• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
Ўзбекистоннинг энг яхши телеканалини белгиланг
Всего ответов: 689
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 167
Гостей: 167
Пользователи 0

2904
Risolat0921
faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Главная » 2016 » Aprel » 14 » “Titanik” fojiasi uyushtirilganmidi?
16:38
“Titanik” fojiasi uyushtirilganmidi?

"Titanik” jo‘nashiga sanoqli daqiqalar qolganda 50 nafarga yaqin nufuzli yo‘lovchilar turli arzimas bahonalar bilan undan tushib qolishgan edi.

Birlashgan millatlar tashkiloti bergan ma'lumotlarga ko‘ra, dengiz tubida turli yillarda g‘arq bo‘lgan kemalar juda ko‘p. Ularning soni qariyb uch milliondan ortadi. Ular orasida urushlar oqibatida, boshqalari noqulay ob-havo va baxtsiz hodisalar, qaroqchilarning xujumlari, kema kapitanlarining yoki kema a'zolarining ahmoqona xatti-harakatlari  tufayli cho‘kkan. Tarixda ataylab cho‘ktirilgan kemalar haqida ham qator ma'lumotlar bor. Biroq dunyo tarixida bundan 104 yil avval cho‘kib ketgan bir kema borki, uning nomi cheksiz sir-sinoatlar, afsonalar, taxminlar bilan bog‘liq. Hozirga qadar u haqidagi ma'lumotlar dunyoning minglab tadqiqotchilari tomonidan tadqiq qilib kelinmoqda. Albatta, bu "Titanik” kemasidir.
 
Dastlab ushbu kemaga "G‘arq bo‘lmaydigan” deb ta'rif berilgan edi. Biroq kema halokatga uchragach, uning bortidagi jami 2224 nafar yo‘lovchining 1518 tasi cho‘kib ketdi, 706 kishi esa omon qolgan edi. Kema parchalari 1985 yildagina uzoq qidiruvlardan so‘ng aniqlangan bo‘lib, hozir YUNESKO tomonidan qo‘riqlanmoqda.
 
Dunyoga mashur bo‘lgan ushbu kema ixtirochisi Tomas Endryus eng dahshatli halokat yuz bersa ham "Titanik” uch kungacha cho‘kmasdan, suv yuzida turishi mumkinligiga odamlarni ishontirgandi. Biroq "Titanik”ning ummon bo‘ylab sayohati birinchisi va oxirgisi bo‘lib qoldi. Tomas Endryus sayohat ishtirokchisi sifatida ikki mingjan ortiq sayyoh qarshisida kemaning mustahkamligi borasidagi fikri noto‘g‘ri ekanini tan oldi.
 
1912 yilning 2 aprel sanasida Belfastdagi Harland and Wolf kemasozlik kompaniyasi 1912 yil 2 aprelda XX asr fan va texnikasining katta yutug‘i va mo‘jizasi, deb atalgan juda ulkan "Titanik” kemasini suvga tushirdi.
 
"Bu ulkan kemani Xudoning o‘zi cho‘ktirgani qo‘ymaydi”,  degan edi safarga chiqish oldidan "Titanik” kemasining kapitani Edvard Jon Smit.Kema qurilishiga 17 ming kishi jalb qilingan. Tag qismi qo‘shqavatli, atrofi qalin po‘lat quyulmalar bilan himoyalangan, o‘n oltita geometrik suv o‘tkazmaydigan qurilmaga ega bo‘lgan. Kema bir soatda 8 ming tonna suvni chiqarib tashlash imkoniyatiga ega bu ulkan kemaning cho‘kib ketishi hech kimning hayoliga ham kelmasdi. Uch restoran, ikkita oshxona, pivo bari, turk hammomi, gimnastika zali, otda sayr qilishga mo‘ljallangan arena, tennis va golf maydonlari, bog‘, konsert zali va alohida telegrafi bo‘lgan, jami 3300 kishiga mo‘ljallangan "Titanik” kemasini kichik shaharcha deb atash ham mumkin edi. Aynan shu sababli ham unda safarga chiqishni istaydiganlar chiptani katta narxda sotib olishlariga to‘g‘ri kelgan. Ma'lumotlarga ko‘ra, birinchi toifa kayutasining chiptasi 25 ming funt sterling tursa, lyuks kayutalarning narxi 100-150 ming funt sterling miqdorida baholangan.
 
Bir so‘z bilan aytganda, ulkan layner 1912 yilning eng muhim va hamma uchun qiziqarli mavzusiga aylangan edi. Ayniqsa, kemaning birinchi klassi (kema kayutalarining qulaylik darajasiga ko‘ra turlari)dan tortib, toki uchinchi klassigacha qilingan dizaynerlik ishlari mohirona bajarilgan edi. Kemaning har bir burchagi alohida chizmalar bilan rejalashtirilgan va eng qimmat xomashyolardan tayyorlangandi.
 
