lsa, eng yoshi kichigi 5 yoshda.

Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasida sog‘ayganlarning 4 nafari koronavirus infeksiyasiga chalinganlar bilan muloqot orqali kasallikni yuqtirib olgan. Qolgan 12 nafari esa chet eldan kelgan va karantinga olingan. Ularda koronavirus infeksiyasi aniqlangach, klinikaga yotqizilgan. Hududlar kesimida oladigan bo‘lsak, tuzalganlarning 4 nafari Toshkent viloyatidan, 2 nafardan 
Samarqand, Buxoro viloyatlari va Toshkent shahridan, 1 nafardan Farg‘ona, Qashqadaryo, Sirdaryo, Surxondaryo, Andijon viloyatlaridan hamda 1 nafari Tojikiston Respublikasidan. Bemorlardan 12 nafari erkak, 4 nafari ayollardir. Ular orasida eng yoshi kattasi 63 yoshda bo‘lsa, eng yoshi kichigi 2019 yilda tug‘ilgan.

Toshkent shahrida shu paytga qadar 873 nafar bemor sog‘aygan bo‘lsa, endilikda ular 906 nafarga yetdi. 

Shunday qilib, mamlakat bo‘ylab koronavirus  infeksiyasidan butunlay sog‘ayganlar soni 2525 nafarni tashkil etmoqda.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirusni yuqtirib olish bilan bog‘liq ilk holat joriy yilning 15 mart kuni qayd etilgan edi. Ayni vaqtgacha 3078 kishida koronavirus aniqlandi. Bugungacha bemorlarning 13 nafari vafot etgan.
Категория: Har-Hil | Просмотров:522 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:08:33
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь