• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
YOSHINGIZ?
Всего ответов: 1362
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 9
Гостей: 9
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Fevral » 11 » Toshkentda Abdulla Qodiriy muzeylari Madaniyat vazirligi tizimida tashkil etiladi
20:38
Toshkentda Abdulla Qodiriy muzeylari Madaniyat vazirligi tizimida tashkil etiladi

Normativ-huquqiy hujjatlar muhokamasi portalida Vazirlar Mahkamasining "Toshkent shahrida barpo etilgan madaniyat obyektlaridan unumli foydalanish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi muhokama uchun joylashtirildi.

Hujjat bilan Madaniyat vazirligi, Toshkent shahar hokimligi, Yozuvchilar uyushmasi, Alisher Navoiy nomidagi Milliy kutubxonaning Toshkent shahri, Shayxontohur tumanida Abdulla Qodiriy uy-muzeyi hamda Olmazor tumanida Abdulla Qodiriy memorial muzeyini Madaniyat vazirligi tizimida tashkil etish to‘g‘risidagi takliflari ma’qullanishi mumkin.

Toshkent shahar va Toshkent viloyati hokimliklari, Alisher Navoiy nomidagi Milliy kutubxona, Madaniyat vazirligi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi bilan birgalikda:

Abdulla Qodiriy nomidagi madaniyat va istirohat bog‘ida kutubxona va Abdulla Qodiriy memorial muzeyi uchun qurilgan binoni Toshkent viloyati "Turon” axborot-kutubxona markaziga operativ boshqarish huquqi asosida bepul berilishini;

Abdulla Qodiriy memorial muzeyi va Toshkent viloyati "Turon” axborot-kutubxona markazini Toshkent shahar, Olmazor tumani, Zarqaynar ko‘chasi 6-uy manzilidagi binoga joylashtirishini ta’minlaydi.

Toshkent shahar hokimligi Madaniyat vazirligi bilan birgalikda:

Abdulla Qodiriy uy-muzeyini Toshkent shahar, Shayxontohur tumani, Termiz tor ko‘chasi 35 va 37-uy manzilidagi binoga joylashtirish;

tashkil etilayotgan muzeylarning asosiy vazifalaridan kelib chiqib, ularning nizomini ishlab chiqish va tasdiqlash;

muzeylarning shtatlar jadvali belgilangan tartibda ishlab chiqilishi va tasdiqlanishini hamda malakali kadrlar bilan to‘ldirilishini ta’minlash;

Abdulla Qodiriy uy-muzeyi joylashgan binoning kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish;

muzeylarda madaniy-ma’rifiy tadbirlar, Abdulla Qodiriy hayoti va ijodiga bag‘ishlangan davra suhbatlari, ijodiy uchrashuvlar tashkil etish;

muzeylarga zamonaviy interfaol axborot-texnologiyalarni joriy etish choralarini ko‘radi.

Madaniyat vazirligi:

manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda muzeylar ekspozitsiyasini muzey ashyolari bilan to‘ldirish;

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi Toshkent shahar hokimligi bilan birgalikda muzeylarga sayyohlarni keng jalb etish choralarini ko‘radi.

Prezident Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi Toshkent viloyati "Turon” axborot-kutubxona markaziga bino berilishi munosabati bilan mazkur binoning kadastr hujjatlarini rasmiylashtirishni hamda aholiga yanada sifatli axborot-kutubxona xizmatlarini ko‘rsatish, jumladan, Abdulla Qodiriy hayoti va ijodiga taalluqli turli xildagi adabiyotlar jamlanishi va ulardan samarali foydalanishni amalga oshiradi.

Belgilab qo‘yilishicha:

Toshkent viloyati "Turon” axborot-kutubxona markaziga berilgan binoni saqlash xarajatlari Toshkent viloyati mahalliy budjeti mablag‘lari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan;

muzeylarga shtat birliklarini ajratish hamda xodimlariga ish haqi to‘lash Madaniyat vazirligi tizimidagi muzeylar uchun belgilangan tartibga muvofiq;

muzeylarni saqlash xarajatlari Toshkent shahar mahalliy budjeti mablag‘lari, muzeylarning o‘z daromadlari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
Категория: Har-Hil | Просмотров:505 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:10:08
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Fevral 2020  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
242526272829