• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
SAYTGA QAYSI QURILMADAN KIRDINGIZ?
Всего ответов: 1969
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 20
Гостей: 20
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Fevral » 28 » Toshkent Transport universiteti tashkil etilishi mumkin
12:35
Toshkent Transport universiteti tashkil etilishi mumkin

Transport vazirligi "Transport sohasida kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Prezidentining qarori loyihasi muhokamaga qo‘ydi.

Unga ko‘ra, Transport vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda "O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning Toshkent temir yo‘l muhandislari instituti, Toshkent avtomobil yo‘llarini loyihalash, qurish va ekspluatatsiyasi instituti va Toshkent davlat texnika universitetining aviakosmik texnologiyalari fakulteti negizida Toshkent transport universitetini tashkil etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilishi mumkin.

Belgilab qo‘yilishicha:

Universitet transport sohasi uchun oliy ma’lumotli kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish bo‘yicha tayanch oliy ta’lim muassasasi hisoblanadi;
Universitet tasarrufi bo‘yicha Transport vazirligiga idoraviy bo‘ysunadi;
Universitet Toshkent temir yo‘l muhandislari instituti, Toshkent avtomobil yo‘llarini loyihalash, qurish va ekspluatatsiyasi instituti hamda Toshkent davlat texnika universitetining aviakosmik texnologiyalari fakultetining barcha huquqlari va majburiyatlari bo‘yicha huquqiy vorisi hisoblanadi;
Universitet Toshkent shahar, Odilxo‘jayev ko‘chasi, 1-uyda joylashtiriladi.
Toshkent temir yo‘l muhandislari instituti hamda Toshkent avtomobil yo‘llarini loyihalash, qurish va ekspluatatsiyasi institutlarining akademik litseylari negizida Toshkent transport universiteti akademik litseyi tashkil etiladi.

Akademik litseyni moliyalashtirish Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan amalga oshirilishi belgilab qo‘yiladi.

Kelgusida mehnat faoliyati xususiyatlari va o‘quv amaliyoti transport vositasi harakati hamda insonlar hayoti xavfsizligini ta’minlash bilan bog‘liq ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha universitetga o‘qishga hujjat topshirishlaridan oldin abituriyent va talabalarni temir yo‘l transporti bo‘yicha "O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyatining hududlardagi temir yo‘l poliklinikalarida tashkil etilgan ixtisoslashtirilgan tibbiyot komissiyasida, shuningdek havodagi harakatni boshqarish yo‘nalishi bo‘yicha Uzbekistan Airports aksiyadorlik jamiyati tibbiy sanitariya bo‘limining vrachlik-uchuvchilik ekspert komissiyasida ko‘rikdan o‘tkazish tartibi saqlab qolinadi.

Quyidagilar universitet faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib belgilanadi:

davlat budjeti mablag‘lari;
o‘qitishning to‘lov-kontrakt shaklidan tushgan mablag‘lar;
xo‘jalik faoliyatidan va shartnoma asosida xizmatlar ko‘rsatishdan tushgan tushumlar;
jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik va xayriya mablag‘lari;
xalqaro moliya tashkilotlarining grantlari;
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Moliya vazirligi davlat granti asosida tahsil olayotgan universitet talabalarini o‘qitish sarf-xarajatlari amaldagi tartibda davlat budjeti tomonidan moliyalashtirilishini ta’minlaydi.

Universitetda budjetdan tashqari (to‘lov-kontrakt) mablag‘lar hisobidan boshqaruv, professor-o‘qituvchilar, ilmiy, o‘quv-yordamchi, texnik va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarni moddiy rag‘batlantirish uchun Maxsus jamg‘arma ularning mehnatga haq to‘lash fondining 200 foizigacha miqdorida tashkil etiladi.

Belgilanishicha:

Maxsus jamg‘arma mablag‘lari shtatdagi boshqaruv, professor-o‘qituvchilar, ilmiy, o‘quv-yordamchi, texnik va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarga tarif stavkasining 200 foizgacha miqdorda har oylik ustamalar belgilashga yo‘naltiriladi;
Maxsus jamg‘arma mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi, shuningdek, universitet xodimlariga har oylik ustamalar belgilash mezonlari Vasiylik kengashi bilan kelishilgan holda universitet tomonidan belgilanadi.
Universitet boshqaruv, professor-o‘qituvchilar, ilmiy, o‘quv-yordamchi, texnik va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarga davlat budjeti hisobidan ko‘p yillik mehnati uchun rag‘batlantirish koeffitsiyentini hisobga olgan holda, lavozim maoshiga belgilangan koeffitsiyentlarda quyidagi hajmlarda har oyda qo‘shimcha pul to‘lanadi: 3 yildan 5 yilgacha — 0,15; 5 yildan 10 yilgacha — 0,2; 10 yildan 15 yilgacha — 0,3; 15 yildan ortiq — 0,4.
Категория: Har-Hil | Просмотров:622 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:16:49
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Fevral 2020  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
242526272829