• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
YOSHINGIZ?
Всего ответов: 1364
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 17
Гостей: 17
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2023 » Sentyabr » 23 » Tojikiston-Afg‘oniston chegarasida 10 tonnadan ortiq narkotik modda musodara qilindi
20:08
Tojikiston-Afg‘oniston chegarasida 10 tonnadan ortiq narkotik modda musodara qilindi

Oxirgi ikki yil ichida, radikal "Tolibon” harakati tarafdorlari Afg‘onistonda hokimiyatni egallab olgan paytda Tojikistonning vakolatli organlari Tojikiston-Afg‘oniston chegarasida 10 tonnadan ortiq giyohvand moddalarni musodara qildi. Bu haqda Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmon BMT Bosh Assambleyasining Nyu-Yorkdagi 78-sessiyasida aytib o‘tdi. 

"So‘nggi ikki yilda narkotik moddalar kontrabandasi, ayniqsa, Afg‘onistondan olib o‘tilishi sezilarli darajada oshdi. Bu davrda Tojikistonning vakolatli organlari ushbu davlat bilan chegarada 10 tonnadan ortiq narkotik moddalarni musodara qildi, bu avvalgi yillarga nisbatan bir necha barobar ko‘pdir”, deydi Prezident. 

O‘sib borayotgan terrorizm, ekstremizm, narkotrafik va boshqa global tahdidlarga qarshi choralar kompleks bo‘lishi kerakligini ta’kidladi. 

Shu bilan birga, Tojikiston rahbari Afg‘oniston hali ham og‘ir siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy vaziyatda ekanini ta’kidladi.  

"Bu dunyodagi eng yirik umumbashariy inqiroz”, deydi Rahmon Markaziy Osiyodagi xavfsizlik,  barqarorlik va mintaqaviy hamkorlik bevosita Afg‘onistondagi vaziyatga bog‘liqligini qo‘shimcha qilib.  

Shu nuqtai nazardan, u Afg‘onistonda mustahkam tinchlik va barqarorlikka erishishning muhim asosi sifatida afg‘onlararo muloqotni yo‘lga qo‘yish va barcha etnik, siyosiy va ijtimoiy guruhlar vakillari ishtirokida chinakam qamrab oluvchi hukumatni yaratish kerakligini aytdi. 

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev BMT Bosh Assambleyasining 78-sessiyasidagi nutqida Afg‘oniston masalasiga to‘xtalib, inkor qilish, yakkalab qo‘yish va sanksiyalar qo‘llash oddiy afg‘on xalqining ahvolini yanada og‘irlashtirayotganini aytgan edi. Uning qayd etishicha, xalqaro xavfsizlik Afg‘onistondagi jarayonlar bilan bevosita bog‘liqdir. Ushbu mamlakatda yangi vaziyat vujudga kelgan bo‘lib, u afg‘on masalasini hal etishda o‘ziga xos yondashuvlarni talab etmoqda.

Ma’lumot uchun, "Tolibon” harakati AQSH 2021 yil bahorida o‘z qurolli kuchlarini olib chiqish qarorini e’lon qilganidan so‘ng Afg‘oniston ustidan nazorat o‘rnatish bo‘yicha keng ko‘lamli operatsiyani boshladi. 15 avgust kuni radikallar Qobulga jangsiz kirib keldi va 7 sentyabrda qonuniyligi hali hech bir davlat tomonidan tan olinmagan muvaqqat hukumat tarkibini e’lon qildi.
Категория: Har-Hil | Просмотров:199 | Добавил: Admin | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:12:15
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Sentyabr 2023  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930