 "Titanik” 1912 yil  10 aprelda 2224 yo‘lovchi bilan Angliyaning Sautgempton shahridan chiqib, Nyu-Nork sari yo‘l oladi. YUqori palubada Britaniya va Amerika aristokratlarining nufuzli vakillari, umumiy mulki 100 miliard dollardan oshiq bo‘lgan 25 nafar millionerlar joy olgan. Shuningdek, lyuks kayutalarida AQSH Prezidenti Taftning qo‘riqchisi mayor Archi Betti, Katta univermag xo‘jayini Straus rafiqasi Idoy bilan, Angliyaning taniqli publitsisti Uilyam Sted, rassom Frank Mille, kema ixtirochisi Tomas Endryus, "Titanik” xo‘jayini Bryus Ismey va boshqalar joylashishadi.
 
Kemaning birinchi aloqachisi Jon Fillips va uning yordamchisi Gorald Brayd 14 aprel kuni kechqurun "katta yer” bilan aloqaga chiqmoqchi bo‘lib turishganida yaqindagi kemalardan birida to‘satdan "Ehtiyot bo‘ling, aysberg! Ehtiyot bo‘ling, aysberg!”, degan xabarni eshitib qolishadi. Filipps bu  haqda  zudlik bilan kema xo‘jayini Bryus Ismey va kapitan Smitga xabar qiladi. Bunday holda kemani janub tomonga burish yoki tezligini pasaytirish zarur edi. Biroq kapitan kursni o‘zgartirmaydi, tezlikni ham kamaytirmay oldinga suzishga buyruq beradi.
 
1912 yilning 14 aprel sanasi kech soat 23:30 da kema nazoratchilari Hilari Frederik Flit va Rejinald Li sovuq tunda qaltirab, oldinga, qorong‘ulik tomon tikilishadi. Sababi "Titanik”da kemaning oldini yoritadigan kuchli yoritkich (projektor) qo‘yish ko‘zda tutilmagandi. Ularga binokl berishmagan, lekin shunday bo‘lsada, oysiz tunda  ular oldindan ko‘z uzishmaydi. Ehtimol, shu sababli ular "Titanik”ning yon tomonlariga yaqin kelib qolgan muz qoyalari va ro‘paradagi muz uyumlarini oldindan ko‘rishmaydi. Bu paytda kema 22,5 uzel (soatiga 45 kmdan ko‘proq) tezlik bilan ketayotgan edi.Kech soat 23:40, Flit "Titanik”dan 400 metrcha oldinda ulkan muz qatlamini ko‘rib qoladi. "Kurs bo‘yicha to‘g‘rida aysberg!” deb uch marta qichqirgan Flit uch marta qo‘ng‘iroq chaladi. Katta ofitser Uilyam Meerdok "Chapga, chapga bur!” deya shoshilinch buyruq berib, kemaning mashina qismiga qarata "Orqaga, orqaga!” deya qichqiradi.
 
Ana shu noto‘g‘ri buyruq berilmaganida "Titanik” ulkan muz qatlamiga urilmagan, nari borsa kemaning old qismi jiddiy shikastlanib, to‘qnashuv tufayli ko‘plab kishilar jarohatlanmagan, kema esa cho‘kmasdan omon qolgan bo‘lardi. Afsuski, buyruq berilgan edi. Ulkan "Titanik” kemasi buyruq bo‘yicha chapga buriladi va muz qoyasi kemaning old tomoniga emas, o‘ng tomoniga, pastki qismiga zarb bilan uriladi.
 
Kutilmagan to‘ynashuvdan so‘ng, kemaning tashqi qatlami 100 metr uzunlikda konserva qutisidek kesilib, palubaga muz bo‘lakchalari  yomg‘iri yog‘iladi. Kema ichida orzular og‘ushida, shirin uyquda, taomlar bilan to‘lgan stol qarshisida o‘tirgan odamlar, bunga unchalik katta ahamiyat berishmaydi. Ammo ular bir necha soat ichida nimalarga duch kelishlarini, hatto, tasavvur ham qilishmasdi.
 
Albatta kemaning aysbergga urilishi natijasidagi "jarohat” ko‘zdan kechirildi. Biroq  kemaning isitish bo‘linmasiga kirgan kuchli suv oqimi o‘t yoquvchilarning ustiga yopirildi. Ikki daqiqadan so‘ng kemaning bir qismi muz aralash suvga to‘ldi. Kemaga katta bosim bilan suv kirishi davom etar, muz aralash suv kemaning pastki qismlarini bira-bir to‘ldirib borardi. Oradan biroz vaqt o‘tib, suv 3-toifadagi kayutalargacha yetib keldi. 10 daqiqa ichida kemaga 3 ming tonnadan oshiqroq suv kiradi. Shundan so‘ng, uning turli mexanizmlari birin-ketin ishdan chiqa boshlaydi.
 
Ma'lumotlarga ko‘ra, aloqachilar halokat to‘g‘risida bilib turishgan, ammo tegishli buyruq berilmagandi. Buyruqsiz esa ular hech narsa qila olmasdilar. Va nihoyat, "Titanik”ning halokati to‘g‘risidagi SOS xabarini birinchilardan bo‘lib, "Frankfurt” va "Karpatiya” kemalari eshitishadi. Kema ixtirochisi Tomas Endryus kemani ko‘zdan kechirar ekan, ko‘zlarida dahshat bilan o‘z mehnatining mahsuliga o‘lim hukmini chiqaradi va kemaning suv ostiga g‘arq bo‘lishigacha 3 soatgina vaqt qolganini xabar qiladi.
 
Tungi 00:15. Suvga birinchi qutqaruv qayiqlari tushirildi. Afsuski bunday kemalar atigi 20 dona edi. shundan kelib chiqib, yo‘lovchilarning ko‘pi bilan uchdan birini qutqarish mumkin ekani ayon bo‘ldi. Lekin bunga kemadagi vahima va shoshma-shosharlik o‘z ta'sirini o‘tkazdi. Hamma o‘z hayotini saqlab qolishni istardi. Shu sababli  ham birinchi qayiq 65 kishi o‘rniga 28 kishini olib tezda jo‘nab qoladi. Ikkinchisi 20 va uchunchisi 12 kishi bilan ketib qoldi.
 
Tungi 01:00. Kemada qo‘rquv va vahima avjiga chiqadi. Shuning uchun qayiqlarga oldin ayollar va bolalarni tushirish uchun harbiylar, hatto, qurol ishlatishga ham majbur bo‘lishadi.
 
Masalan, "Titanik” xo‘jayini Bryus Ismey o‘zidan oldin qutqaruv qayig‘iga chiqayotgan bolali ayolni suvga itarib yuborib, birinchi qayiq bilan jo‘nab qoladi. 1908 yilgi olimpiadaning qilichbozlik musobaqasi bo‘yicha chimpioni, millioner Kosa Daff Gordon uchinchi qayiq boshqaruvchilarini shoshiltirib, o‘zining jonini tezroq qutqazish maqsadida ularga katta pul va'da qiladi va qayiq 65 kishi o‘rniga 12 kishi bilan suzib ketadi. Lekin hamma ham bunday qilmaydi. Kemadagi ko‘pchilik ajal yaqinlashib qolganiga qaramasdan, oliyjanoblik qilib faqat o‘zini o‘ylamasdan, ajal changalidan boshqalarni ham tezroq chiqishiga yordamlashadi. Masalan, millioner Isidor Straus qayiqqa o‘tirish to‘g‘risidagi taklifni qat'iy rad etib, o‘zining o‘rniga begona ayolni o‘tqazadi. Hayratlanarlisi shuki, cho‘kayotgan kemaga uning xotini ham qaytib chiqib, eridan bir qadam ham jilmay, uning yonida hayot bilan vidolashadi. Amerikaning o‘sha paytdagi eng boy kishisi 47 yoshli Jeykob  Jon Astor ham qayiqqa o‘tirgach, qayiqqa sig‘may qolgan bolali ayolni ko‘rib qolib, unga joy beradi va qayiqdagi xotini bilan quyuq xayirlashib, "Titanik”ka qaytib chiqadi va kema bilan okean qa'riga g‘arq bo‘ladi.Shunisi hayratlanarliki, kema bilan o‘zlari ham halokat sari borishayotganini bilgan holda ekipaj a'zolari va kema xizmatchilari o‘z vazifalarini sidqidildan, vijdonan bajarar, hech kim ish joyini tashlab ketmas edi.
 
Tungi 01:30. Suvga yana 11 ta qutqaruv qayiqlari tushiriladi. Endi ular deyarli to‘lib ketardi. Biroq kemada yana 1600 kishi bor. Ularning faqat yuzga yaqinini qutqarish mumkin.
 
Tungi 02:00. "Titanik” 45 gradusga egilib qoladi va kema po‘latlari yuqori bosimga bardosh berolmay, kemaning qozon qismida kuchli portlash yuz beradi. Bo‘laklarga bo‘lingan kemaning old qismi 600 metr chamasi otilib ketadi. Orqa qismi esa suv ustiga 20 qavatli uy baravai ko‘tariladi, so‘ngra cho‘kib ketadi.
 
Tungi 02:20. Muz aralash tubsiz suv o‘z zamonasining eng ulkan, eng katta va eng qimmat, XX asrning mo‘jizasi hisoblangan "Titanik” kemasini qutqarishning imkoni bo‘lmagan 1518 kishi bilan yutib yuboradi.
 
