• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
SAYTNI QAYERDAN TOPDINGIZ?
Всего ответов: 705
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 7
Гостей: 7
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Iyun » 26 » Toshkentda 600 kilogrammdan ortiq giyohvandlik vositalari yoqib yuborildi
17:57
Toshkentda 600 kilogrammdan ortiq giyohvandlik vositalari yoqib yuborildi

Bugun Toshkent shahrining Sergeli tumanidagi zavodda jami 626 kilogramm 981 gramm giyohvandlik vositalari yoqib yuborildi.

Ayni tadbir 26-iyun – Xalqaro giyohvandlikka va giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanishiga qarshi kurash kuni munosabati bilan huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan noqonuniy muomaladan olingan giyohvandlik vositalarini yo‘q qilish choralari doirasida tashkil etildi.

Yo‘q qilingan giyohvandlik vositalarining 4 kilogramm 96 grammini geroin, 127 kilogramm 154 gramm opiy, 25 kilogramm 426 gramm gashish, 266 kilogramm 35 gramm marixuana, 105 kilogramm 511 gramm ko‘knor, 97 kilogramm 209 gramm kannabis, 1 kilogramm 543 gramm sintetik narkotik vositalari tashkil etdi.

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Narkotik moddalarni nazorat qilish milliy axborot-tahlil markazi ma’lumotlariga ko‘ra, 2019-yilda giyohvand moddalar aylanmasi bilan bog‘liq 5026 ta jinoyat fosh etilgan. Ulardan 1701 tasi narkotiklarni o‘tkazish-sotish, 395 tasi — kontrabanda, 1064 tasi — giyohvandlik o‘simliklarini yetishtirish, 43 tasi — bangixonalar tashkil etish va 1823 tasi — boshqa jinoyatlardan iborat.

2019-yilda 1 tonna 200 kilogramm giyohvand moddalar: geroin — 40,9 kilogramm, opiy — 224,6 kilogramm, gashish — 111,6 kilogramm, marixuana — 736,4 kilogramm, ko‘knor — 62,9 kilogramm, tramadol va boshqa dori vositalari — 23,8 kilogramm, shuningdek 194,1 gramm yangi psixofaol moddalarning noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yilgani aytildi.

Bundan tashqari, noqonuniy aylanishdan psixotrop moddalar — 532 gramm va 62858 dona tabletkalar, 737,24 gramm va 30 litr prekursorlar musodara qilingan.

2019-yilda giyohvand moddalarning noqonuniy aylanmasi bilan bog‘liq jinoyatlarni sodir etgani uchun 108 nafar chet el fuqarosi (Afg‘oniston, Tojikiston, Rossiya, Turkiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston) qo‘lga olindi. Ulardan 129,6 kilogramm giyohvand moddalar olib qo‘yilgan.

Afg‘onistonda giyohvand moddalarni ishlab chiqarish O‘zbekistondagi narkovaziyatga ta’sir ko‘rsatgan asosiy omil bo‘lib qolmoqda. Birgina 2019-yilda ushbu mamlakatda giyohvand moddalar saqlovchi o‘simliklar ekilgan maydon 240 ming gektar, ishlab chiqarilgan opiy miqdori esa 6,4 ming tonnani tashkil etgani bildirildi.
Категория: Har-Hil | Просмотров:445 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:01:36
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь