• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
QAYSI TAS-IX TIZIMI QULAY?
Всего ответов: 288
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 6
Гостей: 6
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2022 » Dekabr » 25 » “Tolibon” chegaradagi vaziyat bo‘yicha Pokistonni ogohlantirdi
20:21
“Tolibon” chegaradagi vaziyat bo‘yicha Pokistonni ogohlantirdi

Afg‘oniston muvaqqat hukumatidagi tashqi ishlar vaziri Amirxon Muttakiy "Tolibon” Pokistonni musulmon birodar deb bilishini aytib, bu davlatni ham shunday munosabatda bo‘lishga chaqirdi. Bu haqda Hasht-e Subh Daily xabar berdi.

Muttakiyning bayonoti "Tolibon” va Pokiston chegarachilari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan to‘qnashuv fonida yangragan. U Durand chizig‘idagi keskinlikdan hech kim manfaatdor emasligi va Pokiston Afg‘oniston bilan o‘zaro aloqada bo‘lishi kerakligini aytdi.

"Biz yaqin qo‘shnimizni Durand chizig‘i bo‘ylab keskinlik hech kimga manfaatdor emasligi haqida ogohlantirmoqdamiz”, — dedi Muttakiy.

Shuningdek, u bosim ish bermayotganini aytib, muammolarni hal qilish uchun dunyoni "Tolibon”ni tushunishga chaqirgan. Pokiston "Tolibon”ni bir necha bor "Tehrik-e-Tolibon Pokiston”ni qo‘llab-quvvatlashda ayblagan va ularga Afg‘onistonda xavfsiz boshpana berganini bildirgandi.

Eslatib o‘tamiz, 15-dekabr kuni Qandahorning Spinboldek shahrida "Tolibon” va Pokiston kuchlari to‘qnashdi. Manbalarga ko‘ra, mojaro "Tolibon” bu hududda nazorat-o‘tkazish punkti o‘rnatmoqchi bo'lganidan keyin boshlangan. Ammo Pokiston harbiylari bunga qarshilik qilgan. Hodisa oqibatida 1 kishi halok bo‘lgani, 15 kishi esa yaralangani aytilmoqda. Pokiston "Tolibon” artilleriyadan tinch aholiga qarata o‘q uzgani aks etgan videoni e’lon qilgan.

Hodisada "Tolibon” Pokistonni ayblab, muammoni muloqot yo‘li bilan hal qilishga chaqirgan. Pokiston senatori esa to‘qnashuvda qarshi tomonni ayblab, hukumatdan "Tolibon”ga nisabatan siyosatni o‘zgartirishni so‘ragan.

"‘Tolibon’dan bunday munosabatni kutmagan edik, ular bizga rahmat o‘rniga qurol bilan javob berishdi. Biz G‘arb irodasiga qarshi Afg‘onistonning (‘Tolibon‘) dunyodagi vakili sifatida harakat qilyapmiz. Ular esa, aksincha, bizga qarshi qurol ko‘tardi, bu juda achinarli”, — degan senator.
Категория: Har-Hil | Просмотров:199 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:15:19
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Dekabr 2022  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031