"Titanik” halokatidan 3 soat keyin voqyea joyiga yetib kelgan "Karpatiya” kemasi 18 aprel kuni mahalliy vaqt bilan soat 9:00da  halokatdan omon qolgan yo‘lovchilarni Nyu-York portiga olib keladi.
 
May oyida jahon ommaviy axborot vositalari Londonda "Titanik” halokatiga bog‘liq sud bo‘lib o‘tayotganligini xabar qilishadi. Tergov jarayonida aniqlanishicha, "Titanik”da bo‘lgan 2224 kishidan 706 nafari qutqariladi. Sud yuzdan ortiq guvohlarni so‘roq qilishi natijasida "Titanik” halokatining asosiy sababi uning tezligi, degan xulosaga keldi. Shu bilan bu halokat tarixiga nuqta qo‘ysa ham bo‘lardi. Lekin ushbu tarix bilan shug‘ullanuvchi bir qator mutaxassislar bunga shoshilishmayapti...
 
"Titanik”ning halokatidan so‘ng uning sabablari to‘g‘risidagi faraz va taxminlar juda ko‘payib ketdi.Uning ayrimlariga to‘xtalamiz.Ishonch bilan aytish mumkinki, "Titanik”ning halokati boshqa kema kompaniyalarining asosiy raqobatchini yo‘ldan olib tashlash borasida sodir etgan jinoyatidan boshqa narsa emas. Raqiblar "Titanik” kema kompaniyasidagi bir qator mansaborlarni sotib olib, kema halokatini tashkillashtirishgan”, deydi nemis jurnalisti Volf Shnayder. Lekin kompaniya mansabdorlarning sotilgani to‘g‘risida hech qanday dalil-isbot topilmagan. Shu bilan birga Shnayderning fikri ham asossiz emasga o‘xshaydi. Chunki XX asrning boshlarida juda ko‘p kema halokatlari sodir etilgan. Masalan, 1904 yil 15 iyunda sayohatchilar uchun mo‘ljallangan "General Slokam” kemasi Nyu-York yaqinida halokatga uchrab, kemada yong‘in chiqadi va1030 kishi halok bo‘ladi. Natijada yo‘lovchilar tashish bo‘yicha kema transportining obro‘si yanada tushib ketadi. Ana shu obro‘ni ko‘tarish, suv transportiga yo‘lovchilar ishonchini oshirish uchun qulay, keng, katta va tezyurar kema zarur bo‘lib, "Titanik” ana shu borada boshqalarga o‘rnak bo‘lishiga mo‘ljallanayotgan edi. Tabiiyki, uning ham dushmanlari yo‘q emasdi. Shnayderning  yozishicha, qorong‘u tunda, ko‘plab muz qoyalari qalqib turgan hududga, binoklsiz kema kuzatuvchisi bilan juda katta tezikda kirib kelish va besh marta ogohlantirilgandan keyin ham tezlikni pasaytirmaslik dushmanlarga sotilgan shaxslarning jinoyatidan boshqa narsa emas. Bulardan tashqari, "Titanik” jo‘nashiga sanoqli daqiqalar qolganda 50 nafarga yaqin nufuzli yo‘lovchilar turli arzimas bahonalar bilan undan tushib qolganligi, ushbu kema halokati to‘g‘risidagi chaqiriqni birinchi bo‘lib qabul qilgan va unga yaqin turgan "Frankfurt” kemasi kapitani, "Kutinglar, hozir yetib boramiz”, deb javob bersada, yordamga kelmaganligi yoki ayrim yo‘lovchilar kema halokatga uchrab, qutqaruv ishlari davom etayotganda ularning kemasi yonidan chiroqlarini o‘chirib bir kema (ayrimlar uni "Frankfurt” deyishmoqda) to‘xtamasdan o‘tib ketgani, "Titanik” halokatining haqiqiy sabablarini aniqlash bo‘yicha ayrim davlatlarning 90 yildan buyon qilayotgan urinishlari turli to‘siqlarga uchrab, bu boradagi ishlar ketma-ket to‘xtatilayotgani, bularning hammasi bu halokat orqasida qandaydir sir borligini bildiradi.
 
Vaqt oliy hakam deydilar. Vaqti kelib, XX asr fan texnikasning  ulkan yutug‘i hisoblangan "Titanik” kemasi halokating haqiqiy sabablari aniqlanib, hozircha ochilmay qolgan sirlaridan dunyo xabar topadi.
Umida Yakubova
Категория: Har-Hil | Просмотров:4335 | Добавил: Admin | Теги: “Titanik” fojiasi uyushtirilganmidi | Рейтинг: 5.0/1
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:13:37
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Aprel 2016  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930