• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
QAYERDANSIZ
Всего ответов: 1769
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 20
Гостей: 20
Пользователи 0

2904
Risolat0921
faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Главная » 2020 » Yanvar » 30 » Tojikistondagi eng keksa ayol 126 yoshida vafot etdi
18:54
Tojikistondagi eng keksa ayol 126 yoshida vafot etdi

Tojikistonda 127 yoshga to‘lishiga bir yarim oy qolgan Fotima ona Mirzoqulova olamdan o‘tdi, deb xabar beradi "Asia-Plus”.

Asht tuman faxriylar kengashi raisi Zafar Mahmajonovning so‘zlariga ko‘ra, Fotima Mirzoqulova so‘nggi yillarda istiqomat qilgan Shaydon tumanidagi Dahana qishlog‘ida joylashgan qabristonga dafn etilgan. U bilan vidolashish uchun tuman faollari va qishloqning deyarli barcha aholisi to‘plangan.

"Fotima ona juda muloyim, xushchaqchaq ayol edi. Har yili bir necha bor tuman raisi bilan holidan xabar olgani borardik. Shunisi e’tiborga loyiqki, u hech ham kasal bo‘lmagan”, — deydi Mahmajonov.

Jamoat faollaridan biri Xolbibi Markayevaning aytishicha, Mirzoqulova so‘nggi uch asrni ko‘rgan Tojikistondagi yagona inson edi.

Fotima onaning qizi 82 yoshli Rohatoy Qobilovaning so‘zlariga ko‘ra, uning onasi juda xushmuomala ayol bo‘lgan va hech qachon bekordan bekorga g‘am chekmagan.

"Onam deyarli butun umri davomida ‘kolxoz’da ishladi va boshqalar bilan birga paxta terdi. Doim bizga Sobiq Ittifoq, Ikkinchi jahon urushi va hayotidagi boshqa hodisalar haqida so‘zlab berardi”, — deydi Rohatoy Qobilova.Fotima Mirzoqulova 1893-yilning 13-martida Dahana qishlog‘ida tug‘ilgan. Sakkiz nafar farzandni — besh qiz va uch o‘g‘ilni dunyoga keltirgan. Nevara, evaralari soni 200 dan oshib ketgan.
Категория: Har-Hil | Просмотров:557 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:20:20
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Yanvar 2020  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031