• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
QAYSI TAS-IX TIZIMI QULAY?
Всего ответов: 288
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 12
Гостей: 12
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2021 » Noyabr » 3 » Toshkent xalqaro aeroportida 200 kishi to‘planib qoldi
18:31
Toshkent xalqaro aeroportida 200 kishi to‘planib qoldi

Kecha, 3 noyabr kuni sayyohlik kompaniyasidan chipta xarid qilgan 200 ga yaqin odam Toshkent xalqaro aeroportida to‘planib qolgani aks etgan video va xabarlar tarqaldi. Ular reyslar jadvaliga kiritilmagan Toshkent-Istanbul yo‘nalishida chipta sotib olgan.

"Uzbekistan Airports” AJ xalqaro aeroportda odamlar to‘planib qolishiga munosabat bildirdi.

Unga ko‘ra, 200 ga yaqin odam "Uzbekistan Airways” aviakompaniyasi reysida Toshkent – Istanbul yo‘nalishida uchish uchun aeroportga kelgan. Biroq bu reys jadvalda bo‘lmagan. Ma’lum bo‘lishicha, ularning bari "Asia Luxe Travel” turistik kompaniyasidan chipta sotib olgan.

Qayd etilishicha, Toshkent aeroporti xodimlari turkompaniya va aviakompaniya vakillarini chaqirishgan hamda yo‘lovchilarga reys qoldirilgani haqida ma’lumot berib, yuzaga kegan vaziyatni bartaraf etishlarini talab qilishgan.

Aviakompaniya vakillarining so‘zlariga ko‘ra, sayyohlik kompaniyasi "Uzbekistan Airways” bilan slotni kelishmasdan chiptalarni sotishni boshlagan. Parvoz uchun 200 ga yaqin chipta sotilgan.

Vaziyatni hal qilishga uringan sayyohlik kompaniyasi yo‘lovchilarga suv tarqatib, ularni mehmonxonaga jo‘natish uchun transport tashkil qilgan. Biroq odamlar terminal binosini tark etishdan bosh tortgan. Shunda Transport vazirligi tashabbusi bilan zaxira havo kemasi ajratilib, parvozga yo‘lovchilarni ro‘yxatga olish ishlari boshlab yuborilgan.

O‘z navbatida, "Asia Luxe Travel” turistik kompaniyasi holat bo‘yicha rasmiy izoh berdi. Unga ko‘ra, ruxsat beruvchi hujjatlar jarayoni cho‘zilib ketgani uchun Istanbulga uchadigan reys kechikkan. Kompaniya bu orada yo‘lovchilar suv va tushlik bilan ta’minlanganini qo‘shimcha qilgan.

Kompaniyaga ko‘ra, barcha yo‘lovchilar ro‘yxatga olinib, samolyot mahalliy vaqt bilan soat 20:30 da Istanbulga uchib ketgan. Turkompaniya yuzaga kelgan vaziyat uchun kechirim so‘ragan.
Категория: Har-Hil | Просмотров:366 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:03:15
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Noyabr 2021  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930